Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar
Download 101.57 Kb.
|
1-2 dars
Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar
Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi Katta Mark Portsiy Katon (m.av. 234—149) o‘zining «Dehqonchilik to‘g‘risida» asarida qishloq xo‘jaligini xalq xo‘jaligidagi asosiy tarmoq, deb hisoblaydi. Katon dehqonchilikni tashkil qilishning eng qulay usulini qoMlashga, qishloq xo‘jaligi Mark Terentsiy Varron fm.o. 116-27) mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta e’tibor berdi. U faqat ortiqcha mahsulotni sotish, xo‘jalikda ishlab chiqarish mumkin boMmagan narsalarni esa sotib olish zarurligi to‘g‘risida fikr yuritdi. Zaytun yog‘ini eng foydali mahsulot, deb hisoblagan. Katon savdogarlar va sudxo‘rlar faoliyatiga salbiy munosabatda bo‘lgan. Katon tovar qiymatidan ortiqchasini foyda deb bilgan va qiymatni to‘la ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga kiritgan. Masalan, uningcha, barcha «qiymat o‘zagini» material sarflari, usta va yordamchilarga toManadigan haq tashkil etadi. Atoqli Rim yozuvchisi va olim Mark Terensiy Varron (m.av. 1 lb- 27) xalq xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq hisobladi. U «Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» degan asarida o‘zining iqtisodiy qarashlarini bayon etdi. Chorvachilikka katta e’tibor berib, bozor sharoitida uni eng foydali tarmoq, deb bildi. Bunday xulosa qilishning asosiy sababi shundaki, o‘sha davrda Italiyada don arzon bo‘lgan, chunki u chet o‘lkalaridan ancha ko‘p miqdorda olib kelinar edi, chorvachilik daromadi esa yuqori bo‘lgan. Shu bilan birga Varron har bir xo‘ja!ikning o'zini o‘zi ta’minlashi tarafdori bo‘lgan, bozor uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga esa uncha e’tibor bermagan. ~ Rim yozuvchisi Yuniy Moderat Kolumella (m.av. 1 asr) «Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» degan kitobida inqiroz va kolonatning (yirik yer egalari bilan bevosita ishlab chiqaruvchilar — kolonlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari shakli) rivojlanishi davridagi Rim qishloq xo'jaligiga tavsif beradi. Uning fikricha qullar yemi yaxshi ishiatmaydilar, yerdan yuqori hosil olish uchun qayg'urmaydilar. Kolumella urug‘ni sepishdan boshlab to hosilni yig‘ib olishgacha bo‘lgan davrda qullar isrofgarchilik qilishini, yaxshi ishlamasligini, o'g'rilik qilishini va pirovard natijada donni qabul qilishda uning aka-uka Tiberiy (mo 162-133 у ) va Gay (m.o. 153-121 y.) Grakxlar miqdorini hisob daftarida noto‘g‘ri ko'rsatishini aytib berdi. U qullar mehnatidan ko‘ra erkin mayda ishlab chiqaruvchilar mehnatining afzalligini isbotlab berdi. Qullaming imkon boricha yemi ishlamaslikka intilishini ko‘rgan Kolumella, bunday yerlami erkin kolonlarga bo‘lib berish, mayda tovar ishlab chiqarishga o‘tish zarurligi to‘g‘risida fikr yuritadi. Bunday fikming yuritilishi, Kolumellaning ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalarini nisbatan to‘g‘ri tushunganligidan dalolat beradi. Qadimgi Rimning jiddiy iqtisodiy muammolaridan biri yerga bo'lgan mulkchilikning oqsuyak patritsiylar qo'lida to‘planishi va italiyalik ko‘pchilik dehqonlaming yerdan mahrum bo‘lishi hisoblanadi. Xonavayron bo‘lgan mayda dehqonlami aka-uka Tiberiy (m.av. 162-133-y.) va Gay (m.av. 153—121 -y.) Grakxlar himoya qilib chiqishdi. Patritsiylaming yer mulkini cheklash va agrar masalalami hal qilish maqsadida Tiberiy Grakx m.av. 133-yilda qonun qabul qilishni taklif qilib chiqdi. Bu qonunga muvofiq, rimlik fuqarolarga davlatning haydaladigan yeridan 500 yuger (125 gektar)gacha ijaraga olish ruxsat etilgan. Bundan tashqari bir oila 1000 yugerdan ziyod yerga egalik qilishi man etilgan. Barcha ortiqcha yerlar davlat ixtiyorida bo‘lgan va yerga muhtojlarga avlodlariga qoldirish va uncha ko‘p bo'lmagan soliq to‘Iash sharti bilan 30 yugerdan bo‘lib berilgan. Mark Tulliy Sitseron (m.av. 106-43-y.) Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va natijada o‘n minglab dehqonlar yer olishga muvaffaq boMdilar. Tiberiy Grakx ataylab oMdirilgandan keyin uning ishini ukasi Gay Grakx davom ettirdi. Dehqonlarga yer berish qaytadan boshlandi hamda shaharlik kambag‘allarga davlat xazinasidan past bahoda don sotish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Grakxlarning islohoti mayda dehqon yer egaligi mavqeyini kuchaytirish va aholi kambag‘allashuvining oldini olishga qaratilgan edi. Islohot ancha muvaffaqiyatli bo‘ldi va hatto Gay Grakx oMimidan keyin ham konservatorlar muhtojlami yer bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni bekor qila olmadilar. Mark Tulliy Sitseron (m.av,106-^13-y.) taniqli davlat arbobi va mashhur notiq. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bo‘lib, savdo-sotiq rivojlandi, sudxo‘rlik boylik manbayiga aylandi. Qadimgi Yunoniston iqtisodiy fikrlaridan farqli ravishda Sitseron yirik savdoni qoMlab-quvvatlab, mayda savdoga esa e’tibor qaratmadi. Sitseronning sudxo‘rlikka bo‘lgan munosabati ziddiyatli boMgan. Bir joyda sudxo‘rlikni ma’qullasa, ikkinchi bir joyda uni qoralaydi. Sitseronning savdo va sudxo‘rlikka bo‘lgan qarashlarida Qadimgi Rim iqtisodiyotidagi natural va tovar xo‘jaligi o‘rtasidagi ziddiyat o‘z aksini topgan. Sitseron xususiy mulkchilik, yirik yer egaligi va mustamlakalarda ekspluatatsiyani kuchaytirish tarafdori bo‘lgan. Dehqonchilikni ancha samarali ish turi va u bozomi tovar bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, deb hisoblagan. Tayanch tushunchalar “Avesto”- Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi. “Artxashastra”- , «artxa» so‘zi - foyda, moddiy manfaat, «shastra» - ilm, ilmiy asar ma’nosini bildiradi. «Mesopotamiya» - yunoncha so‘z bo'Iib, «ikki daryo oraligM» ma’nosini bildiradi. Xrematistika bu yirik savdo yo‘li bilan boylik orttirish mahoratidir. Download 101.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling