Sanoatda korporativ boshqaruv tizimini keng joriy qilish muammolari
Download 45.65 Kb.
|
Kirish SANOATDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI KENG JORIY QILISH MUAMMOLARI SANOAT KORXONASI FOYDASINING TAQSIMLANISHI VA ISHLATILISHI SANOAT KORXONALARIDA ASOSIY ISHLAB CHIQARISH FONDLARINING JISMONIY VA MA’NAVIY ESKIRISHINI OLDINI OLISH MUAMMOLARI SANOAT MAHSULOTLARINING MATERIAL VA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH YO‘NALISHLARI SANOATDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA ULARNI KAMAYTIRISH YO‘LLARI Xulosa Kirish
Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi. Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonalarning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqga ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushushini ko’rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi. Korxonalar, shuningdek, mahsulotning sotish bo’yicha hhxarajatlarni, ya’ni ishlab chiqarishщdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarning ham amalga oshiriladilar. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi: - moddiy xarajatlar; - asosiy fondlar amortizasiyasi; - mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar; - ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar; - boshqa xarajatlar; 1. SANOATDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI KENG JORIY QILISH MUAMMOLARI Mustaqil O’zbekiston fond bozori shakllanishining xususiyati shundan iboratki, fond bozorida faoliyat ko’rsatuvchi emitentlar va investorlar kapital bozorining imkoniyatlariga yaqin yillardan boshlab tushuna boshlamoqdalar va ulardan foydalanishga harakat qila boshladilar. Shu bilan birga, bu ikki toifaga xizmat qiluvchi vositachi tomon – ixtisoslashtirilgan infratuzilma institutlari fond aktivlari bilan ishlash amaliy tajribasi hali kam bo’lib, ularning rivojlanish darajasi milliy iqtisodiyotning o’sib boruvchi ehtiyojlaridan orqada qolmoqda.. Korporativ boshqaruvning kuchli jozibaga molik tomonlaridan biri shundan iboratki, uni joriy qilganda, o’z biznesida odatda uzoq muddatli maqsadlarga erishish imkoniyatlari yaratiladi. Serharakat investorlar manfaatlarining e’tibori, yollanma menejerlar manfaatlari bilan o’yg’unlashishi sodir bo’ladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida potentsial investorlar sinfini shakllantirish, investitsiyalarni keng ko’lamda jalb qilish orqaligina «ishni, kapital to’plashni kengaytirish» haqiqatda mumkinligini mahalliy mulkdorlar hali to’la tushunib etganlari yo’q. Korporativ boshqaruvning ta’sir doirasi aktsiyadorlar yoki korporatsiyalar manfaatlari sohasidan ancha kengroq bo’lib, mamlakat iqtisodiy rivojlanishining hal qiluvchi omillaridan biriga aylanmoqda. Jahon banki va Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT) 1999 yildayoq8, korporativ boshqaruv mamlakatning raqobatbardoshlik manbai va iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining muhim omili ekanligini e’tirof etgan. Zamonaviy iqtisodiyotda aktsiyadorlik jamiyatlari xo’jalik yuritish amaliyotida korporativ boshqaruvning keng tarqalganligi u yoki bu mamlakatning ochiqlik va rivojlanish darajasini tavsiflovchi muhim ko’rsatkichlardan biridir. Samarali kompaniyalar va korxonalarsiz mamlakat turmush farovonligini oshirish va qo’shimcha ishchi o’rinlarini hosil qilish uchun sharoitni ta’minlay olmaydi. Davlat uchun investitsiyalar jalb qila oladigan, ishchi o’rinlari va moddiy boyliklarni yarata oladigan, yashovchan va jahon bozorida raqobatbardosh bo’la oladigan, korporativ boshqaruv saviyasi hamda mezanizmi yaxshi tashkil etilgan korxonalar kerak. Shuning uchun ham zamonaviy korporativ boshqaruv milliy iqtisodiyotni rivojlanishi uchun zaruriyatga aylanib bormoqda. Mazkur jarayonlardan kelib chiqib ta’kidlash joizki, korporativ boshqaruvning lozim amaliyoti barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish uchun korxonalar tomonidan moliyaviy resurslarni jalb qilish va o’zida saqlab qolishning muhim shartiga aylangan bo’lib, quyidagilar uchun o’ta zarurdir: 1. Mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish, investorlarga ularning investitsiyalarini boshqarishda havfsiz va samarali, boshqarish tizimi esa ravshan va muvofiq hisob-kitob yuritilishiga imkon berishi xususida kafolatlarning ta’minlanishi. 2. Raqobatbardosh va samarali faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar va korxonalarni bunyod qilish. 3. Korporatsiyani boshqarishda investorlarning mablag’lari ishonib topshirilgan yollanma menejerlarning hisobdorligi va faoliyati samardorligini kuchaytirish. 4. Cheklangan resurslardan samarali foydalanishni qo’llab-quvvatlash. Aktsiyadorlik jamiyati samarali faoliyati va investitsion jalbdorligining asosi korporativ hamjamiyatning barcha ishtirokchilari orasidagi ijtimoiy hamkorlik muhiti va o’zaro ishonchdir. Uning shakllanishi uchun korporativ hulq tamoyillariga rioya qilinishi zarur bo’lib, uning mazmuni aktsiyadorlik jamiyatini boshqarish bilan bog’liq paydo bo’ladigan munosabatlarda ishonchni hosil qilishga qaratilgandir. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida, samarali korporativ boshqaruvni qurishning asosiy tamoyillarini yaratilishiga kuchli zarurat etildi. Korxonalarning muvoffaqiyatli va barqaror faoliyat yuritishi ko’p jihatdan, uning tashkiliy tuzilmasiga bog’liq bo’ladi. Dunyoning ko’plab mamlakatlarida eng keng tarqalgan mulkchilik shakli korporativ ko’rinishda bo’lib, deyarli barcha o’rta va katta bizneslar korporatsiya shaklida tashkil etilgan. Masalan, O’eneral Motors, Bank of Amerika, Maykrosoft, British Petroleum, Nestle, Tayota, Keys, Folksvagen, Soni va boshqalar. Har bir holatda ham firmalar biznesda o’z ulushiga ega bo’lgan aktsiyanerlar tomonidan egalik qilinadi. Korporatsiya dastlab tashkil etilganda, uning aktsiyalari kichik guruhdan iborat investorlar (kompaniya menejeri va uni qullovchi ayrim shaxslar) qo’lida bo’ladi. Bunday hollarda kompaniya aktsiyalari ochiq holda keng ommaga sotilmaydi va kompaniya yopiq hisoblanadi. Keyinchalik kompaniya kengayib, qo’shimcha kapitalni jalb etish uchun qo’shimcha aktsiyalar muomalaga chiqariladi, uning aktsiyalari keng miqiyosda sotila boshlaydi. Bunday kompaniyalar ochiq (pablik) kompaniyalar deyiladi. Korporatsiyani tashkil etish bilan, biznes keng turli investorlarni jalb etishi mumkin. Ularning ayrimlari bir necha dollarga teng bo’lgan juda kichik miqdordagi aktsiyalarga egalik qilishi, yagona ovozga ega bo’lishi va daromad hamda dividendning juda kichik miqdorini olishi mumkin. Shuningdek, yirik pensiya jamg’armalari va sug’urta kompaniyalari kabi ayrim katta aktsionerlar millionlab dollarga teng qiymatli ko’p sonli aktsiyalarga egalik qilishi mumkin. Ular o’z navbatida hal qiluvchi ovoz berish huquqi egalik qilishadilar va daromad hamda dividendning katta qismini olishadilar. Korporatsiyalar aktsiyadorlar tomonidan egalik qilinsada, huquqiy jihatdan aktsiyadorlar korporatsiyadan ajratilgan. Ko’plab huquqiy maqsadlar uchun korporatsiyalar davlatning rezidenti sifatida qaraladi. Yuridik shaxs sifatida u pulni qarzga olishi, berishi, sudda da’vogar va javobgar sifatida ishtirok etishi mumkin (ammo korporatsiyalar saylovlarda ovoz bermaydilar). Korporatsiyalar o’z aktsiyadorlaridan alohida bo’lganligi uchun, ular sherikchilik va yakka tadbirkorlar qilaolmaydigan faoliyat bilan shug’ullanishlari mumkin. Masalan, ular kapital yig’ish maqsadida yangi aktsiyalarni chiqarib investorlarga sotishi yoki aksincha aktsiyalarni qaytarib sotib olishi mumkin. Bir korporatsiya boshqa birini sotib olishga pul tikib, keyin ikkala biznes birlashishi mumkin. Demak, xorij amaliyotida etarlicha yuqori mavqeiga ega bo’lgan korporativ boshqaruv – bugun mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun ham yangi shakllanayotgan boshqaruv tizimiga aylanmoqda. Shunday qilib, ilmiy ishimizning birinchi paragrafi doirasida mavzu oldidagi birinchi vazifani imkon darajasida yoritishga harakat qildik. Mana shu nazariy echimlarga tayanib, biz tadqiqot ishimizning navbatdagi paragrafiga o’tamiz. Endi bizning oldimizda, yuqorida ta’kidlanganidek, ikkinchi vazifa aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni tashkil etishda menejer-aktsiyador munosabatlarini boshqarish masalalarini imkon darajasida o’rganib chiqish va uning zamirida muayyan xulosalar chiqarishga harakat qilamiz. Korporativ boshqaruvning mexanizmini tavsiflash uchun, fikrimizcha, quyidagi munosabatlarni ko’rib chiqish zarur: mulkdorlar guruhi ichida, menejerlar guruhi ichida, mulkdorlarning va menejerlar o’rtasidagi munosabatlar, mulkdorlar va moliya bozori o’rtasidagi munosabatlar, mulkdorlar vakillari va mehnat bozori o’rtasidagi munosabatlar, menejerlar va mahsulot bozorlari o’rtasidagi munosabatlar. Ushbu sanab o’tilgan korporativ munosabatlarni yanada chuqurroq ko’rib chiqadigan bo’lsak, birinchi navbatda, mulkdorlar guruhiga kimlar mansubligini bilish zarur. Korporatsiya mulkdorlarini individual va instituttsional mulkdorlarga bo’lish qabul qilingan. Individual investorlarga jismoniy shaxslar, tashkilotlar va boshqa korporatsiyalar kirsa, instituttsional investorlarga esa, pensiya fondlari, sug’urta kompaniyalari, investitsion fondlar, banklar kiradi. Korporatsiya singari murakkab tizimni yagona shaxs tomonidan boshqarish mumkin bo’lmaydi, shuning uchun ham korporatsiyani menejerlar guruhi boshqaradi. Menejerlar guruhi ma’lum vakolatlarga ega bo’lgan boshqarish organini tashkil etadi. Korporativ boshqaruv mexanizmini tadqiq etish, korporativ boshqaruvni mohiyatini o’rganishga asos bo’ladi va uni korporativ boshqaruv modeli orqali ko’rib chiqamiz . Shuni ta’kidlash lozimki, aktsionerlik jamiyatining ishtirokchisini yagona majburiyati bu – mulkiy badalni to’lash bo’lib, boshqaruvda ishtirok etish uning majburiyatiga kirmaydi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, munosabatlar korporatsiya ichidagi mulkdorlar o’rtasida emas, balki korporatsiya va mulkdorlar o’rtasida yuzaga chiqadi, ya’ni mulkdorlar guruhi o’rtasida munosabatlar mavjud emas, yoki bu munosabat minimallashtirilgan. Pastda keltirilgan model korporativ boshqaruv mexanizmini, undagi ishtirokchilar va ushbu model ichidagi munosabatlarni o’rganish imkonini beradi. Chizmadan yaqqol ko’rish mumkinki, ushbu model doirasida korporativ munosabatlarning ishtirokchilari bo’lib mulkdorlar, menejerlar, ichki va tashqi vositachilar hisoblanadi. Fikrimizcha, mulkdorlarning direktorlar kengashi doriasidagi munosabatlari ularning o’zaro munosabati emas, balki mulkdorlarning korporatsiya bilan o’rtasidagi munosabati bo’lib hisoblanadi. Mulkdorlarning guruh ichidagi o’zaro munosabati sifatida, ayrim mulkdorlarning boshqa mulkdor aktsiyasi hisobidan ovoz berish uchun ishonchnoma olishini ko’rsatish mumkin (bu operatsiyalar ham odatda uchinchi shaxs orqali amalga oshiriladi). Menejerlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar izlanishning boshqa turiga mansubligi uchun (tashkil etish nazariyasi, korxona axloqi, menejment psixologiyasi va hakazo), odatda, ushbu munosabatlarni korporativ munosabatlar tizimida o’rganilmaydi. Mulkdorlar va moliya bozori o’rtasidagi munosabatlar, mulkdorlar vakillari va mehnat bozori o’rtasidagi munosabatlar, menejerlar va mahsulot bozorlari o’rtasidagi munosabatlar korporatsiya ichidagi munosabatlar doirasidan chetga chiqadi va ushbu munosabatlarning korporatsiya bilan vositachilik ko’rinishidagi munosabatlarigina o’rganiladi. Shunday qilib, faqatgina mulkdorlar bilan menejerlar o’rtasidagi munosabatlar, uning mohiyatini ochib beruvchi mexanizmlar korporativ boshqaruvning tadqiqot ob’ekti sifatida o’rganiladi. Menejerlarning samarasiz ishlashidan mulkdorlarni himoya qilish bunday o’zaro munosabatlarning asosini tashkil etadi. Korporatsiyani samarali boshqarishning diqqatga sazovor tomoni shundaki, bu nafaqat yollanma menejerning professionalligidan, balki menejer motivatsiyasining mulkdorlar manfaatlariga mos kelishiga ham bog’liq bo’ladi. Korxonalarning klassik nazariyasiga ko’ra, menejerlar mulkdorlar manfaatlarini ko’zlab faoliyat yuritadilar. Ammo, amaliyotda umuman boshqacha holatlarni ham guvohi bo’lish mumkin. Gap shundaki, menejerlar ham inson va ko’pchilik holatlarda ularning shaxsiy manfaatlari boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asosiy rol o’ynadi. Buni korporatsiya menejerining imiji masalasida (boshqaruv binolari, boshqaruv uchun yirik xarajatlar), riskka bo’lgan munosabatda (menejerlar qaror qabul qilib, uni amaliyotga qo’llaydilar, ammo har doim ham ushbu qarorlar bo’yicha javobgarlikni o’zlariga olavermaydilar), xuddi shunday investitsion, ishlab chiqarish va strategik siyosat masalalarida (masalan, menejerlar iqtisodiy natijaga erishish emas, balki o’z ta’sir doirasini kengaytirish) kuzatish mumkin.Mulkdorlar bilan menejerlar o’rtasidagi bunday qarma-qarshilik agentlik muammosi (yoki qarama-qarshiligi) deb ataladi. Quyida boshqaruv jarayonida mulkdorlar bilan menejerlar o’rtasidagi qarashlar tafovutini yaqqol ko’rish mumkin. O’z-o’zidan savol tug’iladi: mulkdor qanday qilib o’z manfatini himoya etishi mumkin? Aynan, shu savol korporativ boshqaruv tizimida ritorik xarakterga ega bo’lgan muhim masaladir. Hozirgi vaqtda korporatsiya faoliyati tajribasi - agentlik muammosini mulkdorlar foydasiga hal qilishning ichki va tashqi mexanizmlari haqida gapirishga imkon beradi. Nazoratning ichki mexanizmlari aktsionerlarning menejerlar bilan bevosita, yoki korporatsiya direktorlar kengashi yordamida bilvosita munosabatlari asosida qurilgan. Nazoratning tashqi mexanizmlari mulkdorlar bilan menejerlar o’rtasida turuvchi vositachilarning samarli faoliyat yuritishiga asoslanadi. Klassik nazariyaga muvofiq, mulkdorlarning asosiy manfaati o’z kapitalini oshirishdan iborat bo’lib, bu – aktsiya qiymatining kursini oshishi hisobidan amalga oshiriladi. Menejerlarga bonus sifatida aktsiyalar sotib olish uchun optsionlarning taqdim etilishi, yaqin vaqtlargacha, mulkdorlar bilan menejerlarni manfaatini bog’laydigan dastak sifatida qaralar edi. Shunday kelib chiqqan holda, xuddi korporatsiya mulkdorlari kabi, menejerlarni pulli mukofotlarini korporatsiya aktsiyalarining kurs qiymati oshishi orqali shakllantirish, agentlik muammosini yumshatadi degan fikrga kelish mumkin. Ammo, amaliyot ushbu nazariyada mavjud jiddiy kamchiliklarni ko’rsatib berdi.Bu birinchidan, optsion imtiyozini hajmini begilash muammosi. Nazariy jihatdan olib qaralsa, kattaroq imtiyozlar menejerlar ishini rag’batlantiruvchi samarali vosita hisoblanadi, ammo amaliyotda korporatsiya aktsiyalari kursi qiymatining sezilarsiz o’zgarishi ham korporatsiya menejerlari uchun yirik foyda olish imkonini beradi. Agar, imtiyoz aktsiyalar kursi qiymatining pasayishida optsionlarni qayta baholash imkoniyalarini o’z ichiga olsa, bunday chizma barcha risklarni inobatga olmay qo’yishiga olib keladi. Ikkinchi, va eng asosiy muammo – korporatsiya aktsiyalarining kursi qiymati bilan boshqaruv sifati o’rtasidagi bog’liqlikdir. Korporatsiya aktsiyalari qiymatining o’sishi, korporatsiya boshqaruvining sifati bilan emas, balki, fond bozorining umumiy o’sishi natijasi bo’lish ham mumkin. Bunday holatda, optsionlar bo’yicha olinadigan mukofotlar korporatsiyani samarali boshqarishning natijasi bo’lmaydi, boshqa tomondan, fond bozorining umumiy pasayishi menejerlar daromadlarini pasayishiga ob’ektiv bo’lmagan tarzda ta’sir etadi. Korporativ boshqaruvning barcha ishtirokchilarining (taraflarning) umumiy maqsadi – qonun asosida foyda olish bo’lib, unga har bir taraf o’ziga hos, lekin bir-birdan farqli bo’lgan, vazifa va funktsiyalarni, huquq va majburiyatlarni bajarish orqali erishadi. Korporativ manfaatlar o’zaro raqobatga asoslangan sabab-oqibatiy bog’liqlikda bo’lgani sababli, ular tizimlilik va tartibiylikka bo’ysunadi. Raqobatni mulk egalari o’rtasida, personal ichida, kompaniyaning boshqa sheriklari va h.k. manfaatdor taraflar o’rtasida ko’rish mumkni. Bunda barcha taraflarga korporativ boshqaruv muhiti uchun teng imkoniyatlar beradi. Tizimlilik va tartibiylik korporativ boshqaruv bir butun iqtisodiy-huquqiy tizim va uni o’rnatilgan korporativ huquq va madaniyat me’yorlari asosida tartibli va shaffof faoliyat ko’rsatishi bilan belgilanadi. Odatda, aktsiya sotib olishga optsionlarni, mulkdorlar bilan menejerlarni bog’laydigan samarali dastak hisoblansada, korporativ amaliyotda quyidagilar bajarilishi lozim bo’lgan muhim yo’nalish hisoblanadi: Korporatsiya menejmentining faoliyatini ichki nazorat qilishning tan olingan mexanizmi sifatida, aktsionerlar tomonidan ular manfaatlarini himoya qilish uchun, ma’lum nazorat vakolatlariga ega bo’lgan agentlarning jalb etilishi amalga oshiriladi. Ular korporatsiya xodimlari bo’lishmaydilar, shuning uchun ham ularni “tashqi direktorlar”, yoki “mustaqil direktorlar”, yoki “outsayderlar” deb ataydilar. Direktorlar kengashi a’zolari operativ boshqaruvga bevosita bog’liq bo’lmaydilar va shu orqali mulkdorlar manfaatlarini himoya qiladilar, deb qabul qilinadi. Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlash lozimki, korporativ boshqaruv tizimi murakkab tizim bo’lib, uni samarali ishlashini ta’minlash, korporativ boshqaruv oldida echimini kutayotgan muhim masalalaridan biridir. 2.SANOAT KORXONASI FOYDASINING TAQSIMLANISHI VA ISHLATILISHI Korxonaning daromadi yuridik shaxs o'z xizmatlarini taqdim etish, tovarlar sotish, ishlarni bajarish va h.k. olish uchun olgan puldir. Odatdagidek, daromad, kompaniyaning o'z funktsiyalarini bajarish uchun sarflagan harajatlaridan keyin olingan mablag'lardan tushadi. Daromad ma'lum bir hisobot davri uchun hisoblab chiqilgan va har qanday maqsadga muvofiq ishlatilishi mumkin. Daromad - kompaniyaning asosiy ishlarini bajarishdan olgan mablag'lari, shuningdek korxona asosiy faoliyatining bir qismi hisoblanmaydigan qo'shimcha imkoniyatlarni amalga oshirishdir. Bunday imkoniyatlar, masalan, kvadrat yoki korxonaga tegishli mol-mulkni ijaraga berish, ortiqcha inventarizatsiya qilish va boshqalarni o'z ichiga oladi. Keyinchalik bu haqda. Ko'plab boshlang'ich tadbirkorlar o'zlarining birinchi daromadlarini oladilar, bu biznesning daromadliligi kafolati deb hisoblaydilar. Biroq, daromadni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini qoplashini tushunish muhim. Qolgan qism (foyda) ta'sischilarning to'liq tasarrufida bo'lgan korxona va kapitalni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan mablag'lar o'rtasida taqsimlanadi. Daromad daromadlarini yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradigan daromad va daromadlarning bir necha ko'rsatkichlari mavjud. Ya'ni, yalpi tushum korxona ishlab chiqarilgan mahsulot (xizmatlar) ni sotishdan, shuningdek, o'z moddiy aktivlarini jami pul daromadlari hisoblanadi. O'z navbatida, sof daromad - qo'shilgan qiymat solig'i, aktsizlar, qaytarilgan tovarlar va narx-navoning chegirmalari bundan mustasno. Ushbu ko'rsatkich korxona daromadlari va rentabelligini keyingi hisoblash uchun real asosdir. Va nihoyat, sotishdan olingan yalpi foyda, sotilgan mahsulot uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olmaganda, sotishdan tushadigan daromad hisoblanadi. Moliyaviy jadvallar va soliq qonunchiligi uchun daromadlarning ta'riflari ham mavjud. Ammo umuman olganda, bu ta'riflar daromadlarning tasnifiga qarab, ular olingan manbaga qarab kamayadi. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z faoliyati natijalaridan ko‘proq daromad olishga harakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi. Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonalarning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqga ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushushini ko’rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi. Korxonalar, shuningdek, mahsulotning sotish bo’yicha hhxarajatlarni, ya’ni ishlab chiqarishщdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarning ham amalga oshiriladilar. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxni tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra, quydagi elementlarga asosan guruxlarga taqsimlanadi: - moddiy xarajatlar; - asosiy fondlar amortizasiyasi; - mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar; - ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar; - boshqa xarajatlar; Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarning eng katta qismi bo’lib, umumiy xarajatlarning 60-80 foizini tashkil qilish mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga quydagilarni qamrab oladi: - xomashyo va materiallar xarajatlari; - texnalogik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg’i va energiya; - xarid qiluvchi butlovchi qisimlar va yarim tayyor mahsulotlar; - sotib olingan qadoqlash va o’rov materiallari xarajatlari; - mashina va asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qisimlar; - boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari; - xizmat davri bir yilgacha bo’lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetning eskirishi yoki har bir instrument, investar, labaratoriya uskunalari va maxsus kiyim – bosh uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati; - tabiy xomashyodan foydalanish bilan bog’liq soliq, yig’im va boshqa to’lovlar; - ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan yo’qotishlar; - tabiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo’lmagan holda yuzaga keladigan yo’qotishlar. Amortizasiya ajratmalari miqdoriga teng bo’lgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi xarajatlarining yirik elementlaridan biri hisoblanadi. Bular qatoriga asosiy fondlarning tezlashgan amortizasiyasi va uning indeksasiyasini kiritish mumkin. Mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar – korxonalarning asosiy ishlab chiqarish personali mehnatga haq to’lashga sarflanadigan xarajatlar bo’lib, ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun mukofatlar, rag’batlantiruvchi va kompensasiya to’lovlari, jumladan, konunchilikda belgilangan me’yoriylar chegarasida narxlarning o’sishi va indeksasiya uchun to’lovlar, shuningdek, korxona xodimlari shtatida bo’lmagan, lekin asosiy ishlab chiqarishda bind bo’lgan ishchilar uchun to’lanuvchi haqini o’z ichiga oladi. Mazkur xarajatlar elementlari qatoriga quydagilar kiritilagan: - amalda bajarilgan ish uchun tarif stavkalari, lavozim maoshlari va shu kabilar asosida to’lanuvchi ish haqi; - xodimlarga natural to’lov shaklida beriluvchi mahsulotlar qiymati; - ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun beruvchi mukofot va boshqa to’lovlar; - qonunchilikka asosan ba’zi tarmoqlardagi xodimlarga bepul beriluvchi kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-joy, kommunal xizmat va xokozalar qiymati; - Har yillik mehnat va o’quv ta’tili uchun amalga oshiriluvchi to’lovlar; - korxonalarni tashkil qilish, shtatlar qisqarishi tufayli ishdan bo’shatilgan xodimlarga to’lanuvchi mablag’lar. Ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlar nobyudjet ijtimoiy fondlarga (nafaqa fondi, ijtimoiy sug’urta fonda, bandlik fonda va xokozo) ajratiluvchi mablag’larni anglatadi. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxidagi boshqa xarajatlar – qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus nobyudjet fondlarga o’tkazuvchi to’lovlar va soliqlar, yo’l qo’yish mumkin bo’lgan miqdordagi chiqindilar uchun to’lovlar, korxona mulkini majburiy sug’urtalash; rasionalizatorlik takliflari uchun mukofatlar, qonunchilikda belgilangan stavkalarda kreditlar bo’yicha to’lovlar, mahsulotni sertifikatlash uchun bajarilgan ishlarga haq to’lash; qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo’yicha xizmat sarflariga haq to’lash, yog’inga qarshi kurash va qo’riqlash muassasalariga haq to’lash, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlar tanlashni tashkil qilish, aloqa xizmati, hisoblash markazlari, binklar xizmatiga haq to’lash; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ijaraga olganlik uchun haq to’lash; nomoddiy aktivlarning eskirish va hokozalar. 3. SANOAT KORXONALARIDA ASOSIY ISHLAB CHIQARISH FONDLARINING JISMONIY VA MA’NAVIY ESKIRISHINI OLDINI OLISH MUAMMOLARI Asosiy fondlar, korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoqxizmat qiladigan, oʻz natural buyum shaklini uzoq vaqt oʻzgartir-magan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat koʻrsatadigan molmulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar oʻrniga asosiy kapital tushunchasi qoʻllaniladi). Asosiy fondlar oʻz qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan oʻtkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul sha-klida qaytib keladi (qarang Amortizatsiya ajrat-malari). Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qoʻyilgan pul boʻlsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashina-uskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. Asosiy fondlardatutgan oʻrniga qarab Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga boʻlinadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat boʻladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga boʻlinadi. Aktiv fondlar mahsulot yaratishda bevosita qat-nashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondlar ishlab chiqarishning moddiy sharoiti boʻlgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va boshqalardan iborat. Mod-diy-natural tarkibiga koʻra Asosiy fondlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish ma-shinalari va jyhozlari; transport vosi-talari; ishlab chiqarish va xoʻjalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bogʻlar va da-raxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital harajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-meliorasiya fondlari qiymati alohida bandda koʻrsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xoʻjaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat koʻrsat-kichlarida hisobga olinadi. Natural koʻrsatkichlar (dona-si, Vt hisobidagi quvvat, m2 hisobidagi sathi va boshqalar) Asosiy fondlarning sifat va miqdori tarkibi, xoʻjaliklarning ishlab chiqarish imkoni-yatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi. Asosiy fondlar qiymati joriy narxlarda yoki qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Hisobga olish asosiy vositalarning barcha koʻrinishlarini turlar boʻyicha taqqoslashga, ularning jami qiymatini, ulardagi yangi tayyor mahsulotga oʻtadigan eskirish darajasini aniqlashga im-kon beradi. Asosiy fondlar real miqdori mamla-katning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish quvvatini koʻrsatadi. Ishlab chiqarish zahiralarining ishlab chiqarish jarayonida tutgan roliga qarab, ular quyidagi guruhlarga bo'linadi: xom ashyo va asosiy materiallar, yordamchi materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, chiqindilar (qaytariladigan), yoqilg'i, qadoqlash va qadoqlash materiallari, ehtiyot qismlar. , past baholi va eskirgan narsalar. Xom ashyo va asosiy materiallar - bu mahsulot ishlab chiqariladigan mehnat ob'ektlari (ular mahsulotning moddiy asosini tashkil qiladi). Shu bilan birga, xomashyo qishloq xoʻjaligi va qazib oluvchi sanoat mahsulotlari (don, paxta, sut va boshqalar), materiallar esa ishlab chiqarish sanoati (qand, gazlama va boshqalar) mahsulotlari hisoblanadi. Yordamchi materiallar xom ashyo va materiallarga mahsulotga ma'lum iste'mol xususiyatlarini berish yoki asboblarni parvarish qilish va ishlab chiqarish jarayonini osonlashtirish uchun ishlatiladigan materiallar deb ataladi (kolbasa ishlab chiqarishdagi piyoz, qalampir va boshqa ziravorlar, moylash materiallari va boshqalar). Korxonada aylanma mablag'lardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish metodikasi Korxonaning moliyaviy holati bevosita aylanma mablag'lar holatiga bog'liq, shuning uchun ular ularni tahlil qilishga alohida e'tibor berishlari kerak. Aylanma aktivlarni tahlil qilishdan maqsad ulardan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat. Tahlilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. korxonaning aylanma mablag'lar bilan ta'minlanganlik darajasini aniqlash; 2. aylanma mablag'larning tarkibi va tuzilishini o'rganish; 3. korxonada aylanma mablag'lardan foydalanish samaradorligini o'rganish; 4. SANOAT MAHSULOTLARINING MATERIAL VA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH YO‘NALISHLARI O`zbekiston iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishi yetakchilik qiladi. U mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida muhim o`rin tutib, iqtisodiy rayonlar va viloyatlarning, ijtimoiy ishlab chiqarish, texnikaviy darajasini belgilab beradi. Mamlakat asosiy fondlarining 40, yalpi ichki mahsulotning 15, milliy daromadning 25 foizi sanoatga to`g`ri keladi. Iqtisodiyotda band bo`lgan mehnat resurslarining salkam 13 foizi (yoki 1,1 mln.dan ortiq kishi) sanoat tarmoqlarida ishlaydi. Mustaqillik yillarida respublikada sanoatni ustivor rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Ichki va xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, yangi korxonalar qurish, eskilarini qayta jihozlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, korxonalarda mulkchilik shakllarini o`zgartirish, resurslardan oqilona foydalanish va h.k. sanoatning barqaror rivojlanishini ta`minlamoqda. Respublikamizda 2021 yilda 2011 yilga nisbatan sanoat yalpi mahsuloti hajmi 114 %, Qirg`izistonda -68 %, Tojikistonda-38 foizni tashkil etdi. O`zbekistonda ayniqsa, gaz, neft, kimyo, mashnasozlik, rangli metallurgiya, yoqilg`i sanoati tarmoqlari jadal sur`atlar bilan o`sdi. Sanoat taraqqiyotini jadallashtirish valyuta-moliyaviy, xalq xo`jaligining tashqi bozorga qaramligini zaiflashtiradi. Sanoatning iste`mol buyumlari bilan o`zini-o`zi ta`minlashi esa xalq turmushi darajasini ko`tarishni kafolatlaydi. jadval. Mamlakat sanoatida faoliyat ko`rsatayotgan xo`jalik yurituvchi sub`yektlar tarkibi (2002 yil, foizda).
Mustaqillik yillarida sanoatning yangi, yuqori texnologiyaga ega bo`lgan tarmoqlari (avtomobilsozlik, radiotexnika, malakali kadrtalab, mashinasozlik va h.k.) vujudga keldi. Hozirgi vaqtda respublika sanoat tarkibida 100 dan ortiq tarmoq va tarmoqchalar mavjud bo`lib, ular bir necha majmualarni tashkil etadi. Umuman, respublika sanoat tarmoqlarining hozirgi tarkibida eng katta ulushni yoqilg`i-energetika majmui (24,1 %) egallaydi (10-jadval). Undan keyin yengil sanoat 19,4, metallurgiya - 17,9, mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati 12,0 foizga teng. Yoqilg`i-energetika majmui. Mamlakat yoqilg`i-energetika majmuiga-gaz, neft, ko`mir va energetika sanoatlari kiradi. Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi 24,1 foizga teng. O`zbekistonning g`arbiy va O`zbekiston O`rta Osiyoda samolyotlar, avtomobillar, paxta terish, ip yigiruv, to`quv mashinalari, traktorlar, ekskovatorlar, yuk ko`taruvchi kranlar, liftlar, qorametall, prokat kabi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yagona mamlakatdir. janubiy hududlarida topilgan neft, gaz va ko`mir konlarining katta zahiralariga tayanib yildan-yilga mazkur sanoat tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko`mir zahiralari esa 2 milliard tonnadan ortiq. Respublikamiz neft zahiralariga ham boy. Neft, gaz va elektr energiya o`z ehtiyojlarimizni to`la ta`minlabgina qolmay, ko`p miqdorda eksport ham qilinadi. Hozir bu majmua kapital mablag` sarflash hamda chet el investitsiyalarini jalb etishning eng foydali sohalaridan biri bo`lib qoldi. Mazkur sanoat majmui ikki guruhga: yoqilg`i va elektr energetika sanoatiga bo`linadi. Yoqilg`i sanoati - O`zbekiston og`ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, u tabiiy gaz, neft, ko`mir qazib chiqarishni va ularni qayta ishlashni hamda tayyor mahsulotni iste`molchilarga yetkazib berishni o`z ichiga oladi. Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro-Xiva havzasida, 27 tasi Farg`ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft, neft, gaz-neft kondensatli va neft-gaz kondensatli turlari mavjud.O`zbekiston yoqilg`i-energetika sanoatining yirik-yirik konlari va ularning zahiralari chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda o`rganilib, iqtisodiy jihatdan baholanmoqda hamda qazib olinib, qayta ishlanmoqda. Mutaxassislar baholashicha, O`zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyb 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz mavjud bo`lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko`rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G`arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg`ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSH dollaridan ziyod baholanmoqda. O`zbekiston Respublikasi yoqilg`i-energetika sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi
Rivojlanishning hozirgi bosqichida mamlakat huhudidan topilgan 70 dan ortiq neft, gaz va gazkondensatli konlardan hamda mavjud uchta ko`mir konidan foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gazkondensat konlar esa foydalanishga tayyorlab qo`yilgan. Mamlakat yoqilg`i sanoati respublika yoqilg`i-energetika majmuining belgilovchi tarmog`idir. U barcha turdagi yoqilg`i xom ashyosini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, neft mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridan iborat. Uning xom ashyoni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan yirik korxonalari Buxoro (Qorovulbozor), Qashqadaryo (Sho`rtan, Muborak), Toshkent (Angren), Surxondaryo (Sharg`un, To`da) va Farg`onada joylashgan. Yoqilg`i sanoati tez o`sib bormoqda. Masalan, 1980 yilda mazkur sanoat tarmog`ida respublika sanoat yalpi mahsulotining 8,8 foizi ishlab chiqarilgan bo`lsa endilikda bu ko`rsatkich salkam ikki marta o`sdi. Respublika sanoatida band bo`lgan ishchi va xizmatchilarning 6 foizi yoqilg`i sanoati tarmoqlarida ishlashadi. 5.SANOATDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA ULARNI KAMAYTIRISH YO‘LLARI Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish har qanday kompaniya uchun muhim jarayondir, chunki xarajatlarni shakllantirish xarajatlarining (ko'pincha asossiz) o'sishi ta'sischi kutgan foydani sezilarli darajada kamaytiradi. Shuning uchun xarajatlarni kamaytirish masalasi har doim ham dolzarb bo'lib qolaveradi. Xarajatlarni qanday optimallashtirish bizning nashrimizda muhokama qilinadi.Xarajat turlari Samarali (mahsulotga to'g'ridan -to'g'ri sarmoya kiritiladi va uni amalga oshirish vaqtida to'laydi) va samarasiz (yo'qotishlarning ishlab chiqarish bo'lmagan turlari - nikoh, to'xtash vaqti, o'g'irlik va hk); Doimiy, o'zgaruvchan (ishlab chiqarish darajasiga to'g'ridan -to'g'ri proportsional), aralash, o'zgarmas va o'zgaruvchan qismini o'z ichiga oladi; To'g'ridan -to'g'ri (xom ashyo sotib olish, ish haqini to'lash uchun) va bilvosita, ma'lum turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bevosita bog'liq emas (boshqaruv xarajatlari, xizmat ko'rsatish tarmoqlari xarajatlari). Xarajatlarni qisqartirish zaxiralari ishlab chiqarish va uni malakali boshqarish qobiliyatiga xosdir. Masalan, har bir ishlab chiqarish bosqichida texnologik xarajatlarni ishlab chiqish va aniqlash, shuningdek ularga rioya qilish va me'yorlar buzilgan taqdirda javobgarlikni belgilash kabi tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Uchun xizmat ko'rsatish va yordamchi xo'jaliklar samaradorligini tahlil qilish malakali o'tkazildi turli yo'nalishlar va autsorsing xizmatlari xarajatlarni optimallashtirish ishlarida ajoyib natijalar beradi. Bu savollar buxgalteriya hisobida yotadi qismi xarajatlarni nazorat qilish choralari, lekin boshqa dastaklar ham borki, ulardan foydalanish mahsulot tannarxini pasaytiradi. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo'llari Tahlil ma'lumotlari asosida quyidagi tadbirlar ishlab chiqiladi: Barcha xarajatlar aniq toifalarga bo'linadi; Tuzatish mumkin bo'lgan xarajatlar aniqlanadi; Ko'rsatilgan xarajatlar rejalashtirilgan va optimallashtirilgan. Optimallashtiriladigan xarajatlar ko'pincha quyidagilarni o'z ichiga oladi: Mehnat xarajatlari. Masalan, mahsulot aralashmasi qayta ko'rib chiqilganda, xodimlar soni ko'pincha kamayadi; Xom ashyo va materiallarni sotib olish xarajatlari. Bu xarajatlarni yangi etkazib beruvchilarni qidirishni tashkil etish, etkazib berish shartnomalari shartlarini qayta ko'rib chiqish, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish yoki rivojlantirish orqali optimallashtirish mumkin. o'z ishlab chiqarish zarur sarf materiallari; Ishlab chiqarish xarajatlari: lizing to'lovlari. Siz xonani egasidan sotib olish yoki hududning bir qismini ijaraga berish orqali ijara miqdorini kamaytirishingiz mumkin; energiya manbalari; uskunalarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish. Ishlarning bir qismi pudratchilardan o'z ta'mirlash inshootlariga o'tkazilishi mumkin; Transport xarajatlari. Iloji bo'lsa, ular xizmat mashinalari parkini cheklaydi yoki afzalliklarini hisoblab, autsorsing kompaniyasining xizmatlaridan foydalanadi; Reklama xarajatlari. Samaradorlikni tahlil qilib bo'lgach reklama kampaniyasi, siz reklama byudjetini eng daromadli mahsulotlarni taqdim etish uchun yaratish yoki sheriklar bilan o'zaro manfaatli shartnoma tuzish orqali kamaytirishingiz mumkin. Masalan, barter bitimlarini taklif qilish orqali. Xarajatlarning katta qismi ishlab chiqarish resurslaridan iborat bo'lgani uchun ularga alohida e'tibor qaratiladi. Foydali qoldiqlarni kapitalizatsiya qilish yo'li bilan demontaj qilinishi mumkin bo'lgan ishlatilmaydigan uskunalar va faol bo'lmagan operatsion tizimlar ustidan qattiq nazorat o'rnatish kerak. Ilg'or texnologiyalardan foydalanish yanada tejamkor uskunalarni joriy etish yoki qo'shimcha ravishda arzonroq yordamchi ishlab chiqarishni rivojlantirish imkonini beradi. Qarzdorlarning qarzi mablag'larni aylanmadan chalg'itadi, uni optimallashtirishga alohida e'tibor qaratish lozim. Bu bilan ifodalanadi doimiy ish qarzdorlar bilan. Qanday qilib ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish mumkin Har bir kompaniya o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishni optimallashtirish liniyasini tanlaydi sanoatning o'ziga xos xususiyatlari... Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha quyidagi ekspert tavsiyalarini barcha korxonalar uchun umumiy harakatlar deb hisoblash mumkin: Ishlab chiqarishni texnologik tsiklning bir qismini ularga topshirish orqali sheriklar bilan birlashtirish imkoniyatini ko'rib chiqing; Ishlab chiqarish zaxiralarini malakali boshqarish. Tovar -moddiy zaxiralarning kerakli hajmini, minimal va safarbarlik (agar mavjud bo'lsa), hajmini hisoblash zarur tayyor mahsulotlar va etkazib berish jadvallari va ular uchun to'lovlarni tayyorlash bilan tranzitda bo'lgan tovarlar; Logistika jarayonlarini rejalashtirish. Masalan, ba'zi kompaniyalar yuk tashish orqali tovarlarni saqlashni tejashadi. Xuddi shunday muhim to'g'ri tanlov transport xizmatlarini ko'rsatuvchi. Ko'rsatilgan usullarga qo'shimcha ravishda, har qanday kompaniya moliyaviy intizomga rioya qilishni ta'minlaydigan xarajatlarni kamaytirishni rejalashtirishi kerak. samarali tashkil etish etkazilgan zararlar tahlili bilan davriy tekshiruvlarni hisobga olish va amalga oshirish. Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o’ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari qancha kam bo’lsa korxona foydasi va rentabelligi shuncha oshadi. Korxona sarf xarajatlari o’z ichiga 1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, 2) davr xarajatlari, 3) moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar, 4) favqulotda zararlarni oladi. Ishlab chiqarish xarajatlari: – mahsulot tannarxi: Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari: mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, ehtiyot qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k); ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar; tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k); energiya va yoqilg’ining hamma turlari; materiallarning tabiiy kamayishi. Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to’lovlar: bajarilgan ishlar uchun to’lovlar; qo’shimcha to’lovlar; ishlanmagan vaqtlar uchun to’lovlar. Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar: ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar; nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va boshqa ixtiyoriy to’lovlar. Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar amortizasiyasi: asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma. Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar: ishlab chiqarish jarayoniga ko’rsatilgan xizmatlar; ishlab chiqarish xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash; asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlari; o’t o’chirishni ta’minlash va qorovullar; ishlab chiqarish asosiy fondlarining ijara haqi. Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi. Mehnatunumdorliginioshirishuchunyangitexnika, texnologiyajarayonlarinivaishlabchiqarishnio’stirishyokitashkiletishningilg’orusullarinijoriy qilishorqaliharbirmehnatchitomonidantayyorlanayotganmahsulotniko’paytirishkerakbo’ladi. Buholdaharbirmahsulotbirligigasarflanadiganishhaqi qisqaradi, ammoishchiningumumiyishhaqiesaortibboradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi. Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi. Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni qisqartirish kerak bo’ladi. Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag’’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi. Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishning ta’minlovchi omillari bo’lib hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizasiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo’ladi. Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng avvalo to’planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi. Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-ekologik rezervlar kiradi. Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi. Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham guruhlarga bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi. Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib ko’rish mumkin: - tashkiliy-texnikaviy rezervlar; - ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar. Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish” fanidan o’qiladigan ma’ruzalarda, amaliy mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi. Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’’lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: 1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi; 2. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya etish; 3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi; 4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi. Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona bo’limlariga etkaziladi. Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o’zida hisob qilinadigan ko’rsatkich hisoblanadi. SHunga qaramay, mahsulot tannarxi sanoat ko’rsatkichlaridan biri bo’lib qolaveradi. CHunki sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo’lsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar bir xil bo’lgan holda (masalan, xuddi o’sha mahsulotning narxi barqaror bo’lganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko’p bo’ladi. Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir. Xulosa O’zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlaridan biri, iqtisodiyotning real sohalarida faollikni jonlantirishga yo’naltiruvchi moliyaviy barqarorlikka erishish hisoblanadi. O’zbekiston iqtisodiyotida aktsiyadorlik jamiyatlarining uzoq muddatli yashovchanligi va raqobatbardoshligini ta’minlash masalasi ular ishlab chiqarish salohiyatini tubdan o’zgartirish va zamonaviylashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi, va bunga katta hajmdagi kapital quyilmalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar talab qilinadi. Mustaqillik yillarida respublika iqtisodiyoti real sektoriga faol ravishda investitsiyalarni jalb qilish mexanizmi sifatida fond bozori shakllandi , hamda ko’p ukladli iqtisodiyotni qurish uchun zarur poydevor bo’lgan yangi mulkiy munosabatlarning o’rnatilishiga imkon beradigan qonunchilik negizi yaratildi. O’zbekistonda olib borilayotgan keng ko’lamli islohatlar mamlakatda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishga qaratilgan bo’lib4 , ularning asosiy mahsullaridan biri tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan turli mulkchilikka asoslangan aktsiyadorlik va ulush-paychilik shakllaridagi korxonalar hisoblanadi. Ularning samarali faoliyat yuritishi ko’p jihatdan korporativ munosabatlar tizimini rivojlanishiga bevosita bog’liqligi sababli hozirda aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv asoslarini chuqurroq o’rganish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida samarali faoliyat yuritishning korporativ boshqaruv modeli va mexanizmi aktsiyadorlik jamiyatlariga investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, barqaror industrial va iqtisodiy o’sishni ta’minlash kabi muammolar echimini taminlashi mumkin. Bu muammolarni samarali echimi kompaniyalarning moliya bozoridagi raqobatbordoshliligi va havfsizligi, barqarorligi hamda investorlar uchun jalbdorliligi va risksizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog’liq. Korporativ boshqaruvning muammolarini bartaraf etish nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etib, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida mazkur faoliyat muammolarini tadqiq etuvchi nazariy ishlanmalar va amaliy asoslarning sezilarli darajada zamon talabidan ortda qolayotganligi ushbu muammolar bo’yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini alohida qayd etmoqchimiz. Yuqorida ta’kidlanganlarning barchasi tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilab berib, mazkur sohada alohida ilmiy izlanish olib borishni taqazo etmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda fond bozorlarini shakllantirish jarayonlari bo’yicha jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, ularning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ko’p jihatdan investitsion infratuzilmaning o’z vaqtida yaratilishi bilan bog’liq bo’ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2018. 2. O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni //«Xalq so‘zi» gazetasi. 7 yanvar 2012 yil 3. O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy korxonalar to‘g‘risida»gi Qonuni. Qonun va qarorlar. -T.: O‘zbekiston, 2011. 4. «Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. 2001 yil 6 dekabr // Tadbirkorlikka oid qonun hujjatlari to‘plami. 1-tom. - T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2002. 5. «Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrdagi Qonuni.//lex.uz 6. «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 may, O‘RQ-370-sonli Qonuni // «Xalq so‘zi» 2014 yil 7 may, 88 (6018)-soni. 7. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 may, O‘RQ-328-sonli Qonuni // «Xalq so‘zi» 2012 yil 3 may, 86 (5506)-son. 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida" 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son Qarori. //lex.uz 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947- sonli Farmoni. // Xalq so‘zi. 8 fevral 2017 yil. 0. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi 207- son “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida” Qarori.//lex.uz 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5409-sonli Farmoni// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2018 y., 06/18/5409/1059-son 12. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida.. № PF-5308. 22.01.2018. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018 y., 06/18/5447/1269-son. Internet saytlari 1. www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi 2. www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi 3. www.mineconomy.uz (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi) 4. www.mehnat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi) 5. www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi) 6. www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi) Download 45.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling