Dt Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari - 14986 co’m
Kt Uskunaning eskirishi -14986 co’m
Tuzatilgan sinov balansi uchun “Uskunaning eskirishi” nomli hisobva-raqning qoldig’i quyidagicha aniqlanadi:
schyotning tuzatilmagan sinov balansidagi kredit qoldig’i + kredit tuzatish yozuviso’mmasi - debet tuzatish yozuvi summasi q schyotning yakuniy qoldig’i.
Bizning misolimizda: 345000 + 14986 = 359986 co’m.
Ishchi jadvalni to’ldirish tartibini yanada to’liqroq o’rganish maqsadida yana bitta tuzatish yozuvini ko’rib chiqamiz. Ishchi jadvaldan ko’rinib turibdiki, biz ko’rib chiqayotgan korxona bankdan kredit mablag’i olgan ekan. Buxgalter ana shu kredit bo’yicha to’lanadigan foizlarni hisoblamagan deb faraz qilaylik. Foizlarni hisoblash uchun, kredit olingan sana va foiz stavkasi ma’lum bo’lishi kerak. Kreditni 2003 yil 1 dekabrda olgan, yillik foiz stavkasi esa - 10%, deb olaylik. Ushbu holat bo’yicha tuzatuvchi yozuvni berish uchun foiz summasini hisoblab topamiz:
20000000 co’m x 10% : 365 kun x 31 kun = 169863 co’m
Tuzatish yozuvi quyidagicha:
Dt Foiz ko’rinishidagi xarajatlar - 169863 co’m
Kt To’lanadigan foizlar - 169863 co’m
Yuqorida keltirilgan uchta tuzatish yozuvini quyida keltirilgan ishchi jadvalning “Tuzatuvchi yozuvlar” stunining tegishli satrlariga yozib ko’rsatamiz.
Tuzatuvchi yozuvlarni ishchi jadvalga kiritib, ularning nazorat summalari, ya’ni jami debet va kredit summalarini aniqlab olgandan so’ng “Tuzatilgan sinov balansi” nomli stunni to’ldirishga o’tiladi. Bizning misolimizda tuzatilgan sinov balansi jami summasi debet va kredit bo’yicha 37908849 co’mga teng.
Moliyaviy hisobotlar uchun ma’lumotlarni umumlashtirish
Ishchi jadvalning keyingi ustunlarini to’ldirish bevosita moliyaviy hisobotlar shakllarini to’ldirish uchun ma’lumotlar tayyorlashga yordam beradi.
Ishchi jadvalning «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot» nomli ustunini to’ldirish uchun tuzatilgan sinov balansidan daromadlar va harajatlar summalari (9010-9900 schyotlarning qoldiqlari) ushbu ustunning debet va kredit bo’limlariga o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |