Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
BNUAf5Y3-fBZ84ABiOX4E9TQk1w4HDZL (3)
Yoqilg`i sanoati - O`zbekiston og`ir sanoatining muhim tarmoqlaridan
biri bo`lib, u tabiiy gaz, neft, ko`mir qazib chiqarishni va ularni qayta ishlashni hamda tayyor mahsulotni iste`molchilarga yetkazib berishni o`z ichiga oladi. Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro-Xiva havzasida, 27 tasi Farg`ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz- kondensatli, gaz-neft, neft, gaz-neft kondensatli va neft-gaz kondensatli turlari mavjud. O`zbekiston yoqilg`i-energetika sanoatining yirik-yirik konlari va ularning zahiralari chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda o`rganilib, iqtisodiy jihatdan baholanmoqda hamda qazib olinib, qayta ishlanmoqda. Mutaxassislar baholashicha, O`zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyb 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz mavjud bo`lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko`rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G`arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg`ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSH dollaridan ziyod baholanmoqda. 57 O`zbekiston Respublikasi yoqilg`i-energetika sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi Mahsulot turlari O`lchov birligi 2000 2001 2002 2003 2004 Neft (gazkondensati bilan birga) ming tonna 7534 7253 7241 7134 6580 Tabiiy gaz mlrd m 3 56,4 57,4 58,4 57,5 59,8 Ko`mir ming tonna 2500 2711 2737 1910 2700 Elektr energiyasi mlrd kVt 46,8 47,9 49,3 48,7 49,6 58 Rivojlanishning hozirgi bosqichida mamlakat huhudidan topilgan 70 dan ortiq neft, gaz va gazkondensatli konlardan hamda mavjud uchta ko`mir konidan foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gazkondensat konlar esa foydalanishga tayyorlab qo`yilgan. Mamlakat yoqilg`i sanoati respublika yoqilg`i-energetika majmuining belgilovchi tarmog`idir. U barcha turdagi yoqilg`i xom ashyosini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, neft mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridan iborat. Uning xom ashyoni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan yirik korxonalari Buxoro (Qorovulbozor), Qashqadaryo (Sho`rtan, Muborak), Toshkent (Angren), Surxondaryo (Sharg`un, To`da) va Farg`onada joylashgan. Yoqilg`i sanoati tez o`sib bormoqda. Masalan, 1980 yilda mazkur sanoat tarmog`ida respublika sanoat yalpi mahsulotining 8,8 foizi ishlab chiqarilgan bo`lsa endilikda bu ko`rsatkich salkam ikki marta o`sdi. Respublika sanoatida band bo`lgan ishchi va xizmatchilarning 6 foizi yoqilg`i sanoati tarmoqlarida ishlashadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling