Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va


  Respublikada tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/45
Sana27.03.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1300477
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45
Bog'liq
BNUAf5Y3-fBZ84ABiOX4E9TQk1w4HDZL (3)

2. 
Respublikada tabiiy gaz qazib olish va qayta ishlash. 
Gaz sanoati-mamlakat yoqilg`i-energetika sanoatining eng rivojlangan 
va iqtisodiyotda salmoqli tarmog`idir. Uni qazib olish va ishlatish miqdori 
katta tezlik bilan o`sib bormoqda. Masalan, 1990 yilda mamlakatda 40,7 
mlrd. m³ gaz qazib olingan bo`lsa, 1995 yilda 48,6 mlrd. m³, 2004 yilga kelib 
uning hajmi 60 mlrd. m³ ga yaqinlashdi. Endilikda O`zbekiston gaz zahiralari 
va qazib chiqarishda dunyoning birinchi 10 mamlakati safiga kiradi. MDH 
mamlakatlarida esa Rossiya va Turkmanistondan keyin 3-o`rinda turadi. Gaz 
Respublika yoqilg`i balansining 2/3 qismiga teng.
Mamlakatimizda neft bilan yo`ldosh tarzda uchraydigan tabiiy gazni 
qazib olish urushdan oldin boshlangan. Neft gazidan sanoat maqsadlarida 
foydalanish uchun birinchi gazoprovod (15 km.) "Andijonsanoat - Andijon 
shahri o`rtasida 1944 yilda qurilgan. Biroq, tabiiy gazdan sanoat 
maqsadlarida foydalanish 1950-1960 yillarda boshlangan. Yilma-yil 
mamlakat gaz sanoatining geografiyasi kengayib bordi. Dastlab Farg`ona 
vodiysida, keyinroq Surxondaryoda, 1960 yillarda Buxoro va Navoiy 
viloyatlarida, 
1970 
yillardan 
boshlab 
Qashqadaryo 
viloyati 
va 
Qoraqalpog`iston hududlaridan gazning g`oyat katta zahiralari topildi. 


62 
Ayniqsa, respublika gaz sanoatining rivojlananishi XX asrning 
o`rtalarida ochilgan Jarqoq va Gazli konlari katta rol o`ynadi. 1958-1960 
yillarda Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent gaz quvuri qurildi. Ushbu gaz 
magistralining qurilishi bilan respublikamizning mazkur zonadagi sanoat 
markazlari, shaharlar va ko`pgina qishloqlarni gazlashirish boshlandi. 1962 
yilda katta zahiraga ega bo`lgan Gazli koni ishga tushirildi. Natijada, 
O`zbekiston gazi shavqatsizlarcha tashib ketila boshladi. Juda qisqa 
muddatlada qurib bitkazilgan "Gazli-Sverdlovskiy" (Buxoro-Ural), "O`rta 
Osiyo-Markaz" va "Buxoro-Toshkent-Bishkek-Olmaota" gaz quvurlari orqali 
sobiq Ittifoqning Yevropa qismiga, Ural, Qozog`iston, Qirg`iziston va 
Tojikistonga, shuningdek, Boltiqbiyi respublikalariga har yili 50 mlrd. 
kubometr gaz jo`natilgan.
Mamlakatda gaz sanoati uni qazib olish hajmining o`sishi bilan 
rivojlanib ketdi. 1960-1970 yillarda O`zbekiston gaz sanoatida keskin 
o`zgarish yuz berdi. Shu yillar ichida mamlakatda gaz qazib olish 71,79 
marta o`sdi (ya`ni 447 mln. kubometrdan 32 mlrd. kubometrga yetdi). 
Mamlakat gaz sanoati faqatgina yangi gaz konlarini topish va ishga tushirish 
evaziga rivojlanib bordi. 1971 yilda Ustyurtda Shaxpaxti gaz koni ishga 
tushirildi. 1970 yildan boshlab respublikadagi (Andijon, Farg`ona, Angren 
IES laridan tashqari) barcha yirik issiqlik elektr stansiyalari gaz yoqilg`isiga 
o`tkazildi. 


63 
1972 yilda Qashqadaryo viloyatida joylashgan Muborak gazni qayta 
ishlash zavodining birinchi navbati ishga tushirilib, gazni magistral gaz 
quvurlariga uzatishdan oldin aralashmalardan tozalash imkoniyati yaratildi. 
Mazkur zavod kengaytirilib, ishlab chiqarish (gazni qayta ishlash) quvvati 
ortib bordi. 1994 yilda uning to`rtinchi navbati ishga tushirildi. Endilikda 
respublika gaz qazib chiqarish sanoatini hamda tabiiy gazni va gaz 
kondensatini qayta ishlash bilan bog`liq ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga 
katta ahamiyat berilmoqda. 
Eng yirik gaz va neft konlari Janubiy-G`arbiy Hisor va Buxoro-Xiva, 
Ustyurt, Surxondaryo va Farg`ona mintaqalarida joylashgan. Eng yirik gaz, 
neft, gaz kondensat konlaridan Gazli, Muborak, Sho`rtan, Ko`kdumaloq, 
Qorovulbozor, Mingbuloq hisoblanadi. 
Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining janubi-g`arbiy qismida 
Sho`rtan gaz-kimyo majmuasi qurib bitkazildi. Mazkur kombinatdan 
oltingugurti kamroq bo`lgan tabiiy gazni energetika ehtiyojlari uchun 
mintaqalarga uzatish maqsadida Sho`rtan-Sirdaryo-Toshkent gaz quvuri 
ishga tushirilgan. Sho`rtan gaz majmuida jahonda birinchi bo`lib molekulyar 
elak ( g`alvir)lar qo`llanilmoqda. 
Mamlakatning ko`pgina gaz konlari (98 %) oltingugurtli gazdir. 
Shuning uchun ham gaz kondensatini qayta ishlash bo`yicha ishlab turgan va 
loyihalashtirilayotgan ob`yektlarning hammasida oltingugurtli birikmalardan 
foydalanish nazarda tutilgan. Endilikda mamlakat yoqilg`i-energetika 
sanoatining gigantlariga aylangan Farg`ona neftni qayta ishlash, Muborak 
gazni qayta ishlash zavodlari hamda Sho`rtan gaz-kimyo majmuida yiliga 
100 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz ishlab chiqarilmoqda.


64 
Shaharlar va qishloqlarni gazlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. 
Respublikamizdagi jami xonadonlarning 70 foizdan ortig`i gazlashtirilgan. 
Gaz sanoatini rivojlantirishda chet el investitsiyalari jalb etilmoqda. Birgina 
Xo`jaobod yer osti gaz omborini qurishga 70 mln. AQSH dollari sarflandi. 
Shunday qilib, mamlakatning neft va gaz mahsulotlariga bo`lgan 
ehtiyojini o`z resurslari hisobiga qondirish dolzarb masalaga aylangan va u 
yangi-yangi konlarni topish va ishga tushirish natijasida o`zining ijobiy 
yechimini topmoqda. Respublika hududida yirik holda ish olib borgan ilmiy 
va ishlab chiqarish tarmoqlari birlashtirilib O`zbekiston neft gaz sanoati 
milliy korporatsiyasi ("O`zbekneftgaz") tuzilgan. Respublikamizning bir 
qator viloyatlarida gaz konlari bo`lishiga qaramasdan hozirgi vaqtda tabiiy 
gazni qazib chiqarishda asosiy o`rinni Qashqadaryo (88 %) viloyati 
egallaydi. Oz miqdorda tabiiy gaz Buxoro (2 %), Farg`ona, Andijon va 
Surxondaryo viloyatlarida ham qazib chiqariladi. 


65 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling