Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotga


Download 0.74 Mb.
bet127/195
Sana08.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1757973
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotga tegishli ustunda yopiladigan buxgalteriya yozuvlari keltiriladi. Ustunning debet va kredit summalari solish-tirilib, foyda yoki zarar summasi, ya’ni soliq to’languncha foyda (zarar) summasi aniqlanadi. Bizning misolda barcha daromadlar 930000 co’mni, xarajatlar 822849 co’mni tashkil qilib, soliq to’languncha foyda esa 107151 co’mni tashkil qildi. Ana shu chiqqan natijaga asoslanib soliq hisob-kitobi qilinib, to’lanadigan soliq va soliq bo’yicha xarajatlar aniqlanadi. Faraz qilaylik, ushbu korxona uchun foyda solig’i stavkasi 7,5 %. Demak, soliq summasi: 107151 x 7,5 % = 8036 co’m.
Amalga oshirgan hisob-kitoblarimizni ishchi jadvalga kiritish uchun “Tuzatish yozuvlari” nomli stunga qaytib, soliqqa oid schyotlar ko’rsatilgan oxirgi satrlarga ushbu yozuvni kiritamiz:
Dt Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar - 8036 co’m
Kt Hisoblangan foyda solig’i - 8036 co’m
Bu bizning ishchi jadvalda aks ettirayotgan beshinchi yozuvimizdir (ishchi jadvalga qarang). Ushbu yozuvdan so’ng ishchi jadvalning “Tuzatuvchi yozuvlar” nomli ustunini to’ldirishni yakunlash maqsadida ushbu ustunning debet va kredit tomonlarining umumiy summalari aniqlanadi.
Navbatdagi hisob-kitoblar ishchi jadvalning “Tuzatilgan sinov balansi” nomli stunini to’ldirib, nihoyasiga etkazishdan iboratdir. Buning uchun ushbu ustunga “Soliq xarajatlari” va “To’lanadigan soliq“ nomli satrlar summasi olib o’tiladi.
Hisoblangan soliq summasini soliq to’langunga qadar foyda summasidan ayirib yuborsak, sof foyda summasi kelib chiqadi: 107151- 8036 = 99115 co’m. Bu ma’lumotlar moliyaviy natijalarni tavsiflab, ular ishchi jadvalning “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” stuniga yozilishi kerak. Buning uchun dastavval “Tuzatilgan sinov balansi” stunidan faqat moliyaviy natijalarni aniqlashga oid ma’lumotlarni “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” ustuniga olib o’tishimiz kerak. Ko’rib chiqilayotgan misolda vaqtinchalik schyotlar jumlasiga kiruvchi “Foyda (daromad) solig’i xarajatlari” schyoti (Tuzatilgan sinov balansidagi) debet summa “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” ustunining debetiga olib o’tiladi. SHundan so’ng “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” stunining debet tomonidagi barcha xarajatlar summalari yig’indisi (soliq xara-jatlarini qo’shgan holda) aniqlanadi (1) va kredit tomonning umumiy summasidan ayirib (2) yuboriladi:
1) 822849 + 19287 = 842136 co’m;
2) 930000 - 842136 = 87864 co’m.
Ko’rib turganingizdek, ishchi jadvalning “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” nomli ustuni yordamida aniqlangan foyda summasi “Soliq to’langunga qadar foyda”summasidan “Soliq xarajatlari” ni ayirib yuborgandagi summaga teng chiqmoqda:
107151- 8036 = 99115 co’m.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling