Sanoat korxonalarida maxsulotlar sifati boshqaruvini takomillashtirish yo’llari
Download 206.77 Kb.
|
BMI Asliddin aka
Mahsulot sifati - mahsulot xususiyatlari majmui, uning jamiyat va shaxs ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadi. Mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tovar raqobatbardoshligini taʼminlashning muhim sharti
Mahsulot sifatini oshirishda uni oldindan aytish, rejalashtirish va me'yorlash muhim tadbirlardan hisoblanadi. Mahsulot sifatini oldindan aytib berish deganda, berilgan vaqtda yoki berilgan vaqt oralig`ida yemirishilishi mumkin bo`lgan mahsulot sifati ko`rsatkichlarining imkoniy qiymatlarini aniqlanishi tushuniladi. Mahsulot sifatini rejalashtirish deganda, mahsulotni ishlab chiqarish bo`yicha berilgan vaqt ichida yoki berilgan vaqt oraliqida kerakli sifat ko`rsatkichlarining qiymatlari bilan asoslangan topshiriqni belgilash tushuniladi. Mahsulot sifatini bir me'yorda bo`lishini ta'minlashda mahsulot sifatini boshqarish alohida o`rin egallaydi. Har qanday boshqarishning mohiyati boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va uni boshqaruvchi ob’yektda o`z ta'sirini amalga oshirish ko`zda tutiladi. Mahsulot sifatini boshqarish deganda mahsulotni yaratishda uning kerakli sifatini ta'minlash va me'yorida bo`lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi. Mahsulot sifati jarayonlarning qanday tashkil etilganligiga, ularni qanday me'yorda ishlashiga, nazorat-o`lchash asboblarining naqadar tekis ishlashiga va shu jarayonlarda ishlayotgan xodimlarning malakasiga so`zsiz bog`liqdir. Boshqarish ta'siri boshqariluvchi jarayonlarni amaldagi holatini saqlash yoki unga o`zgartmalar kiritishdan iborat. Mahsulot sifatini boshqarish tizimi deganda boshqarish idoralari va boshqariluvchi ob’yektlarning mahsulot sifatini boshqarishda moddiy- texnika va axborot vositalari yordamida o`zaro bog`lanishning majmui tushuniladi. Mahsulot sifatiga ta'sir qiluvchi omillarni to‘rt toifaga bo‘lish mumkin: a) texnikaviy; b) tashkiliy; v) iqtisodiy; g) ijtimoiy. Texnikaviy omillarga uskunalar, jihozlar, vositalar, o‘lchov vositalari, texnikaviy hujjatlarning holati; dastlabki materiallar, xomashyolar, yarim fabrikatlarning sifati va shunga o‘xshash texnik omillar kiradi. Tashkiliy omillarga reja asosida ishlash, texnikaviy xizmatni amalga oshirish, uskunalarni ta'mirlash, materiallar, butlovchi qismlar bilan ta'minlash, ishlab chiqarishning texnikaviy hujjatlar va o‘lchov vositalari bilan ta'minlanganligi, ishlab chiqarish madaniyati, mexnatni ilmiy asosda tashkil etish, ovkatlanish va ish vaqtida dam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi. Iqtisodiy omillarga mexnatga haq to‘lash shakllari, oylik maoshining miqdori; yuqori sifatli mahsulot va ish uchun moddiy rag‘batlantirish; mahsulotning yaroqsizligi uchun oylik maoshidan ushlab qolish; mahsulotning sifat darajasi, tannarxi va shunga o‘xshashlar kiradi. Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, malaka oshirishni tashkil qilish, ilmiy-texnikaviy ijodni, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, turmush sharoitlari, o‘zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik muhit va tarbiyaviy ishlar kiradi. Mahsulot sifatining tashkil topishi uning hamma hayotiy bosqichlarida-tadkikot va loyihalash ishlarida, ishlab chiqarishda, iste'molda yoki ishlatilishi jarayonida namoyon buladi. Tadkikot va loyihalash ishlari mahsulotning sifatini belgilovchi asosiy bosqich hisoblanadi. Bu bosqich ilmiy-texnika tarakkiyoti, erishilgan muvafaqqiyatlar, kutilayotgan natija, ishlab chiqarish imkoniyatlari, iste'mol talablari asosida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda mahsulotni loyihalash ishlarini o‘z ichiga oladi. Mahsulot avvaldan belgilangan vazifalarini bajarishi uchun uning sifati ustidan nazorat olib borilishi kerak. Bu ishni amalga oshirish mahsulotni ishlab chiqarish bosqichida muhim ahamiyatga ega, chuni mahsulotning sifati shu jarayonda shakllanadi. Ijtimoiy xarakteriga ko‘ra ichki va tashqi nazorat bo‘ladi. Nazoratlar quyidagi alomatlar bo‘yicha tasniflanadi. 1. O‘tkazish joyi, vaqtiga ko‘ra: Dastlabki (kirish) nazorati – xomashyo, butlovchi qismlar, boshqa ishlab chiqarish uchun zarur materiallar, shuningdek texnikaviy xujjatlar nazoratdan o‘tkaziladi. Nazorat ko‘pincha ro‘yxatga olish usuli (sertifikatlar bo‘yicha), zaruriy hollarda esa o‘lchash usulida amalga oshiriladi. Operasion nazorat – mahsulot qismlarini tayyorlash va uni yig‘ishning barcha texnologik operatsiyalarini bajargandan keyin ma'lum me'yoriy hujjatlarga muvofiq o‘tkaziladi va nazorat daftarlarida yoki ushbu tashkilotning sifatni boshqarish tizimida ko‘zda tutilgan xujjatlarda qayd qilib boriladi. Qabul qilish (chiqish) nazorati – tayyorlangan mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining me'yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligi nazoratdan o‘tkaziladi va hujjatlashtirilgan xulosa qabul qilinadi. 2. Qamroviga ko‘ra: Yaxlit (to‘liq) nazorat – bunda mahsulotlarning barchasi to‘liq nazoratdan o‘tkaziladi. Tanlama nazorat – bunda mahsulotning tanlab olngan muayyan miqdori nazorat qilinadi. Tanlash hajmi me'yoriy xujjatlarga asosan belgilanadi. Uzluksiz nazorat – nazorat qilinadigan texnologik jarayonning ko‘rsatkichi uzluksiz ravishda nazorat qilinadi. Hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan “ O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi”ning 3-ustuvor yo'nalishida sanoat korxonalarini yanada rivojlantirish bo'yicha bir qator vazifalar belgilangan,ya’ni sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlam ing tannarxini o'rtacha 8%qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish,shu jumladan, - ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda modernizatsiya qilish, - ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish,texnologik jarayonlarni optimallashtirish; - iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonalaming rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy sog'lomlashtirish; -ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish asosida ishchilar sonini ko'paytirish. Prezidentimiz Sh.M irziyoev tomonlaridan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining Dasturida tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish asosida loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirildi. Dasturda iqtisodiy sohada keng ko'lamli o'zgarishlar amalga oshirilganligi, eng avvalo, -O‘zbekistonning o‘z majburiyatlarini bajarish va chet el hamkorlarining daromadlarini repatriatsiya qilish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun shart-sharoitlarni ta ’minlovchi milliy valyuta erkin konvertatsiyasining joriy etilganligi bu borada muhim qadam bo'lganligi; - davlat byudjetini shakllantirishning tamomila yangi prinsiplari va mexanizmlari joriy etilganligi, uning daromad va xarajatlari shaffofligini ta ’minlash bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilganligi; -davlat aktivlarini boshqarishning samaradorligini oshirish va byudjetning daromad qismini ko'paytirishga qaratilgan ishga solinmagan zaxiralardan foydalanish choralari ko'rilganligi. Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo'lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo , yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo'lga qo'yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko'rsatilayotgan xizmat turlarining ko'payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so 'z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo'lining to 'g 'ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda. Bu omillarning yagona maqsadi - yurt tinchligi va ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lida jamiyatimizning doimo hamjihat bo'lib kelayotgani o'ta murakkab mustaqil taraqqiyot yo’lin i bosib o'tishda naqadar og‘ir sinovlardan muvaffaqiyatli o'tishga imkon yaratdi.Korxonaning har bir ishlab chiqarish bo'linmasining shakllanishi uning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyati bilan belgilanadi. Shakllanish jarayonining natijasi bo‘lib mahsulot ishlab chiqarish hisoblanib, bu boshqa korxonalar bilan shartnomalar tuzish, mahsulotlarni buyurtmachilarga yetkazish va olingan moliyaviy vositalami yangi jarayonga jalb qilishda o ‘z ifodasini topadi. Bu yerda mehnat va mehnat predmeti ishlab chiqarish vositalarining qo'shilishi ishlab chiqarish bo‘linmalarining asosiy markazi bo'lib hisoblanadi.Korxonada barcha ishlab chiqarish bo’linmalari barcha ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog'liq, shuning uchun bu erda bu bo‘linmalar orasidagi aloqalar uzilmay balki iqtisodiy munosabatlar va boshqarish munosabatlari o‘zgarib turadi. Boshlang‘ich xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni amalga oshadigan bo’linma asosiy ishlab chiqarish bo‘linmasi deb aytiladi. U korxona faoliyatida asosiy o‘rin egallaydi. Asosiy ishlab chiqarish jarayoniga moddiy va texnik xizmat ko'rsatuvchi, hamda jarayonning borishiga sharoit yaratuvchi bo’linmalar yordamchi ishlab chiqarish bo‘linmalari deb aytiladi.Xizmat ko‘rsatish bo’linmalarida hech qanday mahsulot ishlab chiqarilmaydi, balki xom ashyo, material va tayyor mahsulotni tashish va saqlash ishlari bajariladi. Shuningdek asosiy ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlaydigan bo'linmalar ham mavjud.Korxonadagi turli bo‘linmalaming majmui va ular orasidagi aloqa ishlab chiqarish tuzilishini tashkil etadi. Bo'linma sifatida ishlab chiqarish uchastkasi, seh hisoblanadi.Korxonaning asosiy ishlab chiqarishida mehnat predmetlarning tayyor mahsulotga aylanishi sodir bo’ladi. Bir-biri bilan bog‘lanish bo'lgan asosiy ishlab chiqarish sexlarida ishchi va xizmatchilar jamoa bo‘lib birlashib ishlab chiqarish bo‘yicha ular oldida qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajaradilar.Korxonaning ishlab chiqarish tuzilishi hatto tarmoq miqyosida ham doimiy emas. U mahsulot hajmining oshishi va kamayishi, xom ashyo turiga, asosiy ishlab chiqarishning texnik jihozlanishi, elektr ta’minotining xususiyatiga qarab o‘zgarishi mumkin. 1.2. Ishlab chiqarish korxonalarida sifat tizimini tashkil etish. Sifatni boshqarish o’zida boshqaruvning me’yoriy usullarini aks ettiruvchi standartlarga asoslanadi. Xalqaro standartida ISO 9001 berib o’tilgan ta’rifga ko’ra sifat tizimi- bu sifatning umumiy boshqaruvini ta’minlovchi tashkiliy tarkib, javobgarlik, jarayonlar, protsedura va resurslar taqsimotining majumuidir. Mahsulotlar yetkazib berish bo’yicha kontrakt tuzish uchun xorijlik xaridor ishlab chiqaruvchida sifat tizimining mavjudligini va bu sifat tizimiga taulluqli sertifikatlash organi tomonidan berilgan sertifikatni ko’rsatishni talab qiladi. Sifat tizimi korxona oldiga qo’ygan maqsad va belgilangan siyosatni olib borishni ta’minlovchi omil sifatida tashkil qilinadi va amalga joriy etiladi.Korxona sifat bo’yicha siyosati korxonaning yuqori rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi. Sifat tizimining asosiy vazifalari bo’lib: -sifatni ta’minlash; -sifatni boshqarish; -sifatni yaxshilash hisoblanadi. U korxona rahbariyati tomonidan sifatni ta’minlash bo’yicha siyosatini amalga oshirishning vositasi siaftida tashkil qilinadi. Sifat tizimida buyurtmachi(xaridor), mol yetkazib beruvchi (tayyorlovchi) faoliyat olib boradi. Sifat tizimida korxona siyosati va maqsadini ta’minlash uchun sifat tizimida: Marketing, bozorni o’rganish; Texnika talablarini loyihalashtirish va ishlab chiqarish; Material-texnik ta’minot; Texnik jarayonlarni tayyorlash va ishlab chiqish; Ishlab chiqarish; Nazorat, sinov va tadqiqotlar o’tkazish; O’rash va saqlash Sotish va taqsimot; Montaj va ishga tushurish; Xizmat ko’rsatishga texnik yordam; Foydalanib bo’linganidan keyin utilizatsiya qilish. Korxonada mahsulot sifatini nazorat qiluvchi sifat xizmati bo’limini tashkil qilish korxonada olib borilayotgan sifat bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Sifat xizmati sifat bo’yicha uslubiy takliflarni ishlab chiqadi. Bu xizmat turi faqatgina bosh direktorga bo’ysunadi. Sifat xizmati funksional tizimining namunaviy ko’rinishi bo’ladi. Korxona rahabariyati bu xizmat orqali nafaqat mahsulot sifatining xalqaro standartlariga javob berishini nazorat qilib boradi. Balki mahsulot sifatini doimiy ravishda takomillashtirib imkoniyatiga ham ega bo’ladi. Maxsus xizmat turi orqali iste’molchilar ehtiyojini va ularning mahsulot sifatiga qo’yadigan talabini o’rganadi. Mahsulot sifatining standartlariga javob bermasligi bevosita ishlab chiqarishning o’zidayoq aniqlanishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning uchun sifatni nazorat qilish quyidagi barcha texnologik zanjir bo’yicha amalga oshirilishi kerak: -Material va butlovchi qismlarning kirish nazorati laboratoriyalar orqali amalga oshirilishi; -Korxona ishlab chiqarish jarayonining texnologik jihozlarini faol nazorat qilish uslublarini ishlab chiqish, operatsiyalar bo’yicha tanlama yoki to’liq nazorat olib borilishi va tyyor mahsulotning yakuniy nazorat; -Korxona laboratoriyalari mahsulotning davriy sinovlariga oid maxsus ko’rgazmalari bilan ta’minlanishi. Sifat funksiyalarini tizimlash har bir mahsulot sifati funksional va rag’batlantiruvchi funksiyalarni o’zida aks ettirishi kerak. Bu holatda gap iste’molchi belgilaydigan sifat haqida ketmoqda. Bunda iste’molchi bildirgan sifatning ko’plab ko’rib chqishi talab etiladi. Bu esa mahsulot sifati bo’yicha shug’ullanuvchial oldida ko’plab muommolarni yuzga keltiradi. Bu muommolarni hal etish uchun sifat funksiyasini tizimlash (SFT) uslubi qo’llaniladi. Ishlab chiqishni ta’minlash kerak. Download 206.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling