Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishni oshirish nomenklaturasini kengaytirish muammolari


Mavzu: SANOAT KOOPERARTSIYASINI RIVOJLANTIRISH YO`NALISHLARI


Download 146.5 Kb.
bet4/11
Sana19.04.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1365861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
SHABLON

Mavzu: SANOAT KOOPERARTSIYASINI RIVOJLANTIRISH YO`NALISHLARI


Reja:

  1. Sanoatda kooperatsiya tushunchasi va uning shakllari;

  2. Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi va uni kuchaytirishda kichik biznes imkoniyatlaridan foydalanish;

  3. Sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish.


  1. Sanoatda kooperatsiya tushunchasi va uning shakllari


Sanoatda korxonalar ixtisoslashuvining rivoji ishlab chiqarishni kooperatsiya asosida amalga oshadi.
Kooperatsiya - bu ma`lum mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmat bajarishni birgalikda olib borish bo`yicha tarmoqlar va ular korxonalarining davomli ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biri.
Kooperatsiyada mahsulot etkazib berish tartibi ishlab chiqarish jarayonida buyurtmachining ma‘lum ishlab chiqarish-texnikaviy topshiriqni bajarishini hisobga olishini talab etadi. Kooperatsiya xom ashyo, yoqilg`i va standartlashtirilgan yarimfabrikatlar hamda buyurtmalarni etkazib berish bosqichlarini qamragan holda moddiy-texnika ta‘minotidan farqlanadi.
Kooperatsiya murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirishni tezlashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog`liq bo`lgan muhim vazifalarni hal etishga imkoniyat yaratib beradi.
Sanoatning rivojlanish davrlarida ishlab chiqarishni kooperatsiyaning bir qancha samarali shakllari vujudga keldi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • buyumli (agregatli) kooperatsiya;

  • texnologik kooperatsiya;

  • tarmoqlararo kooperatsiya;

  • iqtisodiy rayonlararo kooperatsiya.

Buyumli (agregatli) kooperaratsiya - bu mashina va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli butlovchi buyum va detallarni etkazib beruvchi korxonalarning faoliyatidan iborat. Masalan, detallar bo`yicha kooperatsiya usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga sharikopodshipniklar, porshenlar, turli uzellar va asbob-uskunalarning qismlarini etkazib berishlari mumkin.

Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling