Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti


Download 0.56 Mb.
bet46/68
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1571306
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi

J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti

Yevropadagi ko'pchilik rivojlangan mamlakatlar va AQShda butun XIX asr davomida, ya’ni klassik siyosiy iqtisodning marjinalizm bilan o‘rin almashish davriga qadar, klassik maktab g‘oyalarining va konsepsiyalarining keyingi rivojlanishida A.Smit ta’limoti asos bo‘lib keldi. Shu ma’noda Fransiyada A.Smit g‘oyaIarini ancha izchil va ijodiy davom ettirgan olim Jan Batist Sey (1767-1832) hisoblanadi.
U 1767-yil 5-yanvarda Lionda savdogar oilasida tug‘ildi. Oilaviy tadbirkorlik an’analarni davom ettirish uchun zarur boigan bilimni olish bilan birga, J.B.Sey o‘z bilimini mustaqil oshirish, ayniqsa, siyosiy iqtisodni o‘rganish bilan shug‘ullandi. Keyinchalik ma’lum boiishicha u A.Smitning “Xalqlar boyligi” asariga asosiy e’tibor qaratgan. Undagi g‘oyalami ommaviylashtirish, uning fikricha Fransiya manfaatlariga ham, shuningdek, barcha insoniyat manfaatlariga ham xizmat qiladi.
J.B.Sey hayotda har xil mashg'ulot turlari bilan shug‘ullandi. U savdo kontorasida nazoratchi bo‘lib ishladi, Fransiya armiyasida xizmat qildi, nufuzli jurnal muharriri bo‘ldi, davlat muassasalarida ishladi. Ammo uning hayotidagi asosiy ishi - iqtisodiy bilim sohasidagi tadqiqotidir. U o‘zining «Siyosiy iqtisod traktati» (1803) asarida A.Smit konsepsiyasini tizimlashtirishga, uni keng xalq ommasi uchun tushunarli qilib berishga harakat qildi. Unda J.B.Sey sanoatning yuksalishiga va xalq boyligini ko‘paytirishga to‘sqinlik qiluvchi “man etuvchi tizim”ga qarshi chiqdi. «Traktatdagi» iqtisodiy liberalism to‘g‘risidagi g‘oya xususan, davlatning iqtisodiyotga va xo'jalik hayotini qayta qurishga aralashmasligi to‘g‘risida g'oyaning amalga oshirilishi harbiy-sanoat boshqaruvini o‘sha davr Fransiya hukumatidagi real hukmronlikdan mahrum qilgan bo'lar edi.
Napoleon “Traktat” bilan tanishib chiqqach, uning muallifini suhbatga chaqirgan va unga o‘z asarini tubdan qayta ishlashni taklif qilgan. J.B.Sey bu taklifni rad etdi va siyosiy “sahnadan” ketishga majbur bo'ldi.
Ammo tinib-tinchimas J.B.Sey o‘zining xususiy ip yigirish fabrikasini ochdi. Keyinchalik, 1813-yiii uni sotib, topgan puliga «Traktat»ni ikkinchi nashrdan chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar 1814-yili chop etiladi, so‘ngra qisqa vaqt ichida yana uch marta 1817, 1819 va 1826-yiIlarda qayta nashr etildi. Bu asar tez orada juda ko‘p tillarga tarjima qilindi.
Fransiyada Napoleon tuzumining yemirilishi bilan vujudga kelgan o'zgarishlar J.B.Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi nomini oqladi. U ruhlanib, siyosiy iqtisod bo‘yicha o‘z asarlari ustida ishlashni davom ettirdi, ko‘p leksiyalar o‘qidi va ularda iqtisodiy nazariya qoidalarini tizimlashtirish va ommaviylashtirish mahoratini namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy fanga aylandi. U iqtisodiy nazariyadan siyosatning, ideologiyaning va statistikaning ajralib chiqishini ma’qulladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling