Renta nazariyasi. D.Rikardoning renta to‘g‘risidagi konsepsiyasi bugungi kunda ham o‘z faolligi bilan ajralib turadi. Yerdan foydalanganlik uchun hamisha renta to'lanadi, bunda uning manbayi, D.Rikardoning tasdiqlashichayerga sarflangan mehnat hisoblanadi.
Yer resurslari cheklanganligi sababli xo'jalik amaliyotida unumdorligi va joylashishi bo‘yicha har xil bo'lgan yer uchastkalaridan foydalaniJadi. Buning natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qiymati, D.Rikardo bo‘yicha eng yomon uchastkada ishlatiladigan mehnat sarflari bilan aniqlanadi.
Tayanch tushunchalar
“Tabiiy baho” (qiymat) - bu shunday bahoki, uning tarkibiy qismlari mehnat, kapital va yer uchun to‘lanadigan tabiiy me’yorlarga taxminan mos keladi.
Tadbirkorlar - ishlab chiqarish vositalarining ikkinchi bir turiga (imorat-inshootiar, asbob-uskunalar, fermalar, xomashyo zaxiralariga) egalik qiladi, ishchilami yollaydi va daromad ko‘rinishida foyda oladi.
Yollanma ishchilar - eng ko‘p kambag‘al sinf hisoblanadi, ular mulk egasi emas va ular mehnatini sotib, daromad ko‘rinishida ish haqi oladi
Muhokama uchun savollar
D. Rikardo va A.Smitning metodologiyasini taqqoslang va solishtiring.
A. Smitning matn orqali tahlili va D. Rikardoning matnsiz, abstrakt siyosiy tahlili farqini ochib bering.
D. Rikardoning yer rentasi nazariyasini tushintirib bering va mahsulot nuqtayi nazaridan renta va qiymat nuqtayi nazaridan renta to‘g‘risidagi tasavvurlaming o'zaro bog‘liqligini ko‘rsating.
D. Rikardoning qiymatni mehnat nazariyasidan xulosalar chiqaring.
D. Rikardoning taqsimot nazariyasi va daromadlaming vaqt mobaynida taqsimlanishi o'zgarishi to‘g‘risidagi qarashlarini tushintirib bering.
D. Rikardoning qiyosiy ustuniik nazariyasini ifodalab bering va erkin savdo orqali odamlar qanday qilib boyiganlarini tushintirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |