Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Download 0.53 Mb.
bet1/13
Sana18.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1586090
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ОРГИНАЛDavlat byudjeti va taqchilligi(5)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
MUXANDISLIK TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI”
KAFEDRASI
IQTISODIYOT ASOSLARI” FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU: DAVLAT BYUDJETI VA BYUDJET TAQCHILLIGI MUAMMOSI


Ilmiy rahbari: dots. Tursunov A.M.
Bajardi: “Muhandislik texnologiyalari”
fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)
bo`yicha 1-kurs 146-22 guruh talabasi
Omonov Baxtiyor

TOSHKENT-2023 y.


MUNDARIJA


KIRISH 2
I-BOB. DAVLAT BUDJETI VA UNING IQTISODIYOTDAGI ROLI 4
1.1.Davlat byudjetining mohiyati va uning vazifalari 4
1.2.Byudjet daromadlari va xarajatlari 15
1.3.Byudjet siyosati 19
II-BOB. BYUDJET TAQCHILLIGI VA UNI MOLIYALASHTIRISH USULLARI 25
2.1. Byudjet taqchilligi tushunchasi va uning sabablari. Davlat qarzi 25
2.2. Byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbaalari 35
2.3. O`zbekiston iqtisodiyotining byudjet taqchilligi muammosi 37
XULOSA 41
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 43



KIRISH




Kurs ishi mazusining dolzarbligi va zarurati. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘si sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni – 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish maqsadi belgilangan.1
Ushbu maqsadlarga erishishda davlat byudjeti va byudjet taqchilligi muammosi bilan bog‘liq masalalar alohida ahamiyat ega. Chunki davlat byudjeti makroiqtisodiy siyosat nuqtai nazaridan muhim vazifani bajaradi.
Makroiqtisodiyotni tashkil etuvchi monetar va fiskal siyosat o‘zaro farqlanadi. Umuman olganda, makroiqtisodiy siyosatning yirik bo‘g‘ini sifatida fiskal siyosat aholining iste’moliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunda fiskal (byudjet-soliq) siyosat yalpi talabning shakllanishida muhim rol o‘ynab, YAIMning o‘zgarish tendensiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa byudjet siyosatining ahamiyatini ko‘rsatib beradi. Davlat byudjeti va byudjet siyosati milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida sezilarli ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Iqtisodiy o‘sish va aholi turmush farovonligini ta’minlashda hal etuvchi ahamiyatga ega ekanligi byudjet mablag‘larini natijaga yo‘naltirilgan holatda sarf etilishini taqozo etadi.
Byudjetda davlat turli xil xo'jalik yurituvchi sub'ektlardan moliyaviy mablag'larni qanday qabul qilishi to'g'risida aniq tasavvur hosil qiladi, davlatning markazlashtirilgan resurslari hajmi uning ehtiyojlari hajmiga mos keladimi-yo'qligini ko'rsatadi. Davlat byudjeti haqiqatan ham iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning o'sishiga, ilmiy-texnik taraqqiyot sur'atining tezlashishiga, ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy-texnik bazasini yangilashga va takomillashtirishga ta'sir qiladi.
Shunday qilib, biron bir davlat byudjetsiz mavjud bo'lmaydi. Shuning uchun ham davlat byudjetini o'rganish muhim va dolzarb mavzu hisoblanadi. Kurs ishining mazmuni jami bosilgan matn sahifalarida sarlavha sahifasi, kirish qismi, 3 qismdan iborat tarkib, xulosa, foydalanilgan manbalar ro'yxati mavjud. Tadqiqot maqsadi: davlat byudjeti tushunchasini, shuningdek, uni shakllantirish manbalarini va asosiy muammolarini ochib berish.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling