Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti va o‘rganish uslublari
Download 101.57 Kb.
|
1-2 dars
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti va o‘rganish uslublari
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani iqtisodiy fanlar tizimida alohida o‘rin tutadi. U mustaqil fan sifatida iqtisodchi mutaxassislarni tayyorfashda, ulaming iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta” rol o'ynaydi. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani barcha ijtimoiy fanlar, ayniqsa “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Siyosatshunoslik” fanlari bilan bevosita uzviylikda o‘rganiladi. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani ayniqsa, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bilan chambarchas bog‘liq. “Iqtisodiyot nazariyasi”da asosan, eng muhim iqtisodiy kategoriyalaming so‘nggi davr uchun tahlili beriladi. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani esa kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida ilgari surilgan iqtisodiy qarash, g‘oya, nazariya va ta’limotlami, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hamda umumiy tomonlarini tarixiy nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o‘rganish orqali insonning ilmiy dunyoqarashi o‘zgaradi, uning intellektual rivojlanishini rag‘batlantiradi va eng qiziqarli mashg'ulotiga aylanadi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi asrlardan beri har bir davlatning iqtisodiy siyosatini asoslab kelgan, uning muvaffaqiyatli rivojlanishiga sabab bo'lgan. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining o‘rganish predmeti — iqtisodiy jarayonlarga bo‘lgan iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi, iqtisodiy g‘oya va nazariyalaming shakllanish, rivojlanish qonuniyatlari va ulaming almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi. Iqtisodiy ta’limotlaming vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro qilingan quldorlik davrdan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini hamda barcha tarixiy davrlami o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy ta’limotlar bilan jamiyat iqtisodiyoti bevosita bogMiq. Jamiyatning rivojlanishida uning ahamiyati beqiyosdir. Iqtisodiy ta’limotlar iqtisodiy jarayonlami to‘g‘ri aks ettirish, ularga faol ta’sir ko‘rsatish orqali ijtimoiy taraqqiyotning tezlashishiga ta’sir ko'rsatadi. Hammaga ma’lumki, ko’pchilik konsepsiyalar (masalan, yangi klassik yoki keynschilik) davlatlarning iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib kelindi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda o‘rganiladi. Shu bilan birga bir narsani qayd qilib o‘tish kerakki, iqtisodiy ta’limotlar tarixi zamonaviylikka yo‘naltirilgan. Bu ko‘rib chiqilayotgan muammolarning hozirgi kundagi dolzarbligi bilan ifodalanadi. 0‘tgan davr iqtisodiy ta’limotlari tahlili ehtiyojlami to‘Ia qondira olmaydi, qolaversa, bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlami o'rganish uchun amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to‘la hal etishda o‘tgan davr iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo o‘tgan donishmandlaming fikr-mulohazalari hozirda va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish va yangi g‘oyalami yaratish uchun imkon beradi. Zero, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o‘tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o‘rgangach, iqtisodchi mutaxassislar eng avvalo, jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyot rivojlanishining obyektiv qonunlari mohiyatini ochib berish, muqobil xo'jalik qarorlarini asoslab berish va keyinchalik ulami amalga oshirishda ijobiy yondashish uchun zarur bo'lgan o’zlarining tadqiqot mahoratlarini oshiradilar. Demak, iqtisodchi mutaxassislami tayyorlashda zarur bo’lgan fanlaming biri sifatida iqtisodiy ta’limotlar tarixini o’rganish bir tomondan, ularda umuminsoniy va kasb madaniyatini shakllantirish maqsadida zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan, turli davrlardagi nazariy maktab, oqim va iqtisodiy yo‘nalish vakillarining nazariy meroslarini 15 yaqin zamondagi tariximizga xos bo‘lgan noto‘g‘ri talqin qilishdan xoli bo‘lishda ijtimoiy va siyosiy bilimlar bilan birga yana tarixiy iqtisodiy bilimlami egallash uchun ham zarurdir. Iqtisodiy ta’Iimotlar tarixi quyidagi bir qator progressiv uslublarga asoslanadi: har qanday tadqiqotning asosiy uslubi sifatidagi dialektika, induksiya va deduksiya, analiz va sintez; o'tmishdagi iqtisodiy qarashlarni о ‘rganishda abstrakt va konkretlikni ajratish; nazariya va amaliyot о ‘rtasidagi о ‘zaro bog'liqlikning tahlili, iqtisodiy ta 'limotlardagi umumiylik, yagona va alohidalikni aniqlash. rasm. Iqtisodiy ta’Iimotlar tarixining bir qator progressiv iqtisodiy tahlil uslublari Absolyut va nisbiy yondashuvlar Absolyut yondashuvchilar iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishida iqtisodchilar kasbiy mahoratining o‘sishi kabi ichki omillar ahamiyatiga urg‘u berishgan. 1950 - yillardan oldin iqtisodiyot nazariyasining ko‘plab nufuzli tarixchilari nisbiy yondashuvni yoqlab chiqishdi. Iqtisodiy ta’Iimotlar tarixi faniga yangi iqtisodiy nazariyalar olib keluvchi tashqi va ichki omillaming bir-biriga o‘zaro ta’sirining dinamik(doimiy o‘zgaruvchi) jarayoni sifatida qarash zarur. Ayrim hollarda bu rivojlanishlar fan ichidagi qarama-qarshiliklar natijasi sifatida tushuntiriiishi mumkin, boshqa joylarda esa o‘sha davrning iqtisodiy va siyosiy muammolarini yaxshilab o‘rganib chiqish muhimroq, deb aytiladi. Ayrim hollarda yangi nazariyalami keltirib chiqaruvchi omiliar shu qadar chalkashib ketadiki, nazariyaning yuzaga kelishida qaysi nazariya (nisbiymi yoki absolyutmi) muhimroq ekanligini aytish qiyin. Iqtisodchilar har xilligini tushunishning bir yo‘li iqtisodiy ta’limotlar tarixining bir segmentini ko‘rib chiqishdir. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi bu o'zgarishlar tarixiydir va bir vaqtlar noortodoksai bo‘lgan fikrlar boshqa bir davrga kelib asosiy ortodoksal fikrga aylanadi. Misol uchun, noortodoksai boMgan Maltus, Tugan-Baranovski va Marksning fikrlari Keyns nazariyasida qisman aks ettirilgan. Bu o‘zgarishlar sodir boMishiga sabab ba’zi iqtisodehilar noortodoksai fikrlami qabul qilishni xohlaydilar, keyin esa uning to‘g‘riligiga boshqalarni ham ishontiradilar. Shunday tarzda ularning fikrlari asosiy ortodoksal yo‘nalishga qo‘shilib ketadi. Noortodoksai maktablar fanning evolyutsiyasi tarixida muhim rol o‘ynaydi. Ular asosiy oqimni tanqid qilishda nuqson, nomuvofiqliklarini ko‘rsatib, ularning sof va benuqson bo‘lishiga yordam beradi. Noortodoksai tushuncha va asosiy ortodoksal maktab rivojining o'zaro ta’siri Alfred Marshallning iqtisodiy rivojlanishi misolida ko‘rish mumkin. U tarixiy maktab iqtisodchilari va abstrakt g‘oyachilar qarashlariga qarshi ehiqib neoklassik iqtisodiy yo‘nalishga asos soldi. Lekin Marshall nazariyasi XIX asr oxirida yashagan Amerika iqtisodchilari uchun o‘ta rasmiy va abstrakt nazariya edi. Amerika Iqtisodiyot Assotsiatsiyasi 1885-yilda tashkil topganda u asosan nemis tarixiy maktabi tarafdorlari tomonidan nazorat qilinar edi. Tarixiy- institutsional metodologik yo‘nalish tarafdorlari va iqtisodiyotning kelajagi abstrakt matematik tahlil modellarida, deb takidlovchilar o'rtasida ochiqcha qarama-qarshilik mavjud edi. Ularning qarama- qarshiligi hozirgi kun iqtisodiyotining shakllanishida muhim rol o'ynagan. Amerika universitetlarida tarixiy-institutsional yo‘nalishning ahamiyati yigirmanchi asr birinchi yarmi davomida pasayib bordi, neoklassik iqtisod esa (avval Marshal nazariyasi keyinchalik Valras nazariyasi) aksincha, Amerikada asosiy oqimga aylandi/ Download 101.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling