Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
A. Sen-Simon, SH. Fure va R. Ouen iqtisodiy qarashlari
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransua Mari Shari Furedir
- K.Marks iqtisodiy ta’limotining umumiy tavsifl
- Marksning qiymat nazariyasi Marks ta’limotiga binoan har bir tovaming qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan
A. Sen-Simon, SH. Fure va R. Ouen iqtisodiy qarashlari
Fransiyada burjua inqilobidan keyin kapitalizm yanada tez rivojlandi. Fransuz mutafakkiri Sen-Simon jamiyat oldida doimiy ravishda ko‘ndalang bo‘lib qolgan yangi muammolarga birinchi bo‘lib javob berishga urindi. A.K.Sen-Simon Anri Klod de Rebrua Sen-Simon (1760-1825- yy.) Fransiya xayoliy sotsializmining namoyandasi boiib, 1789-1794- yillardagi fransuz inqilobi bilan zamondosh edi. U aristokratlar oilasidan bo‘lib, Sanoat sistemasi haqida”, “Inson haqidagi fan ocherklari”, “Sanoat yoki siyosiy, ma’naviy va falsafiy mulohazalar”, “Yangi xristianlik” va boshqa shu kabi mashhur asarlar muallifi hisoblanadi. Sen-Simon maxsus iqtisodiy tadqiqotlami amalga oshirmadi, balki asosiy e’tibomi ijtimoiy muammolarga qaratdi. U butun yaxshi jamiyat to‘g‘risidagi umidini aql-idrokka, ma’rifatga bogMadi; u insonning aql- idrokini tarixiy jarayonning to‘la hokimi va rahbari sifatida bildi, jamiyatni yaxshi tarzda qayta qurish yo‘llarini tashviqot qilishni esa o‘z ta’limoti amalga oshirilishining bosh vositasi, deb hisobladi. Fransuz ma’rifatparvarlaridan farq qilib, Sen-Simon ishlab chiqarishdagi inson faoliyati, mulkchilik formalari kabi iqtisodiy faktorlarga katta baho berdi. U “Ilk davr”, “Qulchilik”, “0‘rta asrlar”, “Hozirgi davr” va “Oltin asr”lami alohida ajratib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalami ko‘rsatib o‘tdi. “Hozirgi davr” (ya’ni XIX asming ikkinchi yarmi) o‘tish davri, deb belgilanib, “...bu davrda, deb yozadi Sen-Simon olimiar, tadbirkorlar va ishchilardan iborat sanoatchilar shakiianadi, ular qirol hukumati bilan birgalikda odil jamiyatni barpo etishlari kerak, bu esa o‘z navbatida “Oltin asr”ga kirib kelishni ta’minlaydi.” Sen-Simon o‘zining tarixiy konsepsiyasidan kelib chiqib, hozirgi davrni o‘rganib borish uchun o‘tgan davrga nazar tashlash kerakligini aytib, “har bir alohida olingan davr inulohazasida juda yuzaki, hatto noto‘g‘ri qisqacha xulosalarlarni beradi, so‘nib borayotgan o‘tmish qoldiqlari tug‘ilib kelayotgan kelajak bilan qorishtirib yuboriladi”, deb ko‘rsatadi. Tarixiyligiga qaramay §en-Simonning jamiyatning rivojlanish konsepsiyasi idealistik edi, chunki uning asosini fan taraqqiyoti, ong va g'oyalar ravnaqi tashkil etardi. Lekin uning idealistik tarixiy konsepsiyasida ayrim materialistik fikrlar ham yo‘q emas. Jumladan, Sen-Simon shaharlar, sanoat va savdoning rivojlanishi burjuaziyaning shakllanishiga sabab bo‘lganligini, iqtisodiy holat esa, mulkchilikka tobe bo'lgan, o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy formalarni vujudga keltirishini aytib o‘tadi .Sen-Simonning bo'lajak adolatli jamiyati industrial sistema, deb nomlanib, u industrial jamiyat yirik sanoat ishlab chiqarishi bazasi asosida rivojlanadi, sanoat -alohida reja asosida, boshqaruv esa yagona industrial markaz orqali amalga oshiriladi, deb hisoblagan edi. Sanoat ishlab chiqarishining taraqqiyoti va mahsulotlami taqsimlash olimlar tomonidan olib boriladi. Katta tajribaga ega bo‘lgan sanoat kapitalistlari boshqaruvni tashkil qilish bilan mashg‘ul bo‘ladilar, ishchilar esa ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun astoydil mehnat qilishlari zarur. Sen- Simon yangi ijtimoiy tashkilotni vujudga keltirishda ayniqsa sanoatda anarxiyaga (hokimiyatsizlikka) yo‘l qo‘yilmasligiga va reja asosidagi markaziy boshqaruvga katta e’tibor berishni taklif etadi. Sen-Simon qarashlariga ko‘ra erkin raqobatga asoslangan ijtimoiy tuzim bu tugab borayotgan feodalizmdan yangi ideal jamiyatga o‘tish davridagina emas, balki inqilobiy harakatlardan xoli minch va tez sur’atlarda ijtimoiy tenglikka asoslangan “industrial jamiyat”ga o‘tish davri hamdir. Adolatli “industrial jamiyat” qurilishi haqidagi o‘zining mulohazalarida u ilmu-fan va iig‘or nazariyalarga yuqori baho berib, bo‘lg‘usi yangiliklarni tarixiy muqarrar, deb hisoblaydi. Shu bilan bir qatorda Sen-Simon o‘zining “industrial jamiyat”ida boshqa xayoliy sotsialistiar kabi qarama-qarshi sinflarning yo‘qo!ib ketishi va hokimiyat tomonidan siyosiy funksiyalarga nisbatan iqtisodiy funksiyalarga katta e’tibor berilishini taxmin qiladi. Lekin shuni alohida qayd etish zarurki, xayoliy SQtsializmning boshqa barcha vakillaridan farq qilib, Sen-Simon sotsializmda xususiy mulkchilik bo‘lishini inkor etmaydi, balki aynan xususiy mulkchilik va undan foydalanishni tartibga soladigan qonun zarurligini ko‘rsatib o‘tadi. Shuningdek, olim o‘z qarashlarida anarxiyaga insonlarga ziyon yetkazuvchi boshqaruv, deb qarab uni tanqid qiladi. U mavjud o‘zgarishlar tezlik bilan rivojlanib, davlatning to‘liq kamolotini ta’minlaydi, insonlar esa erishishlari mumkin bo‘lgan tenglik va ayniqsa, mo‘l-ko‘lchilikka faqat shu “industrial jamiyat” yordamida yetib boradilar, deydi. Garchi Sen-Simon yangi ijtimoiy tuzumning haddan tashqari mujmal manzarasini tasviriagan, shu jamiyatga borishning noto‘g‘ri yoMini ko‘rsatgan bo‘lsa ham uning ba’zi taxminlari katta kelajakka molik edi. U proletariatning nazariyotchisi emas edi va shu sababli uning tarixiy rolini tushunmadi. Ayni vaqtda u ishchilar ahvolining naqadar og‘irligini ko'rdi. “Mening maqsadim,-deb yozgan edi u, -Yevropadagina emas, butun dunyoda ham shu sinfhing qismatini yengillashtirishdan iborat”. U davlatni “odamlarni boshqarish quroli”dan ishlab chiqarishni tashkil etish, fan va san’at taraqqiyotini ta’minlash, ya’ni “narsalarni boshqarish qurolf’ga aylantirish, tartib, osoyishtalikni nazorat qilishni esa jamoatchilikka topshirish kerak, degan g‘oyani ilgari surdi. Sen-Simonning yangi industrial sistemasi sotsialistik jamiyat emas edi, chunki unda xususiy mulkchilik, kapital jamg'arish, bankirlar va tadbirkorlar sinflari hali mavjud edi. Bu esa o‘z navbatida, umumxalq mehnatiga asoslangan rejali keng ishlab chiqarishni inkor etadi. Sen-Simon asarlarining asosi kapitalizmni tanqidqilishdan iborat. U ishlab chiqarish va taqsimotdagi anarxiyani, raqobat, xalq ommasining qashshoqlashuvi va ishchilarning ayanchli ahvolda ekanligini kapitalizmning illati, deb hisoblaydi. Olim ishchilar, kapitalistlar va savdogarlarni bir sinf vakillari, deb ulami industriallar, deb atadi. Feodal jamiyatining hokim sinflari bo‘lgan dvoiyanlar, ruhoniylar va boshqa amaldorlarni esa befoyda, keraksiz sinflar, deb hisoblacii. Shuni aytish kerakki, Sen-Simon kapitalizmni ilmiy ravishda tanqid qilmadi. U burjua jamiyati bo‘ysunishi zarur bo‘lgan iqtisodiy qonunlarni e’tibordan chetda qoldirdi.Sen-Simon ta’limotlarini tashviqot qilishda uning shogirdlari O.Rodrig, V.Anfonten va O.Bazarlar katta rol o'ynadilar. Ular «Sen- Simon ta’limoti» kitobini nashr qildirib, uning nazariy qarashlarini boyitdilar. lekin bu oiimlar ham burjua jamiyatining asosiy sinflari va ular o'rtasidagi sinfiy kurash mohiyatini to‘liq tushunmadiiar, natijada XIX asming 30-yiIlariga keiib, Sen-Simon maktabi tor doiraga aylandi va tarqalib ketdi. Fransuz xayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyandasi Fransua Mari Shari Furedir (1772-183 7-yy.)- U Bezanson shahrida savdogar oilasida dunyoga keiib, butun hayoti mobaynida savdo bilan shug‘ullandi. Bo‘sh vaqtlarida o‘z ma’Iumotini to‘Idirib, mustaqil ravishda fizika, astronomiya va falsafa fanlari bilan shug‘ullandi, ijtimoiy tadqiqotlami amalga oshirdi. Shari Pure o‘zining “To‘g‘ri harakat va mushtarak taqdirlar nazariyasi”, “Umumiy birlik nazariyasi”, “Savdo qallobligi haqida”, “Yangi sanoat dunyosi va ijtimoiy dunyo” nomli asarlari va qator maqolalarida kapitalistik jamiyatni keskin tanqid qildi va ijtimoiy adolatli jamiyat barpo etish dasturini ishlab chiqdi. Uning tasvirlashicha, inson o‘zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas illatlaridan tozalanishi iozim, shunday ijtimoiy tuzum o'matish kerakki, bu tuzum insonning kamol topishiga, ehtiroslarini to‘liq namoyon qilishiga, ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat bersin. F.M.Sh.Fure kishilik jamiyatining tarixiy rivojlanishini o‘rganishga katta hissasi qo'shdi. Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojianishi Robert Ouenning (1771-1858-yy.) hayoti va ljodiy faoliyati bilan bogMiq. R.Ouenning “Jamiyatga yangicha qarash yoki xaraktemi shakllantirish haqida tajribaiar”, “Yangi axloqiy dunyo kitcbi”, “Adolatli almashuv bozoji”, “UIug‘ milliy hunar ittifoqi” asarlarida uning sotsialistik Ioyihalari bayon etilgan. U kapitalistik jamiyatni tanqid qilib, uning xalqqa qarshi mohiyatini ochib beradi. Barcha mulkni umum mulkiga aylantiradigan, qashshoqlik yo‘qoladigan, mehnat jafo- zulmatdan baxt-saodatga aylanadigan kommunistik jamoalar tuzish fikriga keldi. Shu maqsadga xalaqit beradigan uchta to'siq bor, deydi u. Bu uchta illat: xususiy mulk, din va burjuacha nikohdir. Biroq olim kapitalistik taraqqiyotning obyektiv qonunini tushunmadi, sinflar kurashini inkor etdi. Yangi tuzum yangi yo‘l bilan yoki tinch yo‘l bilan quriladi va unga tinch yo‘l bilan o‘tiladi, deb ishondi. R.Ouenning Ioyiha va ijtimoiy dasturlari fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, ancha aniq va amaliyligi bilan ajralib turadi. U ishchilar mehnatini yengillashtiradigan yoshlar va qariyalar mehnatidan tungi ish vaqtida foydalanishni man etgan, rag‘batlantirishni tashkil etgan, u Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining asoschilaridan edi. R.Ouen iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati shundan iboratki, u burjua siyosiy iqtisodini inkor etgan fransuz xayoliy sotsialistlaridan farq qilib, o‘z nazariyalarini yaratishda Rikardoning qiymatning mehnat nazariyasiga tayanadi. U Rikardodan keyin qiymatning asosiy manbayi, deb mehnatni hisobladi. Xususiy mulk bilan bir qatorda mehnat bilan apital o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar sababchisi, deb pul hisoblandi. R.Ouen qiymatning sun’iy o‘lchovi bo'lmish puldan voz kechib, mehnat xarajatlarining ekvivalenti sifatida «ishchi pullarini» joriy etishni taklif etadi. U kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib, “ishlab chiqarish uyushmalarini” tashkil etishga harakat qildi. K.Marks iqtisodiy ta’limotining umumiy tavsifl Karl Marks klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri sifatida iqtisodiy ta’limotlar tarixida yorqin iz qoldirdi. U 1818-yiI 5- mayda Germaniyaning Trir shahrida tug‘ilgan. Lining otasi advokat, yahudiy bo‘Iib, 1824 yilda protestantlikni qabul qilgan. Oilasi davlatmand, madaniy oila bo‘lgan. K.Marks Trir shahrida gimnaziyani tamomlagandan so‘ng dastlab, Bonndagi so'ngra Berlindagi universitetga kirdi, yuridik fanlami, tarix va falsafani o'rgandi. 1841- yilda Epikur falsafasi to‘g‘risida universitet dissertatsiyasini topshirib, kursni bitirdi. 1842-yili K.Marks Bonnga ko‘chib keidi va shu yilning oktabrida «Reyn gazetasi»ning bosh muharriri bo‘ldi va Bonndan Kyolnga ko‘chib o‘tdi. 1843-yili birdaniga bir qancha voqeaiar sodir bo'ldi: u muharrirlik qilgan gazeta yopildi, nemis baronining qizi Jenni Fon Vestfalenga uylandi, Parijga ko‘chib o‘tdi. Keyingi ikki yil (1844—1845) K.Marks uchun iqtisodiy nazariyani, falsafani chuqur o‘rganishning boshlanish davri bo‘ldi. U G.Geyne, P.Prudon, M.Bakuninlar bilan tanishdi, F.Engels bilan do'stlashdi. K.Marks 1845-1848-yillari Bryusselda bo‘ldi. 0‘sha yillari F.Engels bilan hamkorlikni davom ettirgan holda «Nemis idealogiyasi» va «Kommunistik partiya Manifesti»ni yozdi. U 1848-yili Germaniyaga Kyoln shahriga keidi va «Yangi Reyn gazetasi»ga rahbarlik qildi. U o‘zining gazetasida 1849-yili «Yollanma mehnat va kapital» asarini chop etdi. Shundan so‘ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa bu yerga qaytib kelmadi. K.Marks avval Parijga keidi, u yerda bir oz vaqt turgandan key in Londonga borib, umrining oxirigacha (1850-1883) shu yerda yashadi. Aynan Londonda yashagan davrlarda K.Marks o‘zining ko‘p sonli asarlarini, jumladan, hayotining mazmunini tashkil etgan “KapitaHni yozdi. K.Marksning iqtisodiy konsepsiyalari asosan uning ushbu mashhur asarida berilgan. Uning bu asari to‘rt jilddan iborat bo'Iib, birinchi jild 1867-yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi jildlar K.Marks oMimidan keyin F.Engels tomonidan (ikkinchi jild 1885-yil, uchinchi jild 1894-yil) chop etildi. To‘rtinchi jild tugallanmasdan qolib ketdi. Unda K.Marks siyosiy iqtisod tarixini ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan. Kapital ishlab chiqarish jarayoni «Kapital»ning birinchi jildining mazmunini tashkil etadi. Ijkkinchi jildda kapitalning muomala jarayoni tadqiq etiladi. Uchinchi jildda yaxlit olingan kapitalistik ishlab chiqarish jarayoniga tavsif beriladi. To‘rtinchi jild («Qo‘shimcha qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta’limotlar tarixiga bag‘ishlangan. K.Marks «Kapital»ga yozgan so‘zboshida: «Asarimning tub maqsadi hozirgi zamon jamiyati, ya’ni kapitalistik jamiyati harakatining iqtisodiy qonunini ochib berishdir», — deydi. Ushbu tarixiy jihatdan muayyan jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlarini va bu munosabatlaming paydo boMishini, taraqqiy qilishini va tanazzuiga yuz tutishini ko‘rsatib berish K.Marks iqtisodiy ta’limotining mazmunini tashkil etadi. Kapitalistik jamiyatda tovar ishlab chiqarish umumiy tus olgan, shu sababli K.Marksning tadqiqoti ham tovami tahlil qilishdan boshlanadi. Marksning qiymat nazariyasi Marks ta’limotiga binoan har bir tovaming qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat bilan о ‘Ichanadi. Bir turdagi tovami ishlab chiqarish uchun turli miqdorda mehnat sarflanadi. Buning natijasida tovarlar har xil individual qiymatga ega bo‘Iadi. Lekin qiymat o‘zida ijtimoiy mehnatni mujassamlashtirganligi sababli uning miqdori individual mehnat sarflari bilan emas, balki ijtimoiy zarur mehnat bilan o'lchanadi, ijtimoiy zarur ish vaqti bilan belgilanadi. «Iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan qiymat miqdori, deb yozadi K.Marks, - uni ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan ijtimoiy zarur mehnat miqdori Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling