Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti


Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganishda davrlash tizimidan foydalanish


Download 101.57 Kb.
bet3/10
Sana07.11.2023
Hajmi101.57 Kb.
#1753761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-2 dars

Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganishda davrlash tizimidan foydalanish

Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g‘oyalar o‘z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo‘lib, ular bilan chambarchas bog‘langandir; bu g‘oyalami ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o‘zgarishda bo‘ladi, agar bu g'oyalar o‘z maqsadlariga to‘la javob berishni ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o'zgarib turishlari kerak». deb yozgan edi.
Kapitalistik bozor munosabatlari davrida xo'jalik va ijtimoiy hayotda baynalmilallik (intematsionalizm) kuchayganligi tufayli iqtisodiy fikming rivojlanishi ham yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asoschilari V. Petti, A. Smit va D. Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma’lum bo'ldi, vaholanki undan avvalgi ko‘pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‘pchilikka ma’lum boMmasdan «0‘lik mol» sifatida yotgan.
Bizning kamchiliklarimizdan biri bu munozarani yaxshi ko‘rishimizdir. Biz murosadan ko‘ra bahsni ko‘proq yaxshi ko‘ramiz. Yana bir kamchiligimiz bu “1000 gul ochiiishiga inikon berish” yondashuvimizdir, ya’ni biz kichkina urug‘dan qanday go‘zallik paydo bo‘lishini tasavvur ham qila olmaymiz. Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy g‘oya, qarash, konsepsiya, nazariya, ta’limotlar vujudga kelgan. Ularning barchasini to‘!a o‘rganish maqsadida yangi-yangi tadqiqotlar olib borish, tahlil etish zarur. Shuning uchun ham hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g‘oyalami ma’lum tizimga solish va shu asosida o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ammo o‘tgan davr hodisalari va g‘oyaIarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‘rma-zo‘raki moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamonaviylashtirishga , o‘rganilayotgan davming xususiyatlarini inkor etishga olib keladi.
Merkantilizm - jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, u savdoda, «asosan tashqi savdoda paydo boMadi va ko‘payadi», deb tushuntiradi. Merkantilizm — italyancha «mercante» so‘zidan olingan bo‘lib, «savdogar» ma’nosini anglatadi. Bu oqimning namoyondalari Uil Stafford, Tomas Men, Antuan Monkreten, Jon Lou, Gaspar Skaruffi
va boshqalar hisoblanadi.
Fiziokratlar - jamiyatning boyligi qishloq xo‘jaligida vujudga keladi, degan g‘oyani ilgari suradilar. Bu ta’limotning asoschisi Fransua Kene (1694-1774) hisoblanadi.
Klassik siyosiy iqtisod - boylik faqat qishloq xo'jaligida emas, balki sanoat, transport, qurilish va boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlab berdi.
U. Petti (1623-1686) boylikning manbayi yer va mehnat ekanligini e’tirof etgan. «Mehnat boylikning otasi, yer uning onasi», degan ibora unga tegishlidir.
A.Smit «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» asarida talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxlar
asosida bozor o“z-o‘zini tartibga solishi («ko‘rinmas qo‘l») g‘oyasini ilgari suradi. Insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat bu shaxsiy manfaatdir, deb ko‘rsatadi.
D.Rikardo foydaning yagona manbayi mehnat ekanligini ko‘rsatadi.
Sismondi (Jon Shari Leonard Simon de Sismondi) kapitaiistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo‘lida ijtimoiy mexanizmni takomiliashtirishga qaratiigan fan bo‘lmog‘i iozim, deb ko‘rsatadi.
Sotsial-utopistlar (A.Sen-Simon, Shari Fure, Robert Ouen) kapitalizmni tanqid qilib, xususiy mulkehilikni yo‘q qilish, ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molni qayta tashkil etish va adolatli tuzum (industrial jamiyat, garmonik jamiyat, kommunizm) o'matish talabi bilan chiqadilar.
Marksizm jamiyat taraqqiyotiga tabiiy tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ulaming vujudga kelishi, rivojlanishi va boshqasi bilan almashinishi sabablari to‘g‘risidagi ta’limotni hamda qo‘shimcha qiymat nazariyasini yaratadi.
Marjinalizni vakillari (marginal-me’yoriy, qo‘shilgan) — tovar nafliligi, qo‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi nazariyalarini ishlab chiqqan. Keyingi tovar nafliligining kamayib borish qonuni bu oqimning asosiy tamoyili hisoblanadi. Shunga ko‘ra narx xarajatga bog‘liq bo‘lmay, keyingi naflilik asosida belgilanadi. Marjinalizm asoschilari Karl Mengsr, Fridrix fon Vizer, Eigen fon Bem- Baverk, Uilyam Stenli Jevons hisoblanadi.
Neoklassik maktab (asoschisi Alfred Marshall)- bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g‘oyasini ilgari suradi. Bozor mexanizmining buzilishi monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ko‘rsatadi. Funksional bog‘lanish g‘oyasini asoslaydi, bozor bahosini belgilovchi omillar talab va taklifdan iborat, deb hisoblaydi. Bu maktab vakillaridan L.Valras umumiy iqtisodiy muvozanatlik modelini ishlab chiqishga, I.Shumpeter esa iqtisodiy tizimlar o‘zgarishning ichki kuchlarini ko‘rsatib berishga harakat qilgan
hamda iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik, degan xulosaga kelgan.
Keynschilik - rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solib turish zarurligini asoslashga qaratiladi. Jon Meynard Keyns «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) nomii kitobida bunday tartibga solish yalpi talabga hamda shu orqali inflyatsiya va bandlikka ta’sir ko‘rsatishini asoslaydi.
Neoliberalizm (F.Xayek, L.Erxard) - davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi.






  1. rasm. Iqtisodiyoning turli yo‘nalishlari va maktablari

Monetarizm - (M. Fridman) iqtisodiyotni boshqarishni pul muomalasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi. Institutsionalizm tarafdorlari (T.Veblen, J.Gelbreyt) fikriga ko‘ra xo'jalik yurituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta’sirida vujudga keladi. Shu sababli iqtisodiyotga muassasaviy o‘zgarishlar orqali ham ta’sir ko'rsatish mumkin.
Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965) «Qayerga borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu g‘oya nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, bosib o‘tilgan yo‘lni to‘g‘ri baholash va kelajak istiqbolini ko‘zlash haqida fikr yuritishga undaydi.
Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy va bosh g‘oya jamiyat, insoniyat, ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yoMlar nihoyatda xi!ma-xil ekanligini ko‘ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo‘lgan iqtisodiy g'oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning asosiy manbasi ekanligi turli yo‘llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy, deb hisoblangan.
Yana bir muhim masala ustida to‘xtab o‘tish kerakki, avval yuzaga kelgan iqtisodiy g‘oyalarga shu kun bilan baho beriladi va odatda ilgarigi g‘oyadagi «xato» va «kamchilik!ar»lar aniqlanib, yangi g‘oyaning undan afzalligi «isbotlanadi».
Bunda dialektik mantiq bor albatta, lekin yuqorida ta’kidlanganidek avvalgi g‘oyalar tufayli odatda yangi g‘oyalar yuzaga keladi, shuning uchun bu g‘oya «yaxshi», unisi «yomon» kabi baholash adolatdan bo'lmaydi. A. Smitning mashhur asarida o‘zidan avvalgi davrda yuzaga kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta’limotlari tahlil etilgan, Yevropaning iqtisodiy tarixi sinchiklab o‘rganilgan va yangi g‘oya vujudga kelgan.
Yana bir qiziqarli holat shuki, biz uchun iqtisodchi bo'lgan shaxslaming ko'pchiligi kasb-kori, mutaxassisligi bo‘yicha boshqa soha sohiblari yoki davlat arboblari bo'lganlar.
Masalan, klassik maktab asoschisi V.Petti vrach-shifokor, P. Buagilber huquqshunos-sudya, fiziokrat F.Kene jarroh, A.Smit faylasuf
13
boMishgan. Bunday misollami ko‘plab keltirish mumkin, ammo biz ulami asosan iqtisodchilar, deb bilamiz.


    1. Download 101.57 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling