«Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish» kafedrasi «Mikroiqtisodiyot» fanidan kurs ishi mavzu: Ishlab chiqarish harajati modeli
Download 0.56 Mb.
|
«Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish» kafedrasi «Mikroiqtiso
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimlar
"General Motors Uzbekistan AJ
Tasischilari: "Ozavtosanoat aktsiyadorlik kompaniyasi 75%, "General Motors 25%. 2008-yil martda tashkil etilgan. Zavod umumiy maydoni: 72 ga. Ishlab chiqarish maydoni 192 ming.kv.m. Andijon viloyati, Asaka shahri (Fargona vodiysi)da joylashgan. Mahsuloti: Bugungi kunda "GM Ozbekiston 9 modeldagi avtomobillarni ishlab chiqaradi: «Damas», «Matiz», «Spark», «Nexia», «Cobalt», «Lacetti», «Captiva», «Malibu» «Orlando». Xodimlar: "GM Ozbekiston AJning xodimlari 10 000ga yaqin kishilardan tashkil topgan. CHEVROLET HAQIDA "Chevrolet (Chevrolet Motor Division) "General Motors konsernining yengil avtomobillar, pikaplar va jeep (SUV) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yetakchi bolimidir. Uning bosh ofisi Detroitning sharqiy Uorren shaharchasida (Michigan shtati) joylashgan. Avtomobilsozlik endi kurtak yoza boshlaganda avtomobillarning yangi modellari oz yaratuvchilarining ismi bilan nomlanishi urf bolgan edi. "Chevrolet belgisi ham shunday paydo bogan edi. Shveytsariyalik Lui Jozef Shevrole (1878-1941) mashhur poygachi va mexanik bolgan. Biroq u hech qachon oz nomi bilan ataluvchi firmaning egasi bolmagan. Lui Shevrole Shveytsariyadagi Sho-de-Fond shaharchasidagi kambagal soatsozning yetti farzandidan biri edi. Lui 10 yoshga tolganda uning oilasi yaxshiroq turmush tarzini izlab Fransiyaga kochib ketadi. U yerda zukko bola orta maktabni tugatadi va maktabdan song "Mors avtomobil firmasiga ishga kiradi. Bu yerda u butun vaqtini avtomobillar bilan otkazdi va firmaning poygachisiga aylandi. Osha paytlarning hech bir poygasi "Morssiz, xususan, Lui Shevrolesiz otmas edi. Avtomobilsozlik va sportda yaxshi malakaga ega bolgandan song u akalari Gaston va Artur bilan Kanadaga, 1900-yilda esa Amerika Qoshma Shtatlariga ketadi. Bu yerda u Fransiya "De Dion Buton avtozavodining Amerikadagi vakili sifatida ish boshlaydi. Ammo avtomobil biznesidan kora poygalar uning koproq vaqtini olar edi. Lui 5 yil davomida ketma-ket mahalliy musobaqalarda qatnashib keldi. 1905-yilda esa u Amerikalik millioner Vanderbildning kubogida qatnashish sharafiga muvaffaq boldi. Ammo unga omad kulib boqmadi yettinchi aylanishda (doirada) uning "Fiati avariyaga uchradi.Shunday bolsada, mard va qatiy poygachi Amerikaning nomdor avto ishlab chiqaruvchilari nazariga tushdi. Ularning orasida osha vaqtda bir nechta avtomobil kompaniyalarini "General Motors belgisi ostida jamlagan Uilyam Dyurant ham bor edi. 1909-yili Dyurant Lui Shevrole va uning akasi Arturni "Byuikning vakil poygachilari sifatida ishga taklif qiladi. Biroq ish orni bir dona edi, xolos. Shuning uchun oga-inilar orasida musobaqa uyushtirildi. Avtomobil poygalarida Lui galaba qozondi, shundan keyin uning omad yulduzi aql bovar qilmas tezlikda kotarila boshladi. 1909-yili birvarakayiga uch galabani qolga kiritib, Vanderbild kubogida sharafli 11-orinni egallaydi. Birinchi jahon urushigacha u Amerikaning eng yaxshi avtopoygachilar guruhiga kirar edi. Tadbirkor U.Dyurant esa mashhur sportchining ismidan foydalanib oz biznesini qurishga kirishdi. 1911-yilda u Luiga vaqtincha poygalarni toxtatib oz avtomobilini ishlab chiqarishga kirishishni taklif etadi va Lui bunga rozi bo`ladi. Yangi avtomobilning loyihasini "General Motors mutaxassislari ishlab chiqishdi, U.Dyurant loyihaga katta sarmoya kiritdi, Shevrole esa mashinaga ozining Amerikaliklar orasida mashhur bolgan ismini berdi. Aynan shu ism kelajakdagi muvaffaqqiyatga sabab boldi. 1911-yili Detroitda "Chevrolet Motor Cars kompaniyasining tugilishi "General Motorsning eng yorug kunlariga togri kelmadi. Uning boshqaruvchisi U.Dyurant uzoqni kozlamasdan bir nechta zarar korayotgan firmalarni sotib olgani sabab kompaniya bankrot yoqasiga kelib qoldi. Bundan tashqari, u qimmatli qogozlar birjasida ham mablag yoqota boshladi va shu sabab bankirlarga murojaat qilishga majbur boldi. Bankirlar "General Motorsga 15 milliard AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritishga rozi bolishdi, biroq sarmoya amalga oshirilganidan song U. Dyurant boshqaruvni topshirishi kerak edi. Biroq u boshqaruvni qayta qolga olish umidini tark etmagan edi. Ushbu maqsadiga erishish uchun unga osha paytning mashhur poygachisi Lui Shevrole qol keldi. Yangi firma ochgan va bozorni "Chevrolet markali arzon va mashhur avtomobillar bilan toldirib tashlagan U. Dyurant katta mablag jamgardi va "General Motorsday ulkan avtomobil kompaniyasini mitti "Chevrolet bilan birlashtirishga qaror qildi. Vaholangki, u buni uddaladi! U. Dyurant "General Motorsning nazorat paketini sotib olishga muvaffaq boldi va boshqaruv kengashi raisi boldi. "Chevrolet firmasi konsernning tarkibiga kirdi va uning avtomobillari avtogigantning asosiy mahsulotiga aylandi. Kimdir "Chevrolet markali avtomobilni deyarli bir ozi qilgan desa, kimdir u yangi avtomobilning umumiy konsepsiyasinigina yaratganini aytadi. Bu qanchalik rost yoki yolgon bolsa ham, 1911-yilning 3-oktyabrida ilk "Chevrolet Classic-Six dunyoga keldi. Bu Amerikaliklar uchun an`anaviy 4 orinli, 30 ot kuchiga ega bo’lgan, 6 ta tsilindrli dvigatel bilan jihozlangan avtomobil edi. Biroq uning narxi 2500 dollar bo’lib, uni hamma ham sotib ololmasdi. Shuning uchun u muvaffaqqiyatga erisholmadi. O’sha paytda mashhurlik qozongan "Ford-Т” 5 barobar arzon turar edi. U. Dyurant muvaffaqqiyat kaliti avtomobilning koshonasifatligida emas, balki uning oddiyligi va arzonligida ekanligini angladi. U qimmat modellarni chiqarishdan toxtab, 4 tsilindrli usti ochiq "Baby va sport turidagi "Royal Mail kabi arzon avtomobillarni ishlab chiqarishga kirishdi. 1916-yili ularning asosida firmaga ulkan mashhurlik olib kelgan "Chevrolet-490 yaratildi. Ushbu arzon, biroq mustahkam avtomobillar "Ford kabi ommalashib ketdi. Ular hajmi 2,8 litrga teng, 4 silindrli dvigatellar bilan jihozlangan edi. Mashinalar shunchalik muvaffaqqiyat qozondiki, ular 1922-yilgacha ishlab chiqarildi va 1927-yilda "Surerior deb nomlangan va mashhurlikda ozidan qolishmaydigan yangi turga yol berdi. "Chevrolet-490da eng sodda, 3 bosqichli uzatish qutisi bilan jihozlangan, har ikki qattiq oqlar ressorga osilgan edi. "Ford kabi bu avtomobil imkoni boricha soddalashtirilgan edi, biroq bu ulovlar osha paytda qimmat, avtomobillarda kam uchraydigan elektr faralar va starter bilan jihozlangan edi. Butun jahon boyicha ommalashgan eng arzon va sodda avtomobillarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvni "Chevrolet firmasi aynan, 490-modelidan boshladi. Davlat statistika qomitasi 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar haqida malumotlariga qaraganda Unga kora, 2020 yil yanvar-dekabr oylari davomida avtomobil sanoatida eng kop ishlab chiqarilgan mashina «Kobalt» (79 ming 908 dona), keyingi orinlarda «Neksiya T-250» ( 66 ming 402 dona), «Damas» (51 ming 692 dona), «Lasetti-Jentra» (50 ming 52 dona) va «Spark» (23 ming 3 dona) qayd etilgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling