Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish


Download 26 Kb.
bet6/7
Sana04.04.2023
Hajmi26 Kb.
#1324550
1   2   3   4   5   6   7
X = T + Yek · K,
bu yerda:
T – muayyan hudud sharoitida tayyorlanadigan mahsulotning to’la tannarxi;
Yek – kapital qo’yilmaning normativ qiyosiy samaradorlik koeffitsiyenti; K - ishlab chiqarish quvvatini yaratish uchun lozim bo’lgan kapital qo’yilma miqdori.
Sanoat obyektlarini joylashtirishning qiyosiy samaradorligini aniqlash kapital qo’yilma va mahsulot tannarxini hisoblashni va boshqa sharoitlarni ham batafsil aniqlash hamda har tomonlama taqqoslashni va barcha imkoniyatlarni nazarda tutishni taqozo etadi.

Qisqacha xulosalar


  1. Sanoatni oqilona joylashtirish – ishlab chiqarishni izchil rivojlantirish va mamlakat mudofasini mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir.

O’zbekistonda erishilgan mustaqillik va uni mustahkamlash mamlakat sanoatini hududlar bo’yicha geografik joylashtirishga tubdan o’zgartirishlar kiritdi. Sanoatni joylashtirish O’zbekiston davlatining iqtisodiy strategiyasi va taktikasi, iqtisodiyotning qonuniyatlari bilan bog’liq bo’lgan tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda. Sanoatni xomashyo manbalariga va mahsulotni iste’mol qiluvchi hududlarga yaqinlashtirish mamlakat tabiiy resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanish, xomashyo va tayyor mahsulotni tashishda juda katta tejamkorlikka erishish, mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish sarflarini kamaytirishga imkoniyat tug’dirmoqda.

  1. Sanoatning alohida tarmoqlarini joylashtirishning xarakterini aniqlashda tarmoq xususiyatlari jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulot xizmati (ishi, vazifasi), iste’mol qilinadigan xomashyo materiallari va ularni qayta ishlash texnologiyasining xususiyatlari, korxonaning tipi, ushbu tarmoqning iqtisodiy rayon ixtisoslashuvi va shaharlar tashkil topishiga ta’sir darajasi hisobga olinadi.

  2. Sanoatni joylashtirish jarayonida, hudud va obyektning qurilish joyini tanlashni asoslashda korxona qurilishining va ushbu obyektni kelajakda ishlatishning ham maksimal tejamkorligini nazarda tutish kerak bo’ladi. Ayniqsa, yangidan yaratilayotgan korxona uchun maydon tanlash iqtisodiy jihatdan puxta asoslanishi kerak bo’ladi.



Download 26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling