Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
F.List va Germaniya tarixiy maktab asoschilari P.J. Prudon va K.Rodbertuslarning iqtisodiy g'oyalari
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karl Rodbertusning iqtisodiy g‘oyalari
- Muhokama uchun savollar
F.List va Germaniya tarixiy maktab asoschilari P.J. Prudon va K.Rodbertuslarning iqtisodiy g'oyalari
Milliy qalb, milliy xarakter, milliy taqdir - shu va shunga o‘xshash tushunchalar XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Germaniya jamoatchiligi fikriga singib kirmoqda edi. Tarixiy maktab vakillari tarixdan bo‘lak yana nima milliy bo'lishi rnumkin, degan fikrlarga asoslanib siyosiy iqtisoddan tarixiy usul o‘mini ko‘rsatishga harakat qildilar. Ular milliy fan sifatida siyosiy iqtisod orqali tabiiy xususiyatlarga va xalq harakatlariga bog‘liq holda rivojlanadigan milliy xo‘jalikni o‘rganishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Fridrix List (1789-1846-yy.) Janubiy Germaniyaning Reydlingen shahrida boy hunarmand oilasida tug‘ildi. U o‘qishni 15 yoshda tugatib, hunarmandchilik ustaxonasida otasiga shogird bo‘lib ikki yil ishladi. Keyinchalik Vyurtemberg qirolligida turli lavozimlarda ishlab, bir vaqtning o‘zida Tyubingen universitetini huquq mutaxassisligi bo‘yicha tugatdi. 1817-yildan shu universitetning Davlat boshqaruvi amaliyoti kafedrasi professori bo‘lib ishladi. List 28 yoshida liberal yo‘nalishdagi taniqli publisist, radikal burjua-demokratik islohotlaming qat’iy tarafdori sifatida tanildi. U 1847-yil Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan iqtisodchilar kongressida o‘zining aniq ehtirosli fikrlari, siyosiy yetukligi va kuchli notiqlik qobiliyati bilan ko‘pchiIikning e’tiborini o‘ziga qaratdi. List 1819-yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta’minlash maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»ni tuzdi. F.List 30 yoshida Vyurtemberg parlamenti a’zosi bo‘lib, o‘zining keng demokratik islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi. Bunday siyosiy chiqish Listga qarshi kuchlar shakllanishiga sabab bo‘ldi. Natijada u 1825-yilda Germaniyani tark etib, AQShga doimiy yashash uchun ketdi. Dastlab u fermerlik bilan shug'ullandi, keyinchalik nemis gazetalarining muharriri bo‘ldi hamda sanoat sohasida tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. F.List Angliya sanoati bilan raqobat qiluvchi Germaniya va AQShda sanoat rivojlanishi xususiyatlarini chuqur o‘rganib, Amerika taraqqiyoti uchun iqtisodiy dastumi tayyorladi. 1832-yildan F.List Yevropaga qaytib AQShning Leypsigdagi elchisi bo‘lib ishladi. Shuningdek, u Leypsig-Drezden temir yo‘lini qurish maqsadida Germaniyada birinchi bo‘lib hissadorlik uyushmasini tashkil etdi. F.List o‘zining uchinchi va oxirgi emigratsiyasidan so‘ng Parijda uch yil yashadi. U o‘zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy muammolami keng o‘rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi manfaatlarining ifodachisi bo‘igan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatori maydonga chiqdi. U o'zining «Siyosiy iqtisodning milliy sistemasi» (1841) nomli asosiy asarida milliy siyosiy iqtisodni yaratish vazifasini o‘rtaga qo‘ydi. Mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari to‘g‘risidagi ta’limot unga asos bo'lishi kerak edi. F.List davlatning faoliyatini, dinni, axloqni, ma’naviyatni va shu kabilami ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo‘shdi. F.Listning ta’Iimotiga ko‘ra qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, «millatning ruhi» (toj-taxtning meros bo‘iib qolishi, huquq, sud, armiya, polisiya va shu kabilar) yaratadi. F.List ta’limotida xo‘jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari to‘g‘risidagi g'oyalar katta o‘rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta bosqichga: ba’daviylik, cho'ponlik, dehqonchilik, dehqonchilik- manufaktura, dehqonchilik - manufaktura - savdo bosqichlariga bo‘ladi. Bunday bo‘lishdan maqsad Germaniyada sanoatning o‘sishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bir yoqlama rivojlanishdan - qishloq xo'jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikrni isbotlashdan iborat edi. F.Listning asosiy iqtisodiy asari Germaniyaning iqtisodiy rivojlanishi va savdo siyosati atrofldagi qizg‘in tortishuvlarda alohida o‘rin egallab, nemis iqtisodiy fikriga katta ta’sir ko‘rsatdi. F.List o‘zining g‘oyalarini rivojlantirar ekan, Germaniyaning gullab-yashnashi sanoat taraqqiyoti orqali boMishi mumkinligini va shuning uchun uni chet el raqobatidan himoya qiiish zarur ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu asar o‘z davrida demokratik ziyolilar tomonidan qizg‘in qabul qilinib, katta qiziqish bilan o‘qildi. Germaniyaga qaytgandan so‘ng olim Augusburg shahrida yashab, ilmiy ishini davom ettirdi. U xuddi ana shu buyuk davlatchilik, shovinistik kayfiyatdagi asarlarini yaratib, nemis imperializmining dastlabki himoyachilariga yo‘l ochib berdi. List urushlar va bosqinchilikning tarafdori bo‘lib, dehqonchilik holatidan dehqonchilik- sanoat holatiga o‘tishga ko‘maklashadigan urushlarni yoqlaydi. U Janubiy-sharqiy Yevropadagi bo‘sh yerlami Germaniya bosib olishi zarur, deb hisoblaydi. List hayotining so‘nggi yillarida Angliyaga boMgan o‘z munosabatini o‘zgartiradi, chunki u doim Angliyani Germaniyaning birlashishiga va sanoat rivojiga qarshi, deb hisoblardi. Endi uning fikricha Angliya Germaniyaning qit’a qo‘shnisi hisoblangan Fransiya va Rossiyaga qarshi harakatlarda qo‘llashi mumkin edi. List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa uning yirik namoyandasi bo‘Igan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo'lgan qiymat va daromadlar nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu kategoriyalari olimni qiziqtirmadi. Asosiy e’tibor iqtisodiy siyosatning asosiy masalalariga va ayniqsa, tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List Smit iqtisodiy sistemasini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar xo‘jalik rivojlanishining milliy xususiyatlarini ko‘rmasdan, barchasiga umumiy «tabiiy» qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majbur kiritilmoqda, deydi. «Turli millatlar,- deb yozadi List, turli bosqichda bo‘ladilar. Bunday sharoitda ular o‘rtasidagi to‘liq erkin savdo ayirboshlash qiymati nuqtayi nazaridan jahon xo‘jaligi uchun ma’lum mavhum foydani keltirishi mumkin bo‘ladi.» Lekin bu holat qolgan mamlakatlar ishlab chiqarish kuchlari rivojiga to‘sqinlik qiladi. U o‘z konsepsiyasini ishlab chiqarish kuchlari nazariyasi, deb yuritib, Smitning ayirboshlash qiymati nazariyasiga qarshi qo‘yadi. Lekin shuni aytish zarurki, ishlab chiqarish kuchlari, deganda List ijtimoiy sharoitlar majmuasini tushunadi va ularsiz millat boyligi bo‘lmaydi, deb yozadi. Shuningdek u faqatgina qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan millat bir qo‘l bilan mehnat qiladigan kishi kabidir, deydi. List ishlab chiqarish unumdorligini oshirishni proteksionizm tarbiyasi yordamida amalga oshirishni o‘rtaga tashlaydi. Davlat sistemasidagi tadbirlar milliy ishlab chiqarishni chet el raqobatidan to o‘zini tiklab olguncha va teng raqobatdosh bo‘lguncha himoya qilishi kerak, deydi. Erkin savdoni amalga oshirishni esa u keyinroq, ya’ni hamma millatlar bir xil rivojlanish darajasiga yetgunicha qoldirishni tavsiya qiladi. Hozirgi davrga kelib Listning bunday qarashlarining ayrimlari dolzarb bo‘lib, hayotda o‘z o‘rnini topmoqda. Masalan, millatning boy, qudratli bo‘lib borishi uning qanchalik ko‘p sanoat mahsulotini eksport qilishi bilan va kam mahsulotni import qilishi bilan belgilanadi. Bu o‘rinda Yaponiya tajribasini ko‘rsatishimiz kifoya. Bu davlat so'nggi yillarda tez iqtisodiy rivojlanish hisobiga, ya’ni tashqi savdoni to‘g‘ri yo‘lga qo'yganligi uchun rivojlangan mamlakatlar qatorida oldingi o‘ringa chiqib oldi. Listning iqtisodiy nazariyasi asosiy masaialardan hisoblangan kapitalizm taraqqiyoti doirasida o‘z tarixi va xo‘jaligining xususiyatiga ko‘ra jahon hamjamiyatining so‘nggi qatorlaridan o‘rin olgan mamlakatlaming iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish yoMidagi dastlabki urinish edi. Hozirgi davrda milliy sanoatni rivojlantirish uchun harakat qilayotgan yosh, rivojlanayotgan mamlakatlaming List ta’limotiga katta e’tibor berayotganliklari tabiiy holdir. Chunki ularning oldida jahon bozorida hukmronlik qilayotgan rivojlangan mamlakatlar monopoliyasi sharoitida o‘z sanoatlarini himoya qilish vazifasi turibdi. Germaniyada tarixiy maktablar shakllanishi va evolyutsiyasini ilmiy-iqtisodiy adabiytda uch asosiy davrga ajratiladi. Birinchi davr XIX asming 40-60-yillarini o‘z ichiga olib «Eski tarixiy maktab» yoki oddiygina «Tarixiy maktab» davri deb nomlanadi. V.Rosheo, K.Knis va B.Gildebrand bu davming asosiy mualliflaridir. Ikkinchi davr XIX asming 70-90-yillariga to‘g‘ri kelib «Yangi tarixiy maktab» davri, deb nomlanadi. G.ShmoIler va L.Brentano bu davrning asosiy ijodkorlaridir. Uchinchi davr XX asming 30-yillarigacha davom etib «Eng yangi tarixiy maktab» davri yoki qisqacha «ijtimoiy yo‘nalish» nomini oldi. V.Zombart va M.Veberlar uning asosiy mualliflari edilar. P.J.Prudon g'oyalari Fransuz publitsisti, mayda ishlab chiqarish nazariyotchisi Per Jozef Prudon (1809-1865) kambag‘al kosib oilasida tug‘iigan. Moddiy jihatdan nochorligi sababli kollejdagi o‘qishni tugatmagan, sherik hamkorining mablag‘i hisobiga kichik bir bosmaxonani ishlatib, zo‘r berib o‘z ma’Iumotini oshirish bilan shug‘ullangan. Ilmu-fanni o‘rganishni avvalo, muhtojlikdan qutulish usuli, deb bilgan. P.Prudon 1838-yiIda Bezanson akademiyasi tomonidan kam ta’minlangan yosh olimlarga ajratilgan uch yillik stipendiyani olib Parijga ko‘chib o‘tdi. Parijda u J.B.Sey, S.Sismondi, T.Maltus, K.Sen- Simon, Sh.Fure va boshqa iqtisodchi olimlar asarlari bilan yaqindan tanishdi. 1840-yilda P.Prudonning «Mulkchilik nima?» nomii mashhur asari e’lon qilindi. Ushbu asarda kapitalizmni tanqid bosh mavzu bo‘isada, hali olimning amaliy dasturi bayon qilinmagan edi. 1846-yiIda P.Prudonning «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi yoki qoshshoqlik falsafasi» nomii yana bir asari e’lon qilindi. Asarda olim kapitalizmni isloh qilishning amaliy dasturini ishlab chiqishga, siyosiy kurashning behudaligini asoslashga urindi. 1848-yilda nashrdan chiqqan «Ijtimoiy masalalarning hal etilishi» "nomii yangi asarida olim har qanday inqilobiy chiqishlami keskin qoralaydi. P. J. Prudon Xalq banklari konsepsiyasini e’lon qilib, xalqni ijtimoiy islohotlarga chorlaydi. P.Prudon siyosiy iqtisodni «aql- zakovatning abadiy qonunlari» to‘g‘risidagi fan, deb biladi. P.Prudon va S.Sismondi nazariy qarashlarida biz juda yaqinlik va o'xshashlik hollarini uchratishimiz mumkin. Ayniqsa, ularning uslubiyotlarida bu holat quyidagicha aks etadi: Birinchidan, iqtisodiyotda cheksiz erkin raqobatni inkor etib, boshqarish mumkin bo‘lgan raqobatni topib tashkil etish. Ikkinchidan, xo‘jalik hayotini tahlil qilish jaranida iqtisodiy ko'rsatkich va manbalarni asosiy, deb hisoblamasdan, balki mehribonlik, axloq, ijtimoiy adolat, etika va boshqa kategoriyalami, shuningdek, inson hayotining eng oliy ne’mati tenglik va tinchlikni asosiy, deb hisoblash. Uchinchidan, ko‘p yillar davomida yaratilgan ilmiy asarlarda iqtisodiy hodisalarga nemis faylasufi Gegel dialektikasi asosiy uslub qilib olinib, unga alohida e’tibor berildi. P.Prudon o‘zining mayda ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib chiqqan islohotchilik konsepsiyasini maydonga tashlar ekan, juda ko‘p masalalar xususidagi fikrlami bayon etadi. Mehnat taqsimoti, tovaming xususiyati, ish haqi, mulkchilik, daromad va takror ishlab chiqarish kabilarni ilmiy izohlashga harakat qiladi. P.Prudon o‘zining eng muhim asarlaridan biri - «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi....» da avvalgi mehnat taqsimotini tahlil qiladi. Mehnat taqsimoti bir tomondan boylikning ko‘payishiga imkon bersa, ikkinchi tomondan qashshoqlikka, kambag‘allikka olib boradi. P.Prudonning mulohazalariga qaraganda, mehnat taqsimotining naf keltiradigan xususiyatlarini saqlab qolish va zararli xususiyatlarini tugatish kerak. Metodologiya jihatidan bu o‘rinda ijtimoiy jarayonlar dialektikasining ilmiy tahlilida tarixdan tashqari yondashuv sezilib turadi. Prudon tovarning xususiyatini ham mana shunday pozitsiyalardan turib «tadqiq» qiladi. Uning fikricha qiymatning abadiy g‘oyasi mavjud, bu g‘oya iste’inol qiymati talab va kamchilik bilan, ayirboshlash qiymati esa taklif va mo‘l-ko‘Ichilik bilan belgilanadi. Talab bilan taklif o‘rtasidagi“kurashda tovarning qiymati yoki narxi belgilanishini ta’kidlaydi. U ish haqining harakati qonuniyatlarini ham oddiy va g‘ayriilmiy pozisiyalardan turib bayon etadi. Prudon ishchilarning ish haqini oshirish uchun kurashiga qarshi chiqadi, chunki bu narsa narx-navoning yoppasiga ko‘tarilishiga yoki muhtojlikning kuchayishiga olib borar emish. P.Prudon yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmini tushuna olmaydi. U kapital bilan mahsulotni aynan bir narsa, deb talqin etib, butun kapitalning harakatini uning protsent keltiradigan qismi harakatidan iborat, deb talqin etadi. Ssuda kapitalining harakatini Prudon qarz beruvchi bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim, deb hisobladi. Prudonning nazariy sistemasida protsent mehnatni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakli tarzida namoyon boMadi. Shu bilan birga u protsent bilan yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmi o'rtasidagi o‘zaro aloqani tushunmaydi. P.Prudon o‘zining «belgilangan qiymat» nazariyasini butun iqtisodiy bilimi negizi, deb hisobladi. Bunda klassik maktabdan o‘zib ketish pinhona istagigina emas, shu bilan birga ijtimoiy o‘zgartirishlaming yo‘llarini belgilash istagi ham namoyon bo‘ldi. Tovar ishlab chiqarishini Prudon insoniy ozodlikning va har bir kishi shaxsiy mustaqilligining cho‘qqisi, deb biladi, mayda burjua nazariyotchisi boTgan Prudon bozor mexanizmining ba’zi bir salbiy jihatlarini: mollaming qalashib ketishini, nomunosiblikni, xonavayron bo‘lish va shu kabilami tan oladi. Prudon asosiy iqtisodiy ziddiyatlarni «qiymat»ning ichki ziddiyatlaridan: iste’mol va ayirboshlash qiymati g‘oyalaridan iborat, deb biladi. «Belgilangan yoki sun’iy» qiymat murosaga keltiruvchi timsol bo'lib ko'rinadi. Bunday qiymat ayirboshlashda vujudga keladi. U tovarning ijtimoiy boylik tarkibiga bemalol kirib borishini bildiradi. Binobarin tovar ishlab chiqarishining hamma qiyinchiliklarini bartaraf qilish uchun har bir tovarga yo belgilangan qiymat qo‘yib qo'yish, yoki uning bozorda sotilishiga kafolat berish, tovar bilan pul o'rtasidagi ziddiyatni tugatish zarur. Prudon tilla bilan kumushni «belgilangan» qiymatga ega bo'Mgan dastlabki tovarlar, deb ataydi. P.Prudon daromad to‘g‘risidagi nazariyani siyosiy iqtisodda daromadning asosiy manbayi deb qabul qilingan mehnat, kapital va yeming mazmunini ko‘rib chiqishdan boshlaydi. Uning fikricha ishlab chiqarish jarayonining o‘zi har uchala elementning ishga tushurilishi natijasida yuz beradi. Lekin yer yoki kapital egasi o‘zi hech narsa ishlab chiqarmasdan o‘z daromadini olishini va ayni vaqtda ishchi o‘z mehnati natijasida hosil bo‘lgan daromadining faqat kichkina bir qismini ish haqi sifatida olishni adolatsizlik, deb baholaydi. P.Prudonning takror ishlab chiqarish nazariyasi uning daromadlar to‘g‘risidagi fikrlari asosida rivojlantiriladi. Takror ishlab chiqarish jarayoni, olimning fikricha hamjamiyatdagi ishlab chiqarish va iste’molning muvozanati asosida bo‘ladi. Lekin amaliyotda mulkchilaming ishlamay qo‘yganligi bu prinsipning buzilishiga va natijada J.B.Sey ko'rsatib o'tgan «iqtisodiy qonunning» ham buzilishiga olib kelmoqda. P. Prudon ijtimoiy masalalami hal qilishi zarur bo‘lgan kapitalizmni isloh qilish loyihalarini o‘zining ko‘pgina asarlarida e’lon qiladi. Ushbu asarlarda ijtimoiy adolat konsepsiyasini asoslash bilan birga inqilobiy chiqishlar haqidagi har qanday fikmi inkor etadi. Olimning islohotchilik g‘oyalarining ayrimlari S.Sismondi qarashlariga o‘xshash bo‘lib, ular quyidagilarda o‘z aksini topdi: • «uchinchi shaxslar» ya’ni dehqonlar, hunarmandlar va mayda kustar ishlab chiqaruvchilaming jamiyatdagi o‘miga rahimdillik bilan xayrixohlik bildirish; «mayda mulkchilik va mayda ishlab chiqarishni» iqtisodiyotdagi yetakchilik o‘rnini e’tirof etish bilan ularning shart-sharoitlari, ta’limotlarida to‘liq tenglikka erishish; ijtimoiy adoiat tamoyillariga mos ravishda jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish ishtirokchilariga teng daromad berish; kapital va daromadlar bir kishi qo‘li ostida konsentratsiya qilinishiga va ayniqsa, mehnatni ekspluatatsiya qilishga yo‘1 qo‘ymas!ik. Bundan tashqari faqat P.Prudon islohotchiligiga xos quyidagi g‘oyalarni alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin: pulning (muomalada) haraktini bekor qilib, uning o‘miga ishchi pullami muomalaga kiritish; foizni yo‘q qilish hisobiga foizsiz kreditlami tashkil qilish; xalq banklarini tashkil etish; islohotlar amalga oshirish jarayonining xotimasi sifatida hukumatni bekor qilish. Islohotchilik konsepsiyalarida P.Prudon Xalq bankiga katta umid bog‘laydi. Uning banki sotsialist-rikardochilar taklif qilgan banklardan 3 xil o‘ziga xoslik bilan farq qilar edi: Birinchidan, undagi metall puilar dastlabki bonlar chiqarilishi sababli pulga va tijorat voqealariga almashtirish yo‘li bilan sekin-asta muomaladan chiqarilar edi. Ikkinchidan, foizni birdaniga yo‘q qilmasdan, balki yuqori qayd qilingan bosqichni amalga oshirishni 2%dan eng kam daraja-0,25%ga tushirish hamda sotilmagan tovarlarga oldindan ssuda berilishi. Uchinchidan Xalq banki kapitalni o‘ziga jalb qilmay, balki aksincha kapital bilan yuzaga keladi. P.Prudonning hukumatni bekor qilish g‘oyasi islohotlami amalga oshirish davrida sinflaming umumlashuvi va yagona mehnatkashlar, o‘z mehnatining haqiqiy haqini oladigan sinfning yuzaga kelishi o‘z navbatida, hukumat faoliyatini keraksiz qilib qo‘yadi (anarxizm g‘oyasi). Prudon kapitalizmni isloh qilish loyihasida mayda tovar ishlab chiqaruvchining o‘z moli sotilishiga kafolat olish, mayda do‘kondorningfoizsiz kredit olish to‘g‘risidagi asriy orzusini, burjua ziyolisining kapitalizm sharoitida mutlaq mehnat erkinligi, qiymat qonuni asosida tenglik imkoniyati to‘g‘risidagi xomxayollarini ifodalagan edi. Prudonning «sotsializm»i tovar bilan pul o'rtasidagi aloqani soxtalashtirishga asoslangan. Shu loyihaning muallifi xususiy ishlab chiqarishni tovami saqlab qolishga, ammo pulni ayirboshlashni, ayirboshlash qiymatini bekor qilishga intilgan edi. Prudon va prudonizm o‘z davrida ishchilar harakatiga jiddiy xatar solganligi Uababli proletar ta’limotining asoschilari Prudonning mayda' ishlab chiqarish reformizmiga (islohotchiligiga) qarshi murosasiz kurashdilar. Uni proletariatga dushman va revolyutsion harakatga xalaqit beruvchi bir oqim, deb fosh qildilar. Bu kurashni K.Marks XIX asming 40-yiIlari o‘rtalaridayoq «Falsafa qashshoqligi» asarini tayyorlashdan boshladi va marksizm rivojining keyingi davrlarida ham shu kurash davom etdi. Prudon falsafada Gegeldan, siyosiy iqtisodda esa A.Smit bilan D.Rikardodan yuqori ko‘tarila olmadi. Uning ijtimoiy dasturlarida mafkuraviy yo‘nalishni fosh qilishda alohida vazifalar kelib chiqdi. Prudonizm mayda ishlab chiqarish muhitiga va uning puch xayollariga tayanib, uzluksiz ravishda o'zgarib boruvchi sharoitlarga moslashaverdi. Karl Rodbertusning iqtisodiy g‘oyalari Karl Iogann Rodbertus-Yagesov (1805- 1875) Germaniyada, Shimoliy Greyfsvoldda 1805- yilda tug‘ildi. Gettingem va Berlin universitetlarida huquqdan tahsil olib, shu mutaxassislik bo‘yicha ma’lum vaqt ishladi. Burjua demokratik revolyutsiyasi yillarida parlament a’zosi, keyinchalik vazir (ministr) lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. K.Rodbertus Germaniya mayda burjua iqtisodiy ta’limoti vakili bo‘lib, Sen-Simon va sotsialist-rikardochilar g‘oyalari ta’sirida edi. U utopik sotsializm va konservativ reformizm g‘oyalari asosida o‘zining konsepsiyasini yaratdi. 1842-yilda K.Rodbertus «Davlat-xo‘ja!ik tizimimizni bilish yo‘Iida» deb nomlangan kitobini nashrdan chiqardi. Lining asarlari «sotsia! xatlar» shakiida yozilgan. U aynan shu kitobida qo‘shimcha qiymat nazariyasini ko‘rsatib o‘tdi. U o‘z fikrlarini yakunlab, shunday deb yozadi: «Agar ishlab chiqarish qancha yuqori boMsa, ishchining yashashi uchun zarur vositalardan tashqari ko‘pgina iste’mol buyumlarini yaratishi mumkin. Bu chegirtma yerga xususiy mulkchilik va kapital mavjud sharoitda renta holiga aylanadi va kishiiar tomonidan mehnatsiz o‘zlashtiri!adi. Boshqacha qilib aytganda, renta olishning asosiy usuli yerga xususiy mulkchilik va kapitaldir» K.Rodbertusning nazariyasi va qisqacha xulosalariga yuqori baho berish mumkin, chunki u A.Smit va D.Rikardo iqtisodiy ta’limotlari bilan yaqindan tanish va bu ta’limotlami chuqur ilmiy tahlil qilgan edi. Shuningdek, olim o‘z xatlarining birida qo‘shimcha qiymat va uning vujudga kelishini Marksdan oldinroq ko‘rsatganligini va aniq qilib tushuntirganligini yozadi. Bu bilan u o‘zining qo‘shimcha qiymat nazariyasidan Marks ijodiy foydalanganligini va hatto «o‘g‘irlab» o‘ziniki qilganligini isbotlamoqchi bo‘ladi. Shuni aytish zarurki, Marks ta’limotiga nisbatan aytilgan bu tanqidlar Marksning o‘ziga ham ma’lum edi. Marksning vafotidan keyin nemis kateder-sotsialistlari bu masalani yana qayta ko‘tardilar. Ulaming asosiy maqsadlari Marks ta’limotini kuchsizlantirish va uning ta’sir doirasini kamaytirish edi. 0‘z davrida F.Engels bu fikrlar uydirma ekanligini va Rikardoning qiymat nazariyasidan so‘lrikardochilar sotsialistik qisqacha xulosalariar uchun K.Rodbertusdan oldinroq ko‘rsatib foydalanganliklarini aytdi. Shuningdek, u K.Rodbertus qo‘shimcha qiymatning foyda va yer rentasiga aylanish qonunini, kapitalistik sinflar o‘rtasida qo‘shimcha qiymatning taqsimlanishi, qonunni to‘liq tushunmay, faqat renta nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham ko‘rsatib o‘tdi. Haqiqatdan ham foyda va yer rentasini ishchilarga haq to‘lamaslik samarasi, deb hisoblash bu haii qo‘shimcha qiymatning ilmiy nazariyasini yaratish, degan gap emas edi. Ingliz sotsialist- rikardochiiar bu masalada K.Rodbertusdan ancha iigarilab ketdilar. K.Rodbertusning iqtisodiy g‘oyaIari yuqorida qayd etilgan asosiy asaridan tashqari, katta jildni tashkil etgan to‘rtta «ijtimoiy xati»da bayon etiigan. Unda u qiymatning mehnat nazariyasini sodda ko'rinishda tahlil qiidi. Qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat biian aniqlanmasdan, balki barcha mehnat xarajatlari biian aniqlanib, bu o'rinda bir xil mehnat xarajatlari har qanday ishlab chiqarishdan qat’iy nazar bir xil qiymat hosil qiladi deb ko‘rsatiiadi. Bundan tashqari mehnat doimo qiymat vujudga keltirishi alohida ta’kidlanadi. F.Engels «Falsafa qashshoqligi» asarining so‘zboshisida K.Rodbertus qarashlaridagi bu holatni keskin tanqid qilib, o'zining qiymat nazariyasida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarakterini inkor etadi, deb yozadi. K.Rodbertusning fikricha mehnat qiymat o'lchovi sifatida oltin va kumushdan yuqori turadi, chunki u ish kunini o'zgarmas o‘lchov, deb hisoblaydi. Bu o‘rinda «mehnat kunlari» ham izohlanadi. Lekin olim xayoliy fikrlarga berilib, kapitalistik tovar xo‘jaligi sharoitida pulning zaruriyatini to‘g‘ri tushuntirib bera olmadi. K.Rodbertus o‘zining taqsimot nazariyasida klassik maktab vakillari yo‘l qo‘ygan xatolami takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahlil qilinadi va uch bosqichdan iborat bo'ladi. Birinchi bosqichda K.Rodbertus ijtimoiy (milliy) mahsulotni ish haqi va rentaga boMinishini ko‘rib chiqadi. Ikkinchi bosqichda u rentani kapital va yer rentasiga bo‘lishga o‘tadi. Va nihoyat, uchinchi bosqichda K.Rodbertus barcha foyda va yer rentasining kapitalist va yer egalari o‘rtasidagi taqsimotini ko‘rib chiqadi. K.Rodbertus ijodiy faoliyatining so‘nggi yillari qiymatning mehnat nazariyasidan uzoqlashib mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos tushuvchi jamiyatni qayta qurish loyihalarini e’lon qilish biian bog‘liq bo‘ladi. Kapitalizmni Rodbertuschasiga isloh qilish sinfiy kurashsiz evolyutsion yo‘l biian amalga oshirishni ko‘zda tutar edi. Bu yo‘l keyingi islohotchilik yo'nalishidagi nazariy maktab tomonidan qo'llaniladi. Bu olimning asarlari rus tilida to*la chop etilgan.“Nufus qonuni” - aholining ko‘payishini cheklovchi muayyan chora-tadbirlaming qo‘llanilishi. “Sey qonuni”- har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu daromadlarga qiymati ularga teng bo'lgan tovarlar sotib olinadi, yalpi talab esa hamisha yalpi taklifga teng boMadi. Unumli mehnat - natijasi ko‘rinib turadigan mehnat. Muhokama uchun savollar “Qiyosiy ustunlik” nazariyasining mohiyati nima? “Sey qonuni”ning mohiyati va asosiy qoidalari nimada? Ishlab chiqarishning uch omilli nazariyasidagi asosiy qoidalarni ko‘rsatib bering. J.B.Seyning qiymat nazariyasi qiymatning mehnat nazariyasidan nima bilan farq qiladi? T.Maltusning “Nufus qonuni”da qanday g‘oyalar ilgari suriladi? J.S. Mill ishlab chiqarish va taqsimot qonunlarini qanday tavsiflaydi? J.S. Millning “Siyosiy iqtisod asoslari ...”da ko‘zda tutilgan asosiy maqsad nima? J.S. Millda “unumli mehnat”, “qiymat” kategoriyalari qanday talqin qilinadi? Pul, kredit va savdo inqirozlarining o‘zaro bog‘liqligi nimada? J.S. Mill qanday islohotlarni ilgari surgan? BOZOR IQTISODIYOTIGA MUXOLIF- SOTSIALISTIK YO‘NALISH MOHIYATI VA UNING TARIXIY TADBIRI Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling