Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
Download 0.74 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar Summa, so’m
- Jami Ma’muriyat xarajatlari 9-qadam «Foyda byudjeti»
- Ko’rsatkichlar Summa, so’m Sotish hajmi
Ma’muriyat xarajatlari
9-qadam «Foyda byudjeti»
SHunday qilib, korxona byudjetining to’-ri tuzilishi katta ahamiyatga ega bo’lib, u ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonini amalga oshirishda moliyaviy mabla-lardan maqsadli foydalanish hamda ko’zlangan maqsadga erishish uchun o’ziga xos “yo’l xaritasi” vaziqasini bajaradi. 3.Bahoni shakllantirish buyicha qaror qabul qilish. Ishlab chiqarilgan mahsulot bahosi uni ishlab chiqarish uchun sarflangan baholarni inobatga olgan holda belgilanadi, biroq mahsulot yoki xizmatning bahosi talab va taklifga bog’liq. Talab va taklifga uchta asosiy omil ta’sir etadi: Haridor; Raqobatchi; Xarajatlar. Baho siyosatini aniqlashda ushbu omillar aniq bir vaziyatga bog’liq. Masalan, xarajat, mahsulot hajmi va foydaning o’zaro bog’liqligini o’rganib, ya’ni CVP – tahlili o’tkazib, shunday minimal bahoni o’rnatish mumkinki, u qisqa muddat ichida foydani ta’minlashi mumkin. qaror qabul qilish uchun menedjer albatta hisoblarni ko’rib chiqishi kerak. SHuningdek korxonaning bozor strategiyasi, chegirma sohasidagi siyosat va shu kabi omillarning ham bahoga ta’sirini hisobga olish lozim. U yoki bu mahsulot turiga baho belgilash bo’yicha qarorlar qabul qilishga ta’sir etuvchi omillarni ikki guruhga – tashqi va ichki omillarga ajratish mumkin. Asosiy tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulotga umumiy talab; bozordagi raqobatchi mahsulotlar soni; rafobatchi mahsulotlar sifati; raqobatchi korxonalarning aynan shu turdagi mahsulotlarining joriy baholari; iste’molchilarning mahsulotning yuqori sifati yoki past bahosini afzal ko’rishi; iste’molchi talabining mavsumiyligi. SHunday qilib, baho bo’yicha yakuniy qarorga kelish uchun bozor holatini, shuningdek, iste’molchi talabini, va u yoki bu turdagi tovar sifatiga nisbatan iste’molchi talabini yaxshi bilish kerak. Bahoni shakllantirishda ichki omillarni ham hisobga olishlik lozim. Bahoni belgilashda qilingan xarajatlarni ularni qoplash imkoniyatlari bilan taqqoslanadi. Boshqa ichki omillarga quyidagilar kiradi: uzoq muddatli kapital qo’yilmalarni qoplash; material va mehnat sifati; ishlab chiqarishning mehnat talabchanligi (mehnat sig’imi); cheklangan resurslardan foydalanish. Bozor holati haqidagi ichki axborotlar manbalari ta’minot, marketing bo’limlari hisobotlarini, iste’molchilar talabini o’rganish bo’yicha tahlil natijalarini o’z ichiga oladi. Tashqi manbalarga - bozorni tadqiq qilish haqidagi analitik agentliklar, gazeta va boshqa davriy nashrlar kiradi. Bahoni shakllantirishning eng ko’p ishlatiladigan usuli bu xarajatlar-plyus usulida bahoni shaklllantirishdir. Bunda sotish bahosi mahsulot tannarxiga, uning qanday usul bilan hisoblanishidan qat’iy nazar, foiz yoki qiymat ko’rinishida ustama qo’shiladi. Agar bozor qat’iy shartlar qo’ymayotgan bo’lsa, rahbar bahoni shakllantirishda quyidagi miqdorlarga asoslanishi mumkin: O’zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari + daromad; Umumiy o’zgaruvchan xarajatlar + daromad; Ishlab chiqarish tannarxi + daromad; To’la tannarx + daromad. Korxonalar odatda tannarxni xarajatlarni qoplash usuli bilan kalьkulyatsiya qiladilar. O’zgaruvchan xarajatlar asosida tannarxni kalьkulyatsiyalashni esa quyidagi hollarda qo’llagan ma’qul: Raqobatchilar bilan taqqoslash; Assortiment va strukturaviy o’zgarishlar haqida qarorlar qabul qilish; Yangi mahsulotga baholarni o’rnatish; qo’shimcha buyurtmalar haqida qarorlar qabul qilish. Xarajatlar – plyus yondashishi xarajatlarni tegishli bahoni shakllantirishda ustama qo’shish uchun baza sifatida qabul qilinadi. Misol. Korxona bir xil mahsulot ishlab chiqaradi. Quyida xarajatlar haqida ma’lumotlar berilgan: Mahsulot birligiga, sh.b. Asosiy materiallar 6 Asosiy mehnat 4 O’zgaruvchan ishlab chiqarish ustama xarajatlari 3 O’zgaruvchan ma’muriy va sotish xarajatlari 2 Ishlab chiqarish 10000 sh.b. Doimiy ishlab chiqarish ustama xarajatlari 70000 sh.b. Doimiy ma’muriy va sotish xarajatlari 30000 sh.b. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling