Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Download 0.56 Mb.
|
Iqtisodiy talimotlar tarixi
Foyda va foyda me’yori. K.Marksning foyda nazariyasining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, daromadning bu turi tadbirkoriarning har qanday daromadi singari ishchi kuchini ekspluatatsiya qilish natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha qiymatning tashqi, ya’ni o‘zgargan shakli hisoblanadi. Bu yerda D.Rikardodan farqli o‘laroq, gap nafaqat foyda me’yori to‘g‘risida, balki uning qo‘shimcha qiymat me’yoridan farqi, o‘ziga xosligi to‘g‘risida boradi. «Avanslangan butun kapitalning mahsuli bo‘lib ko‘ringan qo‘shimcha qiymat foydaning o‘zgargan shakliga kiradi».
«Kapital»ning I jildi mazmuniga ko‘ra korxonalarda yoki iqtisodiyot tarmoqlarida o‘zgaruvchi kapital va mehnatning hissasi qancha ko‘p bo‘lsa, qo‘shimcha qiymat miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi, lekin kapitalning uzviy tuzilishi qancha yuqori boMsa, ya’ni korxonalaming mexanizatsiyalashuvi yoki tarmoqlarning mashina va asbob-uskunalar bilan qurollanish darajasi yuqori boisa, qo‘shimcha qiymat miqdori shuncha kam bo‘ladi. «Kapital»ning III jildida esa K.Marks «qo'shimcha qiymat me'yori» va «foyda me’yori» tushunchalarining farqini bilishni tavsiya etadi. Agar birinchisi uning tomonidan qo‘shimcha qiymatning o‘zgaruvchi kapitalga bo‘lgan nisbati sifatida ko‘rilsa, ikkinchisi esa (gap qo‘shimcha qiymatning «o‘zgargan shakli» to‘g‘risida borar ekan) qo‘shimcha qiymatning jami kapitalga, ya’ni o‘zgaruvchi va doimiy kapitalga bo‘lgan nisbati sifatida qaraladi. K.Marks ta’Iimotiga binoan foyda me’yori pasayishga moyiJ. Bunday moyillik, uningcha Rikardo-Mill ko‘rsatib berganidek, demografik omillar va tuproq unumdorligining pasayishi «qonuni» keitirib chiqaradigan hayotiy zaruriy mahsulotlar bahosining oshishi sababii emas, balki kapitalning uzviy tuzilishidagi umumiy kapitalda o‘zgaruvchi kapital hissasining pasayishi tufayli kelib chiqadi. Bundan tashqari «qo‘shimcha qiymat me’yori» va «foyda me’yori» tushunchalaridan foydalangan holda, K.Marks erkin raqobat sharoitidagi bozor iqtisodiyoti xo'jalik mexanizmi «sir-asrorlarini» yaxshi tushunganiigini namoyish etdi. Masalan, qo‘shimcha qiymat nazariyasi «mantig‘i» bo‘yicha ish kuni qancha uzun boMsa, qo‘shimcha qiymat massasi va ekspluatatsiya me’yori shuncha yuqori boMishi kerak. Lekin «qo‘shimcha ish vaqtini» uzaytirish yo‘li bilan qo'shimcha qiymatni ko'paytirish usuiini K.Marks yaxshi va to‘g‘ri usul deb hisobiamaydi. «Absolyut qo'shimcha qiymat» olib keluvchi bunday usul boshqa barcha sharoitlar bir xil bo'lganda ortiqcha xarajatlami keitirib chiqarishi, har bir ish soati unumini pasaytirishi mumkin, ishchilar noroziligining muqarrarligi to‘g‘risida gapirmasa ham bo‘ladi. Buning ustiga «Kapital» muallifi ish kunining faqat oxirgi soatida kapitalist uchun foyda yaratiladi, degan N.Senioming «oxirgi soat nazariyasini» qattiq tanqid qildi. Lining tasdiqlashicha zaruriy ish vaqtining qisqarishiga qaramasdan, mehnat unumdorligining oshishi «nisbiy qo‘shimcha qiymatni» olib kelgach, bir vaqtning o‘zida qo'shimcha qiymat me’yorining pasayish tendensiyasini kuchaytiradi. Shunday bo‘lsada, har bir kapitalist intuitiv tarzda foyda me’yorini ко‘paytirishga intiladi. «Foyda me’yori, deb yozadi K.Marks, - kapitalistik ishlab chiqarishni harakatlantiruvchi kuchdir; foyda olib ishlab chiqarish mumkin bo‘Igan narsagina ishlab chiqariladi». Takror ishlab chiqarish muammosini yechib berishda K.Marks iqtisodiyotni ikki boMinmaga boMadi. I boMinma ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, II boMinma iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish. Keyin u oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab chiqarish» o‘zgarmas bo‘lib, unda sof investitsiya nolga teng. Oddiy takror ishlab chiqarish bir xil hajmda, o'zgarmas boMib qolishi uchun qanday shartlar bo‘lishi kerak? K.Marks buning uchun quyidagi shartlarni ko‘rsatib beradi. Oddiy takror ishlab chiqarishda I boMinmaning barcha mahsuloti har ikkala boMinmadagi kapitalni qoplash uchun sarflanishi kerak: I (c+v+m) = Ic+lic. Shu bilan birga, II boMinma mahsuloti ish haqi fondi hamda mulkdan keladigan daromadga - sof milliy mahsulotga teng (ekvivalent) boMishi kerak: II (c+v+m)=I (v+m)+II (v+m). Bu ikkala tenglamadan natijada I (v+m) = lie kelib chiqadi, ya’ni I boMinmaning sof mahsuloti II boMinmada yil davomida iste’mol qilinggan kapitalni qoplash uchun zarur boMgan talab miqdoriga teng boMishi kerak. Agar I (v+m)>Iic bo‘lsa, unda doimiy kapitalni qoplashga boMgan investitsiya sarflari amortizatsiya ajratmalari miqdoridan oshib ketadi, ya’ni sof investitsiya ijobiy boMadi. Lekin amortizatsiya jamg‘armalari iste’mol qilingan kapitalni qoplashga ishlatilmasligi, albatta, ishlab chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi. Keltirilgan dalillar ancha puxta makroiqtisodiy o‘zaro bogMiqlik borligini tasdiqlaydi. K.Marks kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil qiladi. Uning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasini fan-tarixidagi iqtisodiy o‘sishning birinchi matematik modeli hisoblash mumkin. Lekin uning kamchiliklari yo‘q emas. Xususan, «kengaytirilgan takror ishlab chiqarish»ning bir tekisda rivojlanib borishining shartlarini aniq ko‘rsatib berilmagan. Bundan tashqari u sur’at o‘zgarmagan iqtisodiy o‘sishni tahlil qiladi, bunday vaziyatda esa o‘sish Q (mahsulot miqdori) da hech qanday o‘zgarish boMishini taqozo etmaydi. K.Marks ko‘rsatib bergan iqtisodiy o‘sishning zarur boMgan shartlari: I boMinmaning milliy daromadi ushbu bo‘linmadagi ishchi va tadbirkorlaming ehtiyojlarini qondirish uchun II bo’linmadan sotib olinadigan iste’mol buyumlaridan ko‘p bo'lishi kerak - milliy daromadning bir qismi ishlab chiqarishni kengaytirishga ketadi, ya’ni I(v+m)>Iis. Shunday qilib, I bo'linmaning mahsuloti yil boshidagi har ikkala bo‘linmaning ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan talabidan ko‘p bo'lishi kerak, ya’ni I(c+v+m)>Ic+Iic. Shunga muvofiq, jamiyatning barcha milliy daromadi iste’molga sarflanmaydi, ya’ni I(v+m)+II(v+m)>II(c+v+m). Takror ishlab chiqarishning bunday talqini ayrim masalalarga oydinlik kiritishda qo'llanishi mumkin. Lekin u shu qadar cheklanishlarga asoslanganki, bu undagi barcha dalillami kuchsizlantiradi. Yopiq iqtisodiyot: barcha mahsulotlar «me’yorli bahoda» sotiladi; har ikkala boMinmada kapital aylanish tezligi bir xil; faqat kapitalistlar jamg‘aradi; texnika taraqqiyoti yo‘q; real ish haqi doimiy; bir ishchiga boMgan real mahsulot doimiy va boshqalar. Bundan tashqari ikki bo'linmadan iborat bo’lgan model o'zgaruvchan real iqtisodiyotni tahlil qilishda ishonchli vosita hisoblanmaydi. Kapital buyumlarni ham iste’mol buyumlarini ham ishlab chiqaruvchi ko’pchilik tarmoqlar - masalan, toshko‘mir qazib olish, transport, ximiya - u yoki bu kategoriya tushunchasiga to‘Iiq kirmaydi. Buning ustiga bunday tarmoqlar ichida kapital va iste’mol buyumlarini kategoriyalarga bo'Iish vaqti-vaqti bilan talab strukturasidagi o'zgarishga qarab o'zgarib turadi. Natijada kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning markscha shartlari deyarli o‘z kuchini yo'qotadi. Shunday bo'Isada, tenglama K.Marks tizimida alohida o‘rin tutadi. U iqtisodiy o‘sish bir tekisda borishi mumkin emasligi, ishlab chiqarishning davriy bodishi to‘g‘risida fikr yuritishga imkon beradi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling