Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o'rni allomalar ijodi va faoliyati misolida


Download 475.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi475.78 Kb.
#1606593
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yuksak ma\'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O\'rta Osiyo allomala



Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari ilmiy 
merosining o'rni (allomalar ijodi va faoliyati misolida 
O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan 
ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka 
dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab 
jahonshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat 
ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, 
uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy 
merosi jahon madaniyati va ma’rifatining uzviy ajralmas tarkibiy qismidir.
Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega 
bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, 
salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik tuzum hukmronligi davrida 
respublikamiz yosh avlodi, Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganidek, 
«...necha yillar bizni tariximizdan, dinmizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil 
etishga urindilar, - natijada ular o’z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-
ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madaniyatidan bahramand bo’lish, o’rganishdan 
mahrum bo’lib keldi».
Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy 
pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni 
bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir 
o’tkazdi. Vaholanki, «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida 
ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha 
avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u 
hamon ta’sir ko’rsatmoqda».
Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgach, ona 
zaminimiz ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish biz yoshlarning vazifamiz, 
burchimiz, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi.
1 


IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda 
«Renessans» (uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat 
gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm 
egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari yetishib chiqqan. Dunyoviy 
fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir 
etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma’mun davrida (813-133 yil.) Bag’dodda «Bayt-
ul-hikmat» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va 
tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o’girildi. 
Bunda Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-
Farg’oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol 
o’ynadilar.
Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-
e’tibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga 
murojaat qilish, bamisoli uning qayta uyg’onishni anglatadi. Uyg’onish davri 
namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, 
aql-idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi.
Fanda Sharq va g'arb uyg’onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular 
umumiy, o’xshash tomonlari bilan birga, ma’lum farq, o’ziga xos xususiyatlari 
jihatidan ham ajralib turadi. Avvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk 
Sharq uyg’onish davri IX-XII asrlarni, so’nggi uyg’onish davri XIV-XV asrlarni 
o’z ichiga olsa, g'arb uyg’onish davri XV-XVII asrlarni o’z ichiga olishi bilan 
farqlanadi. G'arb uyg’onish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos 
bo’lsa, Sharqda masalaning g’arbdagidek keskin qo’yilishini ko’rmaymiz. 
Sharq va g'arb uyg’onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga 
murojaat qilish, uni qayta tiriltirish, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallikni 
(qomusiylik), gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda namoyon bo’ladi. 
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, 
dunyoviy fanlar va islom aqidashunoslikgining taraqqiyoti; 2) yunon, rum, fors, 
hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astranomiya, matematika,



minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslubda 
(metodologiya)- rastionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy do’stlik, yuksak 
axloqiylikning targ’ib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) 
adabiyot, she’riyat, ritorikaning (notiqlik) keng rivoji; 8) bilimdonlikning 
qomusiy xarakterda ekanligi.
Bu davrga kelib, avvalo O’rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu-fan va 
madaniyatning yirik o’chog’iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy 
markazlar tashkil topdi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg’oniy, Beruniy, Imom 
al-Buxoriy, Imom Moturudiy, Imom Iso at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Axmad 
Yassaviy, Najmiddin Kubro, Maxmud az-Zamaxshariy kabi O’rta Osiyolik 
olimlar va ulamolarning dongi butun dunyoga taralgan edi. 
O’rta Osiyoning qadimiy, qo’hna shaharlaridan Buxoro, Xiva, Samarqand 
kabi shaharlari, qadimda fan, madaniyat va ma’naviyatning markazi bo’lib 
kelganligi bilan ajralib turadi.
O’rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar 
al-Farg’oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog’liqdir. Ularning har ikkovi ham 
Bag’doddagi “Bayt-ul-hikmat”ning yetakchi ilm sohiblaridan sanalgan.
1998 yilda al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. 
Uning vafoti 861 yildir. U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari 
“Astranomiya va astralyabiyaga kirish”, “Falakdan bo’ladigan sabablar”, 
“Astralyabiya fani usullari”, “Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi” va 
boshqalardir. Farg’oniyning “Astranomiya asoslari” kitobi o’sha davrdagi 
astranomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo’lgan. Unda qadimgi 
falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII 
asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko’p asrlar davomida Yevropada astronomiya 
bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan. U Yevropada
al-Fraganus nomi bilan mashhur bo’lgan. 
Al-Xorazmiy (780-850 y.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir. 
Uning ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi



xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan. 
Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarning muallifidir. Bulardan eng 
mashhuri “Kitob al-jabr va al-muqobala” asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi 
mustaqil fan – algebraning vujudga kelishiga zamin bo’ldi. U tenglamalarni 
yechishning ikki usulini – al-jabr, ya’ni qarama-qarshi ishoralarni yagona musbat 
ishoraga keltirish va al-muqobala, ya’ni bir hil hadlarni qarama-qarshi qo’yishni 
kashf qildi.
Xorazmiy “Sind Hind”, “Ziji Xorazmiy”, “Astrolyabiya bo’yicha risola”, 
“Quyosh soati haqida risola”, “Yerning shakli haqida kitob”, “Trigonometrik 
jadvallar”, “Musiqa bo’yicha risola”, “Tarix haqida” va boshqa asarlarning 
muallifi. Uning buyuk xizmatlaridan biri Yevropa va Yaqin Sharq ilmini qadimgi 
hindlarning o’nlik tizimi bilan tanishtirish bo’ldi. Uni Yevropada “Algaritmus” 
deb yuritganlar. 
Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiysiz
(873-950) tasavvur etish qiyin. U “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi muallim” degan 
unvonga sazovor bo’lgan mutafakkirdir. Sharqda qadim Yunonistonning eng 
mashhur faylasufi Aristotel “Birinchi muallim” deb yuritilgan. Farobiy ko’p 
tillarni bilgan qomusiy olimdir. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 ta 
bo’lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) qadimgi Yunon faylasuflari va 
tabiatshunoslarini – Aristotel, Platon, Evklid, Galen va boshqalarning ilmiy 
merosini tarjima qilish, sharhlash, targ’ib qilish va o’rganishga bag’ishlangan 
asarlar; 2) o’rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid 
risolalar. Masalan, “Aristotelning “Metafizika” asariga izoh”, “Aristotelning 
“Osmon sistemasi” kitobiga izoh”, “Aristotelning “Etika” kitobiga sharh”, 
“Substanstiya haqida so’z”, “Masalalar manbai”, “Qonunlar haqida kitob”, 
“Bo’shlik haqida kitob”, “Musiqa haqida so’z”, “Fozil odamlar shahri” va 
boshqalarni ko’rsatish mumkin. 
Farobiyning fikricha insonning va jamoatning g’alabaga erishuvi, 
yaxshilikni qo’lga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka ko’tarilishi inson va 
`4 


 jamoaning o’z qo’lidadir. U davlatni fozil va johil davlatlarga bo’ladi. Fazilatli 
shaharlarda ilm-fan, falsafa, axloq-ma’rifat birinchi o’rinda bo’lmog’i lozim deb 
biladi. Shunda jamiyat etuklikka erishadi. Fozil shahar boshlig’i bilimli, haqiqatni 
sevuvchi, yolg’on va yolg’onchilarga nafrat bilan qarashi, adolatni yaxshi 
ko’ruvchi va adolat uchun kurashuvchi bo’lishi kerak deb aytadi. Farobiy insonni 
kamoloti uchun xizmat qilgan, hayr-ehsonli ishlar, go’zal insoniy fazilatlarni 
yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga to’sqinlik qiluvchi 
dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar, bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga 
ega bo’lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb, kishilarni undan ogohlantiradi. 
Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, kishilar 
bunga olamni o’rganish, kasb-hunar va ilmlarni o’zlashtirish – ma’rifatli bo’lish 
orqali erishadi deb qaraydi. 
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) jahon fani tarixida 
eng mashhur siymolar qatoridan joy olgan, o’z davridagi deyarli hamma fanlarga 
katta hissa qo’shgan, mashhur qomusiy ilm sohibi, yirik tabiatshunos va 
faylasufdir. U o’z umri davomida 150 dan ortiq asarlar yaratgan. Shulardan eng 
mashhurlari “Qadimgi ajdodlardan qolgan yodgorliklar”, “Ma’sud qonuni”, 
“Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Saydana” va boshqalardir. Garchi 
Beruniy falsafiy-axloqiy masalalarga oid asar yozmagan bo’lsada, ammo 
ko’pgina asarlarida bu masala haqida fikrlar bayon etgan. 
Beruniy xalqlar o’rtasidagi do’stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak 
qadrlaydi. Uni eng insoniy-axloqiy sifat deb maqtab, amalda o’zi ko’rsatgan. Bir 
necha yil Hindistonda yashagan 45 yoshli olim qadimgi hind-sanskrit tilini 
o’rganib, bu tilgan Evklidning “Elementlar”, Ptolomeyning “Almajistiy” 
asarlarini tarjima qildi va hind olimlarni yunon ilmi va falsafasi bilan tanishtirdi. 
O’zi esa hindlarning ilmi, adabiyoti, falsafasi va axloqini o’rgandi.
Bu haqida Beruniyning o’zi shunday deb yozadi: “O’zimni ... ularning 
munajjimlari huzurida, ustoz huzurida turgan shogirddek ta’zim bilan tutar

Download 475.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling