Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o'rni allomalar ijodi va faoliyati misolida
Download 475.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Yuksak ma\'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O\'rta Osiyo allomala
9
Mirzo Ulug'bek o'z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog'lom, harbiy hunarni puxta egallagan, jasur, mard bo'lib yetishuviga alohida ahamiyat beradi. Ulug'bekning fikricha odam sog'lom va baquvvat bo'lishi uchun yoshlik chog'idayoq jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishi, ta'lim – tarbiyada poraxorlik, qalloblik bo'lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo'lishi kerak. Buyuk shoir va olim, fors – tojik mumtoz adabiyotning ulug' namoyondasi Nuriddin Abduraxmon Jomiy o'zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir olmas meros qoldiradi. U o'z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo'lda yozilgan «Baxoriston» asarida ta'lim – tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiy o'z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga davat etadi. U o'z pedagogik qrashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so'z bilan zulmkorlarga masir etishga davat etadi. Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo'lgan qiziqishi, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o'rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa, o'qimishli ota – onalar o'z farzandlarining xaqiqiy inson bo'lib kamol topishiga aloida e'tibor berishlari lozim. Xullas, har bir yosh avlodning barkamol bo'lib shakllanishida, ma'naviy-ahloqiy va jismonan sog'lom etib tarbiyalashda buyuk allomalarimizning o'rni, merosi ta'lim-tarbiyaga ega pandu -nasihatlarining o'rni g'oyat beqiyosdir. Chunki yosh avlodning ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g'oya va qarashlarning salbiy ta'siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, shuningdek, ekstremizm, terrorizm va boshqa buzg'unchi g'oyalarga nisbatan murosasizlikni shakllantirishda ham ota-bobolarimiz merosi katta ahamiyatni kasb etadi. 10 Adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T. «Adolat» 2003 y. 2. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. — T., “O‘zbekiston”, 1992. 3. Karimov I.A. O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat. — T., “O‘zbekiston”, 1992. 4. Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. — T., “O‘zbekiston”, 1993. 5. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. — T., “O‘zbekiston”, 1993. 6. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin! — T., “O‘zbekiston”, 1993. 7. Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. — T., “O‘zbekiston”, 1993. 8. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. — T., “O‘zbekiston”, 1995. 9. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. — T., “Adolat”, 1992. 10. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. — T., “Adolat”, 1998. 11. Qayumov R.Q. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqi. — T., “Adolat”, 1998. 12. Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro bill(. — T., 1992. 13. Boboyev H.B., Ramazonov I. Inson huquqlari. T., 1997 y. O‘quv qo‘llanmasi. 14. X.T. Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasi, O‘zbekiston davlat organlari tizimining takomillashuvi. — T., 1995. 15. Mualliflar jamoasi — O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat. — T., 1995. Azizxo‘jayev A.A. Hokimiyat taqsimlanishi taomilining amaliy ifodasi. — T., 1994 yil, “Hayot va qonun”, 2-son Download 475.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling