Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va


Download 267.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana30.01.2024
Hajmi267.77 Kb.
#1809100
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismon



SANOAT KORXONALARIDA ASOSIY ISHLAB 
CHIQARISH FONDLARINING JISMONIY VA 
MA’NAVIY ESKIRISHINI OLDINI OLISH 
MUAMMOLARI 
Reja:
1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va 
tuzilishi
2. Asosiy fondlarni baholash
3. Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi
4. Asosiy fondlardan foydalanish ko’rsatkichlari
5. Ishlab chiqarish quvvatlari va ulardan foydalanishni yaxshilash 
yo’llari


 
1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi
Mamlakatning qudrati, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a’zolarining 
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to’laroq qondirish shu mamlakat resurslari, 
ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi. 
Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxona (firma)lari qanchalik 
ko’p resurslarga ega bo’lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo’ladi. Agar u 
ana shu resurslardan to’la-to’kis, oqilona foydalana olsa, albatta buyuk davlatga 
aylanadi.
Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o’rni bor. 
Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko’rsatish va mahsulot ishlab 
chiqarish mumkin emas. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida 
mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok 
etadi. Mehnat buyumlariga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim 
tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, elektr quvvati, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va 
h.k.lar kiradi. Mehnat vositalariga mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, 
yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino 
va inshootlar kiradi.
Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi 
ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashish roliga ko’ra asosiy va Aylanma fondlarga ajratiladi. Mehnat qurollari 
asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish jarayonida uzoq davr 
bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok 
etadigan hamda tabiiy shaklini saqlagan holda o’z qiymatini tayyorlanayotgan 
mahsulotga asta-sekin, o’tkazib boradigan mehnat vositalariga aytiladi
1
. Ular ish 
bajarishda, xizmat ko’rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadilar. 
Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar. Mehnat 
buyumlari va tayyor mahsulotlarni saqlash va ularni bir o’rindan ikkinchi o’ringa 
1
Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.132.


tashish kabi ishlarni bajarish uchun xizmat qiladilar.
Asosiy fondlar ulardan foydalanish maqsadiga ko’ra ishlab chiqarishda 
bevosita va bilvosita qatnashishiga qarab, ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashadigan va qatnashmaydigan fondlarga ajratiladi.
Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning maqsadi moddiy 
boyliklar yaratishda ishtirok etishga qaratilgan bo’lsa, ishlab chiqarishda 
qatnashmaydigan asosiy fondlarning maqsadi xodimlarning moddiy va madaniy 
ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.
Sanoatning asosiy fondlari mamlakat milliy boyligining muhim qismini 
tashkil etib, bu ko’rsatkich mustaqillik yillarida yildan yilga oshib bormoqda. 
1995-2015 yillar mobaynida sanoatning asosiy fondlari 576 marta o’sdi. 
O’zbekiston Respublikasi sanoatining jami asosiy ishlab chiqarish fondlari 
qiymatining dinamikasini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin.
9- jadval Sanoat korxonalarining asosiy fondlari

Download 267.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling