Yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O'rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o'rni allomalar ijodi va faoliyati misolida


Download 475.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi475.78 Kb.
#1606593
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yuksak ma\'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O\'rta Osiyo allomala

 
 
 
 
XVI-XIX asrlarda Orta Osiyo xalqlari ma'naviy-ma'rifiy tafakkur 
taraqqiyoti ikki yo'nalishda bordi. Birinchisi O'rta Osiyoning o'zida roy berdi. 
Ikkinchisi Hindistonda Boburiylar davridagi O'rta Osiyolik mutafakkirlarning 
ijodida namoyon bo'ldi (Bobur, Humoyun, Akbar, Shohjahon va boshqalar). XVII 
asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida O'rta Osiyo ma'naviy-ma'rifiy 
qarash rivoji Boborahim Mashrab nomi bilan chambarchas bog'liq. Mashrabdan 
boy ma'naviy badiiy meros qolgan. Mashrab o'sha vaqtda Yaqin va O'rta Sharq 
mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik oqimiga e'tiqod qilib, o'zining 
isyonkorona she'rlari bilan jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi kurash olib borishga 
harakat qilgan. O'z g'azallarida axloqiy, ma'naviy poklikka erishish, hayotdagi 
illatlarga qarshi kurashni kuylaydi. U o'zi yashagan davr hokimlaridan adolatni 
kutadi. Hatto ularga murojaat qilib, xalq to'g'risida g'amxorlik qilishni, ularning 
arz-dodiga quloq solishni so'raydi. Mashrab kishilarni boylikka hirs qo'ymaslikka, 
o'zgalarga yaxshilik qilishga, sahiylikka, halol bo'lishga, o'z mehnati evaziga 
yashash, nafsni tiyishga chaqiradi. 
7 


XVII-XIX asrlar ma'naviyati va ma'rifati rivojida Turdi, Huvaydo, 
Gulhaniy, Mahmut, Nodirabegim, Uvaysiy, Munis Xorazmiy, Ogahiy, Feruz va 
boshqalarning o'rni va roli ham beqiyosdir . 
XIX asrda O'rta Osiyoda ma'naviyat va ma'rifat rivoji Ahmad Donish ijodi 
va ma'rifatparvarlik faoliyati bilan chambarchas bog'lanib ketganligini alohida 
qayd etish lozim. U inson turli fanlarni egallab, dunyo sirlaridan voqif bola oladi, 
deydi. Biz – dunyoni gullab-yashnatish uchun, yer osti boyliklarini topish uchun, 
dunyoning ajoyib sirli tomonlarini tadqiq etish uchun, uning hamma qitalarini va 
aholisini bilish uchun tug'ilganmiz deydi Ahmad Donish. U ilmni, ma'rifatni 
rivojlantirish, xalqni savdoxon qilish orqali qoloqlikdan qutilish mumkin deb 
ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari suradi. 
O'zbek ma'rifatchiligi Muqumiy, Furqat, Avaz Otar, Zavqiy va boshqalar 
ham alohida o'rin tutadi. Ma'rifatparvarlik g'oyalari Maxmudxoja Behbudiy, 
Munavvar qori, Abdulqodir Shakuriy, Ishoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, 
Abdurrauf Fitrat, Abdulhamid Cholpon, Abdulla Qodiriylar kabi jadidchilar 
faoliyati va ijodida, millat ozodligi uchun kurash bilan bog'lanib ketganligini 
alohida qayd etish lozim.
Jadidchilik aslida ma'rifatparvarlik harakatining ko'rinishidir. Marifatning 
lug'aviy ma'nosi bilim demakdir. Ma'rifatni hayotgan singdirish esa maorif tizimi 
orqali amalga oshiriladi. Ma'rifat bilim va madaniyatning mazmuni bo/lib, maorif 
esa ushbu mazmunni yoyish qurolidir. Ma'rifat asosan umumiy va o'rta maxsus 
bilim beruvchi maktab va o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Ma'rifat tushunchasi 
maorif tushunchasidan keng bo'lib, bilim va madaniyatni yoyish va 
yuksaltirishning barcha turlarini va shakllarini o'z ichiga oladi. Insoniyatning bir 
jamiyatdan ikkinchi jamiyatga o'tishi marifatparvarlikdan boshlanadi. Jadid so'zi 
arabchadan yangilanish, yangi usul ma'nolarini anglatadi.



XIX asr o'zbek ijtimoiy va adabiy hayotning yirik vakillaridan biri 
Komil Xorazimiy o'z asarlarida ma'rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik 
g'oyalarini olg'a surdi.U ilm-ma'rifatning xalq, jamiyat farovonligiga, insonning  
axloq kamolatida tutgan o'rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi 
haqidagi pedagokik fikrlarini ham bayon etadi. Komil Xorazimiyning fikricha 
ilm-hunar, ilm-ma'rifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy ma'naviy hayotning rivoji 
uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go'zal insoniy 
fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bolganlar obro-e'tiborli komil insonlardir. Kamtarlik 
insonni turli noxushlikdan xijolatdan saqlaydi. 
Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko'p erk 
bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta'kidlashicha, ortqcha so'zmonlik kishi 
boshiga qattiq tosh bo'lib tegishi mumkin. Shoir yomon so'zli, ozor beruvchi 
murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni jumladan yoshlarni ular bilan xamsuxbat 
bo'lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o'z asarlarida xalqni adolatli, ongli, 
bilimli bo'lishga, jaxolatdan yiroq turishga davat etadi, uning fikiricha, adolat 
sharaf ko'rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda 
bolishga, ularni hurmat qilib ez'ozlashga chorlaydi. Munis Xorazmiyning 
asarlariga bayon etilgan ta'lim – tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun 
emas, balki hozirgi davr uchun ham qimmatlidir.
Mohlar oyim Nodiraning inson va tabiatiga nisbatan qarashlariga faqat 
shaxsiy tuyg'u emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy an'analarning roli haqidagi 
fikrlari ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik 
g'oyalari-adolat, insof, xalq manfaati muhim o'rinni egallaydi. Nodira xayotning 
tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, 
kimki tiriklik chog'ida yaxshilik bunyod etgan bo'ladi, o'zining bu ezgu ishlari 
bilan o'zidan keyin hayotda 
yorqin xotira qoldiradi. Umuman, Nodira o'z 
sherlarida barkamol insonni ulug'laydi. Ta'lim – tarbiyaga oid ko'p foydali 
og'itlarni bayon etdi 

Download 475.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling