Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va ma’naviy eskirishini oldini olish muammolari


Download 64.55 Kb.
bet1/13
Sana18.03.2023
Hajmi64.55 Kb.
#1282801
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
sardor industiral mustaqil ish


SANOAT KORXONALARIDA ASOSIY ISHLAB CHIQARISH FONDLARINING JISMONIY VA MA’NAVIY ESKIRISHINI OLDINI OLISH MUAMMOLARI

Reja:
1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi


2. Asosiy fondlarni baholash
3. Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi

1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi
Mamlakatning qudrati, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to’laroq qondirish shu mamlakat resurslari, ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi. Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxona (firma)lari qanchalik ko’p resurslarga ega bo’lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo’ladi. Agar u ana shu resurslardan to’la-to’kis, oqilona foydalana olsa, albatta buyuk davlatga aylanadi.
Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o’rni bor. Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko’rsatish va mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, elektr quvvati, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar kiradi. Mehnat vositalariga mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi.
Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashish roliga ko’ra asosiy va Aylanma fondlarga ajratiladi. Mehnat qurollari asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish jarayonida uzoq davr bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan hamda tabiiy shaklini saqlagan holda o’z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga asta-sekin, o’tkazib boradigan mehnat vositalariga aytiladi1. Ular ish bajarishda, xizmat ko’rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadilar. Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar. Mehnat buyumlari va tayyor mahsulotlarni saqlash va ularni bir o’rindan ikkinchi o’ringa tashish kabi ishlarni bajarish uchun xizmat qiladilar.
Asosiy fondlar ulardan foydalanish maqsadiga ko’ra ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashishiga qarab, ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va qatnashmaydigan fondlarga ajratiladi.
Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning maqsadi moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etishga qaratilgan bo’lsa, ishlab chiqarishda qatnashmaydigan asosiy fondlarning maqsadi xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.
Sanoatning asosiy fondlari mamlakat milliy boyligining muhim qismini tashkil etib, bu ko’rsatkich mustaqillik yillarida yildan yilga oshib bormoqda. 1995-2015 yillar mobaynida sanoatning asosiy fondlari 576 marta o’sdi. O’zbekiston Respublikasi sanoatining jami asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining dinamikasini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.

9- jadval Sanoat korxonalarining asosiy fondlari2 (mlrd. so’m)




Download 64.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling