Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/45
Sana27.03.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1300477
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Bog'liq
BNUAf5Y3-fBZ84ABiOX4E9TQk1w4HDZL (3)

Adabiyotlar: 
 
1. Vahobov A. va boshqalar. Budjet - soliq siyosati yaxlitligi. O‘quv 
qo‘llanma. - T.: Iqtisod va moliya. 2005.285 b. 
2. Vahobov A. va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. T.: 
Sharq 2005. 220 b. 
3. Malikov T., Xaydarov N. Davlat budjeti. O‘quv qo‘llanma, T.: 
"IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b. 
4. Malikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari. O‘quv 
qo‘llanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2007 , 245 b. 
5. Malikov T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni. O‘quv 
qo‘llanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b. 
6. Yo‘ldoshev Z., Malikov T. Uy xo‘jaligi moliyasi. O‘quv qo‘llanma, T.: 
"IQTISOD-MOLIYA", 2008, 105 b. 
7. Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с. 
8. Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с. 


50 
SANOAT MAHSULOTLARINING MATERIAL VA 
ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH YO‘NALISHLARI
 
 
 
Reja: 
 
Kirish
1. 
O`zbekiston sanoatining rivojlanishi. Yoqilg`i-energetika 
majmui. 
2. 
Neft sanoati. 
3. 
Respublikada tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash. 
4. 
Ko`mir sanoati. 
5. 
Elektr energetika sanoati. 
6. XULOSA
 


51 


52 
Kirish 
Mustaqil Respublikamiz xalq xo’jaligining rivojlanishi bevosita bozor 
iqtisodiyoti sharoitida to’qimachilik va yengil sanoati mutaxassislari zimmasiga 
ham bir qator vazifalarni yuklaydi. Hozirda mamlakatimiz to’qimachilik va engil 
sanoati jabhasi korxonalariga chet el investitsiyalari asosida jahon andozalariga 
mos keladigan zamonaviy texnologiyalarni kiritish, xaridorgir, raqobatbardosh, 
yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi va mavjud ishlab chiqarish 
quvvatlarining samaradorligini oshirish, korxonalar eksport salohiyatini yaxshilash 
kabi masalalar o’ta dolzarbdir. 
Tarmoq masalalarini yechish esa o’z navbatida yosh mutaxassis-bakalavrlardan 
ishlab chiqarishning texnika va texnologiya asoslarini mukammal bilishni talab 
etadi. O’qish jarayonidagi barcha nazariy va amaliy mashg’ulotlarda olingan 
bilimlar asosida mutaxassislikning poydevori yaratilsa, diplom loyihasi hajmida 
esa talabalar egallangan bilimlarni amalda qo’llay olish dastlabki malakasiga ega 
bo’ladilar. Bunda albatta talabalarning o’quv ishlab chiqarish va diplom oldi 
amaliyotlari xajmida o’zlashtirgan bilimlari, ko’rgan ishlab chiqarish korxonalari 
ixtisoslashuvi, ishlab chiqarish quvvati, texnologik tizimning o’ziga hosliklari va 
shu asosida ishning tashkil etilishi, har bir texnologik bosqich mashina-
mexanizmlarining konstruktsiyasi, ishlash printsipi va texnologik ko’satkichlari, 
ishlab chiqarishni boshqarish borasidagi tegishli bilim va ko’nikmalari, kafedra 
tomonidan berilgan diplom loyihasi mavzusiga mos tarzda yig’ilgan ma’lumotlar 
majmuasi bo’lishi shart. 
Eng muhimi diplom loyihasi mas’uliyat va jiddiylikni talab etadi. Faqatgina 
chuqur bilim, mustaqil fikr va atroflicha tahlil qilish qobiliyatlariga bo’lgan talaba 
diplom loyihasini muvaffaqiyatli tugatish imkoniyatiga egadir. 
 


53 
O`zbekiston iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishi yetakchilik qiladi. U 
mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida muhim o`rin tutib, iqtisodiy rayonlar va 
viloyatlarning, ijtimoiy ishlab chiqarish, texnikaviy darajasini belgilab beradi. 
Mamlakat asosiy fondlarining 40, yalpi ichki mahsulotning 15, milliy daromadning 
25 foizi sanoatga to`g`ri keladi. Iqtisodiyotda band bo`lgan mehnat resurslarining 
salkam 13 foizi (yoki 1,1 mln.dan ortiq kishi) sanoat tarmoqlarida ishlaydi. 
Mustaqillik yillarida respublikada sanoatni ustivor rivojlantirishga katta ahamiyat 
berildi. Ichki va xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, yangi korxonalar 
qurish, eskilarini qayta jihozlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish
korxonalarda mulkchilik shakllarini o`zgartirish, resurslardan oqilona foydalanish 
va h.k. sanoatning barqaror rivojlanishini ta`minlamoqda. Respublikamizda 2001 
yilda 1991 yilga nisbatan sanoat yalpi mahsuloti hajmi 114 %, Qirg`izistonda -68 
%, Tojikistonda-38 foizni tashkil etdi. 
O`zbekistonda ayniqsa, gaz, neft, kimyo, mashnasozlik, rangli metallurgiya, 
yoqilg`i sanoati tarmoqlari jadal sur`atlar bilan o`sdi. Sanoat taraqqiyotini 
jadallashtirish valyuta-moliyaviy, xalq xo`jaligining tashqi bozorga qaramligini 
zaiflashtiradi. Sanoatning iste`mol buyumlari bilan o`zini-o`zi ta`minlashi esa xalq 
turmushi darajasini ko`tarishni kafolatlaydi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling