Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va


Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/45
Sana27.03.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1300477
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
BNUAf5Y3-fBZ84ABiOX4E9TQk1w4HDZL (3)

Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda 
ifodalanishi foyda normasi deyiladi.  
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. 
Bular foydaning joriy sarflarga-korxona xarajatlariga yoki avanslangan 
mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.
Bular quyidagicha aniqlanadi: 
1. R'=(P/W)*100 
bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; W – iqtisodiy yoki ishlab 
chiqarish xarajatlari; 
2. R'=(P/Kavans)*100 
bu yerda: R' –foyda normasi; P –foyda massasi; Kavans (Asosiy 
kapital+Aylanma kapital) –korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma 
kapitalning o‘rtacha yillik qiymati. 
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib 
hamda foydalanilgan avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu 
tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko‘rsatkichi 
hisoblanadi. 
Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan 
holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki 
bahoni oshirish hisobiga erishish mumkin. Bahoning o‘sishi ba’zi iqtisodchilarning 


105 
foyda normasi ko‘rsatgichini bartaraf etib bo‘lmaydigan qusurga ega bo‘lgan va shu 
sababli samaradorlikni o‘lchash uchun mutlaqo yaroqsiz ko‘rsatgich sifatida tanqid 
qilishlariga sabab bo‘ldi. 
2000 yilda Respublikamizda faoliyat ko‘rsatib kelgan 169 ming korxonalar yil 
yakuni bo‘yicha 307,6 mlrd. so‘m foyda olgan bo‘lsa, ulardan 139 korxona 24,7 
mlrd. so‘mlik zarar ko‘rgan. 
Butun olingan foydaning 35 foizi sanoat, 20,3 foizi transport, 11,1 foizi savdo 
va umumiy ovqatlanish va 5,2 foizi qurilish korxonalari ulushiga to‘g‘ri kelgan
1

1
Макроиқтисодиёт ва статистика вазирлиги статистика департаменти маълумотларидан олинган. 


106 
Xulosa  
Shuni aytishimiz joizki xar bir firma bozor iqtisodiyotida o`z o`rniga ega 
bo`lishi uchun birinchi navbatda raqobat bardosh xamda xamyonbob sifatli 
maxsulot ishlab chiqarishni yolga qoyish lozimfirma raxbarining maqsadi faqat 
katta daromad olish boilibgina qolmay xalq manfatlaarini o`ylashi kerak. Maxsulot 
tannarxiga ucha katta bolmagan miqdorda narx qoyish kerak. Shunda ishlab 
chiqargan xar bir maxsuloti xaridorlarga xarid qilishiga qulay bo`ladi. 
Korxona ishlab chiqarayotgan maxsulotini talab miqdoriga qarab belgilangan 
xajimda ishlab chiqarishi maqsadga muxofiq. Firma eng avallo ish faoliyatida 
tajribali xodimlar bilan ta`minlanishi zarur. Shu bilan bir qatorda olinga 
daromaddan samarali foydalanish darkor. Xar bir ishlab chiqarayotgan tovar va 
xom ashyosini reklamasi va uning sifatiga e`tabor qaratish lozim. Shunda 
korxonaning 
tovar 
aylanmasi 
normal 
darajadi 
bo`ladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling