Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va


Buyumli (agregatli) kooperaratsiya


Download 267.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana30.01.2024
Hajmi267.77 Kb.
#1809100
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismon

Buyumli (agregatli) kooperaratsiya - bu mashina va asbob-
uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli butlovchi buyum va 
detallarni etkazib beruvchi korxonalarning faoliyatidan iborat. Masalan, detallar 
bo`yicha kooperatsiya usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga 
sharikopodshipniklar, porshenlar, turli uzellar va asbob-uskunalarning qismlarini 
etkazib berishlari mumkin. 
Texnologik kooperatsiya — bu bir va bir necha korxonalar o`rtasida 
alohida jarayonlarlarni bajarish bo`yicha hamkorlikdir. Ishlab chiqarishning qaysi 
tarmoqqa taalluqliligi nuqtai nazaridan tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish 
kooperatsiyasi vujudga keladi. 


Tarmoqlararo kooperatsiya sanoat tarmoqdarining bir biriga xizmat 
ko`rsatishini ifodalaydi. Masalan, sanoat ishlab chiqarishining mashinasozlik 
tarmog`i metallurgiya sanoati bilan hamkorlik qilishi mumkin. Kooperatsiya 
asosida ma‘lum mahsulotlarni tayyorlashi, bir biriga butlovchi buyumlar etkazib 
berishi va muayyan ishlarni bajarib berishi mumkin. 
O`zaro bog`liq bo`lgan korxonalarni joylashtirish nuqtai nazaridan 
iqtisodiy rayonlar miqyosida va rayonlararo kooperatsiya keng tus olishi mumkin. 
Rayonlararo kooperatsiya turli iqtisodiy hududlarda joylashgan 
korxonalar o`rtasidagi aloqalarni ifodalaydi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakliga baho berish uchun 
uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har xil 
ko`rsatkichlardan foydalanish mumkin. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: 

birinchidan, ushbu korxona bilan hamkorlik qiluvchi korxonalar 
soni. Bunda etkazib beruvchi va buyurtmachi korxonalarning soni alohida-
alohida hisob-kitob qilinadi. Masalan, avtomobil zavodlari yuzlab korxona 
(firma)lar bilan hamkorlik qilsalar, stanoksozlik korxonalarining ishlab 
chiqarish aloqalari atiga bir nechta korxonalar bilan chegaralangan bo`ladi. 

ikkinchidan, kooperatsiya usulida olinayotgan yarim fabrikatlar va 
butlovchi buyumlarning ushbu korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor 
mahsulot tannarhidagi ulushi. Masalan, avtomobil tannarhida tashqaridan 
kooperatsiya yo`li bilan olinadigan yarim fabrikatlar va butlovchi buyumlarning 
ulushi taxminan 60-65 foizni tashkil etadi. 
Ishlab chiqarish sohasidagi kooperatsiyaning turli shakllari va usullarining 
rivojlanishiga quyidagi omillar ta‘sir ko`rsatadi
92

- muayyan mintaqa ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarining 
rivojlanish 
darajasi 
va 
tarmoqlararo 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarining 
integratsiyalashuv darajasi; 
- tovarlar, mehnat, sarmoya va xizmatlar bozorining shakllanish darajasi; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishining ijtimoiy-
iqtisodiy asoslari va uning holati; 
- mahsulot ishlab chiqarish va sotish, shuningdek, turli xildagi 
xizmatlarni ko`rsatish sohasida raqobatning rivojlanganlik darajasi. 



Download 267.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling