Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


KLASSIK MAKTABGA MUQOBIL TA’LIMOTLAR


Download 0.56 Mb.
bet39/68
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1571306
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   68
Bog'liq
Iqtisodiy talimotlar tarixi

KLASSIK MAKTABGA MUQOBIL TA’LIMOTLAR
KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL G‘OYALARNING MOHIYATI

  1. T.Maltusning iqtisodiy qarashlari

M

Toe» Rdbel Mjhu (1766-llWyyO
arksistik iqtisodiy fanda «marksist» boMmagan mualliflarni sharmanda qilish «an’anasi» mavjud edi. Ehtimol, eng ashaddiy va qattiq tanqidga uchragan g‘oya bu ingliz olimi Tomas Robert Maltus g‘oyalari bo‘lsa kerak. Uni nimalar deb atashmadi: kapitalizm himoyachisi (apologeti), odamlarning dushmani, fashizm ideologi. Eng qiziqarli joyi shundaki, T.Maltus nafaqat turli toifadagi sotsialistlarning, balki ulaming asosiy muxolifatlari bo‘Igan erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning mutlaq ustunliklariga ishongan liberal laming ham g‘azabini qo‘zg‘atgan. Nega T.Maltusni shunchalik yomon ko‘rishgan? Pessimizmi uchun, aholi farovonligini ancha oshirish mumkinligiga ishonmaganligi uchun. Axir sotsialistlar ham, liberallar ham «baxtli kelajakka» ishonishgan. Birinchisi, xo‘jalik jarayonlarini ongli ravishda ijtimoiy tartibga solish tufayli umumiy farovonlikka erishishga umid qilgan bo'lsalar, ikkinchisi, turmush darajasini oshirish bozor mexanizmining amal qilishi va xususiy manfaatdorlik kuchi bilan ta’minlanishiga ishongan. Unisiga ham, bunisiga ham pessimizm yot bo‘lgan.
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766—1834) dvoryan oilasida tug‘ilgan. Kembrij universitetini tamomlagach, qishloq ruhoniysi, 1807-yildan esa siyosiy iqtisod professori boMdi. Uning asosiy asarlari «Nufus qonuni to‘g‘risida tajriba» (1798), «Yer rentasining tabiati va o‘sishi to‘g‘risida tadqiqot» (1815), «Siyosiy iqtisodning prinsiplari» (1820) hisoblanadi.
«Nufus qommi». T.Maltus resurslarning eheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida aholi ehtiyojlarini qondirish muammosiga o‘ziga xos tarzda yondashdi. U o‘zining “Nufus qonuni to‘g‘risida tajriba” asarida aholi soni juda tez ko‘payib boradi, oziq- ovqat mahsulotlarining o‘sishi esa, ancha orqada qolib ketadi, deb ishontirishga uringan. T.Maltus aholining ko‘payishini cheklovchi muayyan chora-tadbirlar qoMlanilmasa, insoniyat ocharchilikka duch keladi, deb xulosa qiladi va bunday vaziyatdan chiqishning ikki yo‘lini taklif etadi: birinchisi — epidemiyalar, urushlar, kasalliklar natijasida aholining kamayishi, bunda tabiatning o‘zi kishilar bilan ulaming yashash vositalari o‘rtasida me’yorli nisbatning o'matilishiga qisman yordam beradi, ikkinchi yo‘l - nikohdan voz kechish yoki kech turmush qurish, tug‘ilishni kamaytirish.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling