Sаnоаt kоrхоnаlаridа аsоsiy fоndlаrni mоdеrnizаtsiyalаsh аsоsidа mеhnаtning fоnd bilаn qurоllаnish hоlаtini yaхshilаsh yo`llаri Reja


Mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirish orqali foyda normasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari


Download 112.06 Kb.
bet8/17
Sana18.03.2023
Hajmi112.06 Kb.
#1283272
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Nabiyev

Mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirish orqali foyda normasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
«Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan muammolarni hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz»1.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo‘lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishishni ta’minlash muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa, eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur. Shunga ko‘ra, mamlakatimiz korxonalarini qo‘llab-quvvatlash dolzarb ahamiyat kasb etib, respublikamizda ushbu jarayon bir qator asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirishni taыozo etadi
Ayniqsa, real sektor korxonalarini qo‘llab-quvvatlashda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag‘batlantirish masalalari alohida o‘rin tutdi.
Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq soha bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy
jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga
oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalish va
vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-
uskunalarni chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va
sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik
jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng ko‘lamda amalga oshirilishi
raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Biroq, bu boradagi jiddiy muammo – mahsulotlarimiz tannarxining yuqori
darajada qolayotganligi ularning raqobatdoshligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi (2008 yil 28 noyabr) 4058-sonli Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot tannarxini 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning raqobatdoshligini ta’minlash vazifasi ham belgilab berilgan edi.
Bugungi kunda tijorat banklari balansiga o‘tkazilgan 140ta iqtisodiy nochor korxonada ishlab chiqarish to‘liq qayta tiklanib, istiqbolli sarmoyadorlarga sotildi, qolganlarida moliyaviy sog‘lomlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bu borada ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xalos qilish, budjet va ish haqi bo‘yicha umumiy miqdori 1 trillion so‘m kreditorlik qarzini uzish, bankrot korxonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo‘shimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish imkonini berdi. Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash choralarining izchil amalga oshirilishi barqaror va mutanosib o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun yetarli shart-sharoit yaratilmoqda.

XULOSA
Mamlakatimiz taraqqiyotining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozori iqtisodiyoti yo‘lining tanlanishi xo‘jalik yuritish shakllarining xilma-xilligi hamda tadbirkorlik faoliyatini kuchayishini taqozo etadi. Bu xol respublikamizda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatining shakllanishi, xo‘jalik yuritishi va ishlab chikarishni tashkil etishning turli – tuman yangi shakllarini tashkil topishiga va o‘z faoliyatini yuksaltirib borishiga olib kelmokda. Bugungi ishlab chiqarish va noishlabchiqarish korxonalarining kundagi eng asosiy muammolardan biri ishlab chiqarish va rejalashtirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishni orqali ishlab chiqrish samaradorligini oshirishdan iborat.
O‘zbekiston iqtisodiy tizimi transformatsiyasi raqobatchilik muhitida bozorning mutanosib talablariga ko‘ra tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va xo‘jalik yuritishning yangi ishtirokchilarining (sub’ektlarining) shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ular faoliyatini samarali tashkil etish bugungi kuning eng dolzarb iqtisodiy masalalaridan biri milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonini jadallashuviga xizmat qiladi. Bu boradagi vazifalarni hal etishda, mavjud ishlab chiqarish sub’ektlarini xususiylashtirish va qayta tashkil etish, shuningdek, nodavlat va yuridik tashkilotlar ulushlari ishtirok etgan kichik va o‘rta firmalarni kiritish lozim.
O‘zbekistonda korxonalar faoliyatini shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining milliy modeli xususiyatlari, xalqimizning o‘ziga xos an’analari, iqtisodiy ko‘nikmalari bilan ham ifodalanadiki, qator ilmiy tadqiqotlarda bu narsa ahamiyatdan chetda qolgani holda, muammo boshqa davlatlar tajribasiga asoslangan ravishda hal etiladi. Bu esa kelajakda korxonalar foydasini shakllanishi va uning taqsimlanishi bilan bog‘liq mummolarni bartaraf etishni taqozo etadi. Shunday ekan, ushbu ishda yuqoridagi masalarga xususiy va umumiy yondashgan tarzda, fikr va mulohazalar keltirilgan va ilgari surilgan.
Ma’lumki, deyarli hamma holllarda natijaning nechog‘lik samara berishi ko‘p jihatdan ushbu korxonada rejalashtirish hamda uning tashkil etilish shakliga chambarchas bog‘liq bo‘ladi.

.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.

  2. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.T.: O‘zbekiston, 2010.

  3. Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining aossiy mezonidir. –T.: O‘zbekiston, 2011.

  4. Xodiev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N., Muxiddinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. –T.: “O‘qituvchi”, 2003.

  5. Abdullaev Yo., Karimov F. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari.-T.: Mehnat, 2000.

  6. Osnovы biznesa. Uchebnik. –M.: Market Ds, 2007.

  7. K.S. Xamdamov. Mikroiqtisod. -T.: TDIU, 2001.

  8. E. Egamberdiev, X. Xo‘jaqulov Kichik biznes va tadbirkorlik. T., Ma’naviyat, 2009.

  9. Slavin M.B. Sistemnuy podxod v mikroekonimike. - M.: TEIS, 2001.

  10. N. I. Bazulev, S. P. Gurko, M. N. Bazuleva, A. K. Korolchuk, M. G.

  11. Mutalimov, L. N. Novikova. Mikroekonomika. Izdatelstvo: BGEU 2000 ISBN: 985-426-183-2.


Download 112.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling