«Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish» kafedrasi «Mikroiqtisodiyot» fanidan kurs ishi mavzu: Ishlab chiqarish harajati modeli
Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
Download 0.56 Mb.
|
«Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish» kafedrasi «Mikroiqtiso
2.Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilgi va elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat korsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi. Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab chiqarishni ostirish yoki tashkil etishning ilgor usullarini joriy qilish orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni kopaytirish kerak boladi. Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal osgandagina tannarx pasayadi. Mehnat unumdorligining osish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi. Material, yoqilgi va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bogliq bolgan sarflarni qisqartirish kerak boladi. Xizmat korsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi mamuriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablaglarni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi. Unumsiz xarajatlarni (jarima tolash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishning taminlovchi omillari bolib hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga tasir korsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizasiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi. Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo undagi rezervlarni, yani foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular kozga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, koz ilgamaydigan bolishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin boladi. Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng avvalo toplanish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi. Tashqi rezervlarga tarmoqlar boyicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-ekologik rezervlar kiradi. Rezervlar safarbar etilishi muddati boyicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi. Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari boyicha ham guruhlarga bolish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi. Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bolib korish mumkin: - tashkiliy-texnikaviy rezervlar; - ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar. Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, yani foydalanilmayotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish kerak. U ishning metodikasi, usulini Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish fanidan oqiladigan maruzalarda, amaliy mashgulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi. Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablaglardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bolimlarni oz ichiga oladi: 1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi; 2. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya etish; 3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi; 4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi. Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona bolimlariga etkaziladi. Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning ozida hisob qilinadigan korsatkich hisoblanadi. SHunga qaramay, mahsulot tannarxi sanoat korsatkichlaridan biri bolib qolaveradi. CHunki sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bolsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar bir xil bolgan holda (masalan, xuddi osha mahsulotning narxi barqaror bolganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik kop boladi. Narx bozor kategoriyasi bolib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi korinishidir. Narx nimaga tegishli bolishidan qatiy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi: bozor muvozanatini taminlash funksiyasi hisob-kitob, ulchov funksiyasi iqtisodiy regulyator funksiyasi raqobat vositasi funksiyasi ijtimoiy himoya funksiyasi Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud: demping narx nufuzli narx milliy narx arzonlashtirilgan narx jahon narxi yashirin narx erkin narx standart narx kontrakt (ulgurji) narx chakana narx ozgaruvchan narx limit narx muvozanat narx Narxlar faqat istemoldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi ozgarishlardan ham darak beradi. Narxlarning boshqa muhim vazifasi ishlab chiqaruvchilar va istemolchilarni ragbatlantirishdir. Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini kopaytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham ragbatlantiradi. Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bogliq. Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xojalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular oz shaxsiy yoki ishlab chiqarish istemollarini koplab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bogliq boladi. Narxlarning tortinchi vazifasi alohida korxonalarga va xojalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling