Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va ma’naviy eskirishini oldini olish muammolari
Download 64.55 Kb.
|
sardor industiral mustaqil ish
2. Asosiy fondlarni baholashAmaliyotda asosiy fondlarni baholashning quyidagi turlari qo’llaniladi: 1) dastlabki to’la qiymat orqali belgilangan baho; 2) qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan baho; 3) qolgan qiymati orqali belgilangan baho; 4) ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash bahosi. Dastlabki to’la qiymat orqali belgilangan baho (Ob) asosiy fondlarning sotib olingan bahosi (Sb), asosiy fondlarni olib kelish uchun qilingan transport xarajatlari (Xt) va montaj xarajatlari (Xm)ni o’z ichiga oladi. Ob = Sb + Xt + Xm Bu baho korxona (firma)ning asosiy ishlab chiqarish fondalarini sotib olish va ishga tushirish uchun qilgan haqiqiy xarajatlarini ifodalaydi. Bu ko’rsatkich korxona (firma) balansida hisobga olinadi. Ammo asosiy fondlarning dastlabki to’la qiymat orqali belgilangan bahosi ularning hajmini va turli yillarda qurib ishga tushirilgan korxona (firma)lar asosiy fondlarini taqqoslashda yetarli emas, shuning uchun asosiy fondlarni baholashda qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan bahodan foydalaniladi. Baholashning bu usuli asosiy fondlarning har xil davrda ishlab chiqarilgan va olingan baholarni hozirgi yangi sharoitdagi bahoda ifodalash imkoniyatini beradi. Bu baho bir xil iste’mol qiymatga ega bo’lgan asosiy fondlarni baholashda bir xil qiymatlarda ifodalash, korxonalar ko’rsatkichlarini taqqoslash va fondlar samaradorligini oshirish rezervlarini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. Qiymatni qaytadan tiklash orqali belgilangan baho amaldagi asosiy fondlarning jismoniy holati va ma’naviy eskirishini hisobga olgan holda qayta baho qo’yish orqali aniqlanadi. Xulosa «Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish» tushunchasiga ta’rif beradigan bo’lsak: «Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish» - bu, jonli mehnat jarayoni bilan korxonalarda ishlab chiqarish elementlari (mashina-mexanizmlar, asbobuskunalar hamda boshqa mehnat qurilmalari)dan foydalanish jarayonini samarali va oqilona tashkil etishdir». Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etishdan maqsad korxona uchun ajratilgan moddiy, mehnat va moliyaviy imkoniyatlardan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, reja topshiriqlarini eng yaxshi ko’rsatkichlar bilan boshqarishdir. Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish ilm-fan sifatida tushunilganda uning vazifasi ijtimoiy korxonalarda ishlab chiqarishda va uning tarmoqlarida jamiyatning iqtisodiy qonunlarini qo’llash yo’llarini hamda shu qonunlargaasoslangan holda davlatning xo’jalik siyosatini hayotga tadbiq etish usullarini o’rganishdan iborat. Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish korxonalarda ishlab chiqarishning eng ma’qul usullarini, zarur asbob-uskunalarini tanlash, turli korxonalarda ishlab chiqarish sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashni ta’minlash, korxonalarda ishlab chiqarish grafigining buzilishiga yo’l qo’ymaslik, korxona va tsexlarda korxonalarda ishlab chiqarish estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhobosqichsi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish, demakdir. Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va uni yuksak darajaga ko’tarishda rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Rejalashtirish tufayli korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni boshqariladi va tartibga solib turiladi. Download 64.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling