Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
«Sey qonuni». J.B.Sey A.Smitning erkin bozor, bahoning erkin shakllanishi, ichki va tashqi savdo, tadbirkorlarning cheklanmagan erkin raqobati va proteksionizmning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik tamoyillarini qo‘ilab-quvvatladi va ulami ko‘klarga ko‘tardi. Agar bu tamoyillar qo‘llanilsa, J.B. Sey bashoratiga ko‘ra ortiqcha ishlab chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to‘!a iste’mol qilmaslik ham bo‘lmaydi, ya’ni iqtisodiy inqirozlaming obyektiv zarurligi ketib chiqmaydi. U bu g‘oyani rivojlantirib, o‘zining «bozor qonuni»ni yaratdi. U “Sey qonuni” deb ataladi. Bu qonunning mohiyatiga ko‘ra har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu daromadlarga qiymati ularga teng bo‘lgan tovarlar sotib olinadi, yalpi talab esa hamisha yalpi taklifga teng bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, tovarlar taklifi o‘zi uchun shaxsiy talabni yaratadi, ya’ni o‘z tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar sotib olinadi).
Agarda hamma ishlab chiqarilgan tovarlami bozorga yetkazish uchun yetarli sotuv kuchi vujudga keltirilsa, bozorda bu sotuv kuchidan foydalanishni nima kafolatiaydi? Sey qonunida quyidagi oddiy javob keltirilgan: taklif o‘z talabini o‘zi yaratadi. Bunda muammo bodmasligi mumkin, lekin taklif potensial talab yaratadi, biroq potensial talab bozorda haqiqiy talab sifatida qoMlanilish yoki qo‘llanilmasligini hal qilish kerak. Rikardo, Jeyms Mill va Sey bunga barcha potensial sotuv qobiliyati iste’molchi yoki tovar ishlab chqaruvchi uchun talab sifatida bozorga qaytarilgan, degan oddiy yondashuv bilan murojaat qildilar. Mantiqan olganda ular Smitning investitsiya kiritish qarorini saqlab qolish qarori vaziyatiga qaytdilar. Ular zaxira to‘plash imkoniyatini rad etdilar, ya’ni hech kirn oltinni qutida qulflab saqlolmaydi. Ulaming tizimida pul faqatgina ayirboshlash vositasi boMgan, shunday qilib ular depressiya yoki turg‘unlikning pulga oid sabablarining ehtimolini rad etganlar. Klassiklar izohiga ko‘ra Sey qonunining kamchiliklari bor, Maltus hech qachon bu qiyinchiliklami aniq namoyish etmagan. U qabul qilingan taxminlar o‘z isbotiga muhtoj bo'Iishi narariyasini rad etishga uringan. U bu nazariya noto‘g‘ri bo‘lgan, deb gumon qilgan, lekin u hech qachon bunday tanqid yoki daromadlar miqdori va iqtisodiy o‘sish darajasining hal qiluvchi omillarining muqobil nazariyasini aniq ifodalab berolmagan.20 Demak, jamiyat miqyosida taklif va talab muvozanatlashadi, ortiqcha ishlab chiqarish bo‘lmaydi. Ortiqcha ishlab chiqarish faqat ayrim tarmoqlarda boshqa tarmoqlardagi kam ishlab chiqarish hisobiga vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘p ishlab chiqarishdan qo‘rqmaslik kerak, faqat ayrim tovarlaming ortiqcha ishlab chiqarilish xavfi tug‘ilishi mumkin. «Sey qonuni» nomini olgan bu qoida klassiklar makroiqtisodiy nazariyasining asosini tashkil etdi va keyinchalik J.M.Keyns tomonidan inkor etildi. J.M. Keynsning tasdiqlashicha, odamlar daromadiaming barchasini iste’molga sarflamaydilar, balki ulaming bir qismini jamg‘arib boradilar. Bu esa shunga muvofiq ravishda yalpi talabni kamaytiradi, ish bilan bandlikni qisqartiradi. Pirovard natijada bunday holat Sey qonunining noto‘g‘ri ekanligini keltirib chiqaradi. Chunki bu qonunga muvofiq iste’molga sarflanishi kerak bo‘lgan daromadning bir qismi jamg‘armaga ajratiladi. Demak, yalpi taklif bilan u keltirib chiqaradigan yalpi talab o‘rtasidagi muvozanat buziladi. Ammo «Sey qonuni»ning muhim tomoni shundan iboratki, iqtisodiy liberalizmning barcha prinsiplariga jamiyat tomonidan rioya qilinsa, ishlab chiqarish (taklif) o‘ziga mos ravishda iste’molni (talabni) keltirib chiqaradi, ya’ni tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish A.Smitning «tabiiy tartib» (pulning passiv roliga asoslangan mehnat natijalarini ayirboshlash) sharoitida albatta, shunday daromadlarni keltirib chiqaradiki, ularga bu tovar va xizmatlar erkin amalga oshiriladi. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasining barcha tarafdorlari tomonidan «Sey qonun i» shu ko‘rinishda qabul qilingan va bozorda bahoning erkin tashkil topishi xo‘jalik konyunkturasidagi o‘zgarishga darhol moslasha oladi, iqtisodiyotning o‘zini o‘zi tartibga solib turishini kafolatlaydi, deb hisoblagan. Haqiqatan ham agar pul faqat hisob-kitob birligi hisoblangan barterli iqtisodiyot amal qiladi, desak unda taklif miqdori talab miqdoriga teng bo‘ladi, ortiqcha ishlab chiqarish bo‘lmaydi. Bu Sey qonunining mohiyatini tashkil etadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling