M
SANOATDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI
KENG JORIY QILISH MUAMMOLARI
Reja :
Kirish
1.
Aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv mexanizmiga
o’tishning tashkiliy-nazariy jihatlari
2.
Aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni tashkil etishda
menejer-aktsiyador
munosabatlarini boshqarish
3.
Korporativ boshqaruv mexanizmidagi zamonaviy muammolar va
ularni bartaraf etishning xorijiy tajribalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
O’zbekiston iqtisodiyotida aktsiyadorlik jamiyatlarining uzoq muddatli
yashovchanligi va raqobatbardoshligini ta’minlash masalasi ular ishlab chiqarish
salohiyatini tubdan o’zgartirish va zamonaviylashtirish
zaruriyatini keltirib
chiqardi, va bunga katta hajmdagi kapital quyilmalar, shu jumladan,
xorijiy
investitsiyalar talab qilinadi. Mustaqillik yillarida respublika iqtisodiyoti real
sektoriga faol ravishda investitsiyalarni jalb qilish mexanizmi sifatida fond bozori
shakllandi3 , hamda ko’p ukladli iqtisodiyotni qurish uchun zarur poydevor
bo’lgan yangi mulkiy munosabatlarning o’rnatilishiga
imkon beradigan
qonunchilik negizi yaratildi. O’zbekistonda olib borilayotgan keng ko’lamli
islohatlar mamlakatda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan
demokratik jamiyat qurishga qaratilgan bo’lib4 , ularning asosiy mahsullaridan
biri tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan turli mulkchilikka asoslangan aktsiyadorlik
va ulush-paychilik shakllaridagi korxonalar hisoblanadi.
Ularning samarali
faoliyat yuritishi ko’p jihatdan korporativ munosabatlar tizimini rivojlanishiga
bevosita bog’liqligi sababli hozirda aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ
boshqaruv asoslarini chuqurroq o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash sharoitida samarali faoliyat yuritishning korporativ boshqaruv
modeli va mexanizmi aktsiyadorlik jamiyatlariga investitsiyalarni jalb qilish,
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, barqaror industrial va iqtisodiy o’sishni
ta’minlash5 kabi muammolar echimini taminlashi mumkin.