Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish


Moliyaviy va boshqaruv hisobining taqqoslama tavsifi


Download 0.74 Mb.
bet133/195
Sana08.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1757973
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Moliyaviy va boshqaruv hisobining taqqoslama tavsifi



Farqlovchi belgilar

Moliyaviy hisob

Boshqaruv hisobi



1. qo’yilgan huquqiy talablarga ko’ra

qonunchilik asosida tartibga solinadi va yuritiladi

Yuritilish tartibi maxsus qonunchilik bilan tartibga solinmagan

2. Axborotning aniqlik
darajasiga ko’ra

Aniqlik qat’iy tarzda talab qilinadi

Ayrim ma’lumotlar aniq
bo’lmasligi mumkin

3.O’rganish ob’ektiga
ko’ra

Korxonaning barcha faoliyat yo’nalishlarini qamrab oladi

Korxonaning ayrim fao-
liyat yo’nalishlari yoki
bo’limlariga tegishli

4.qo’llaniladigan hisob
tamoyillariga ko’ra

Xalqaro yoki milliy buxgalteriya standartlari
asosida yuritiladi

qo’llaniladigan tamoyillar korxona menejmenti
tamonidan belgilanadi

5.Axborotning vaqt qam-
roviga ko’ra



Asosan o’tgan davrda yuz bergan muomala va hara-katlarni aks ettiradi

O’tgan davr ma’lumotlaridan tashqari istiqbol tav-
sifidagi axborotlar ham
hisobga olinadi



6.Axborotlarni taqdim etish davriyligiga ko’ra

Yilda yoki chorakda bir
marta

Ehtiyoj tugilishi bilan
so’rab olinadi yoki tavsiya
etiladi



7.Axborotning foydalanuvchilariga ko’ra

Asosan, investorlar, aktsionerlar, mulk egalari kabi tashqi foydalanuvchilar

Asosan korxonaning turli darajadagi menejerlari,
xodimlari

8.qo’llaniladigan hisob tizimiga ko’ra

Albatta ikkiyoqlama yozuvni taqazo etadi

Ikkiyoqlama yozuv bo’lishi
shart emas

9.Hisobot sub’ektiga
ko’ra

Korxona

Mas’uliyat markazlari

Menejmentda boshqaruv hisobi. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo’jalik muomalalarini qayd qilish


Boshqaruv hisobi boshqaruv bo’g’iniga axborotlar yetkazib berish bilan shug’ullanar ekan, menejmentning ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojini yanada yaxshiroq tushunish uchun boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lish lozim.
Boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni 1.1.chizmada ko’rsatib o’tilgan. CHizmada ko’rsatilgan birinchi beshta bosqich rejalashtirish va boshqaruv qarori qabul qilish jarayonini tashkil etadi. Bunda asosan korxona oldiga qo’yilgan joriy yoki strategik vazifani bajarish uchun taklif etilgan alьternativ harakat variantlari ichidan korxona uchun eng maqbuli tanlab olinadi.Oxirgi ikkita bosqich boshqaruv jarayonini tashkil qilib, bunda tanlab olingan harakat variantini baholash va chetga chiqishlarni aniqlash amalga oshiriladi. Boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayonini batafsilroq ko’rib chiqamiz.
1-bosqich. Maqsad va vazifani belgilash
Har qanday biznes faoliyatining eng oliy maqsadi, bu- kompaniya foydasini ko’paytirishdir. Bunga erishish uchun esa kompaniya o’z oldiga joriy va uzoq istikbolni hisobga olgan vazifalarni qo’yadi. Bunday vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
■ sotish hajmini oshirish;
■ aktivlar qiymatini oshirish;
■ mahsulot sifatini yaxshilash;
■ ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish;
■ yangi mahsulot turini yaratish va h.k.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling