Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/45
Sana27.03.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1300477
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
Bog'liq
BNUAf5Y3-fBZ84ABiOX4E9TQk1w4HDZL (3)

2. Neft sanoati. 


59 
Neft-mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb qiladi. Undan xalq 
xo`jaligining turli tarmoqlari uchun bir necha o`nlab muhim mahsulotlar 
ishlab chiqariladi. Mamlakatimizda birinchi neft koni 1904 yilda Farg`ona 
vodiysi (Chimyon)da ochilgan edi. O`sha paytda undan 278 m. chuqurlikdan 
sutkasiga 130 t. neft qazib olingan. Shu yilning o`zida Vannovskda (hozirgi 
Oltiariq) neftni qayta ishlash zavodi ish boshladi. Ikkinchi jahon urushi 
davrida va undan keyingi yillarda Farg`ona vodiysi (Janubiy Olamushuk, 
Polvontosh Andijon)da va Janubiy O`zbekistonda (Xaudak, Lalmikor) yangi 
neft konlari ishga tushirildi. Koplab neft konlarining o`zlashtirilishi bilan 
1959 yilda Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi qurildi. Biroq har ikkala 
zavodning ishlab chiqarish quvvati kam bo`lib, neft mahsulotlariga bo`lgan 
ehtiyoj chetdan keltirish hisobiga qondirilar edi. Mustaqillik tufayli neft 
sanoatida keskin burilish yuz berdi. Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida 
ko`plab yirik (jumladan, Ko`kdumaloq) konlarning ishga tushirilishi 
natijasida neft qazib olish keskin o`sdi. Agar 1960 yilda 1,6 mln. tonna neft 
(gaz kondensati bilan birga) qazib olingan bo`lsa, 1980 yilda-1,3, 1990 yilda-
2,8, 1997 yilda-7,9 va 2004 yilda-6,6 mln. tonna neft qazib olindi. Neft 
mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojni to`la ta`minlash va neft mustaqilligiga 
erishish maqsadida 1993 yildan boshlab Fransiyaning "Teknep" firmasi, 
Yaponiyaning 
"Marubeni" 
va 
"Jey-Ji-Si", 
Turkiyaning 
"Gama" 
kompaniyalari sarmoya va mutaxassislari bilan hamkorlikda Buxoro 
viloyatining Qorovulbozor tumanida neftni qayta ishlash zavodini qurish 
boshlandi. Mazkur zavodning birinchi navbati 1997 yilning 22 avgustida 
ishga tushdi. Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi ham chet el firmalari 
ishtirokida batamom yangi jihoz va texnologiya bilan qayta ta`mirlandi. 
Endilikda mamlakat neftni qayta ishlash sanoati korxonalarida jahon 
andozalariga mos keladigan 50 dan ortiq xilma-xil mahsulotlar ishlab 


60 
chiqarilmoqda: yuksak oktanli benzin (shu jumladan, B-92 aviabenzin), 
aviakerosin, suyultirilgan gaz, dizel yoqilg`isi, koks, parafin, motor 
moylariga qo`shilmalar, yengil avtomobillar uchun motor va surkov moylari, 
kerosin, bitum, mazut va h.k. Bu mahsulotlar mamlakat ichki ehtiyojini 
qondiribgina qolmay, ularning ayrimlari xorijiy davlatlarga eksport ham 
qilinmoqda. 
Respublikada neftning asosiy qismi (92 foizi) Qashqadaryo viloyatida 
qazib chiqariladi. U biroz miqdorda Andijon, Surxondaryo, Farg`ona, Buxoro 
viloyatlarida ham qazib chiqariladi. 


61 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling