Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi Reja


Download 476.5 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.04.2023
Hajmi476.5 Kb.
#1388943
Bog'liq
Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi



Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish 
sanitariyasi 
Reja: 
1. Mehnat gigiyenasi 
2. Umumiy talablar 
3. Ultrabinafsha nurlari (nurlanish) uchun ruxsat etilgan intensivlik 
Mehnat gigiyenasi, kasb gigiyenasi — gigiyenaning bir 
boʻlimi. Mehnat jarayonlari va ishlab chiqarish muhitining odam 
organizmiga taʼsirini oʻrganadi hamda qulay mehnat sharoitini 
yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiyena 
meʼyorlari va tadbirlarini ishlab chiqadi. Har. qanday joydagi 
mehnat sharoitlari ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasiga va ish 
oʻrinlarida yaratiladigan sanitariyagigiyena sharo-itlariga bogʻliq. 
Jismoniy mehnat jarayonida, asosan, odam muskullariga, akdiy 
mehnatda esa asabiyruhiy tomondan zoʻr keladi. 
Texnika 
rivojlanib, 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlari 
mukammalashgan sari jismoniy mehnat oʻrnini aqyaiy mehnat 


egalladi va aqliy mehnat jarayonlarini koʻproq oʻrganishga ehtiyoj 
tugʻildi. 
Mehnat gigiyenasining sanitariyagigiyena sharoitlari deganda 
ishlovchi kishining atrofidagi butun vaziyat, jumladan, unga taʼsir 
qilishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar, chang , shovkin, 
vibratsiya, ionlashtiruvchi nurlar, shuningdek, havo harorati, 
namligi, harakatning tezligi, xonalar yoki boshqa ish joyining 
yoritilishi, mikroorganizmlar koʻpkamligi va boshqa tushuniladi. 
Kishini muhofaza qilinadigan tegishli choralar koʻrilmasa, mana shu 
omillarning har biri yoki bir nechtasi birga salomatlikka ziyon 
yetkazadi. M.g . fanining asosiy vazifasi ham ana shu no-joʻya 
taʼsirlar oldini olishdan iborat. Mehnat sharoitlarini yaxshilash 
OʻzRda 
umumdavlat 
vazifasi 
hisoblanadi. 
"Oʻzbekiston 
Respublikasi davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisidagi nizom"ga 
muvofiq, M.g . sohasida davlat sanitariya nazoratining bajaradigan 
asosiy vazifasi sanitariya qonunlariga rioya qilinishini kuzatib 
borishdir. 


M.g .da nazorat olib borish uchun turli usullardan 
foydalaniladi. Shulardan asosiysi sanitariyagigiyena tekshiruvlaridir. 
Obhavoga tegishli omillar; havoning ifloslanish darajasi, vibratsiya, 
shovqin, radioaktiv nurlarni oʻlchash va boshqa ishlarda shu metod 
qoʻllanadi. 
Bundan 
tashqari, 
fiziologik, 
statistik 
hamda 
eksperimental tekshiruv usullari ham bor. 
M.g . ishlab chiqarish da odam organizmining fiziologik va 
biologik talablariga hammadan koʻra koʻproq muvofiq keladigan 
gigiyena normativlarini belgilab olish maqsadida organizm bilan 
ishlab chiqarish muhiti oʻrtasida boʻlib turadigan oʻzaro taʼsir 
qonuniyatlarini ham oʻrganadi. Mamlakatda joriy etilgan 
tartibqoidaga muvofiq, ishlab chiqarish omillarining birontasi ham 
yoʻl qoʻyiladigan normadan yoki eng katta konsentratsiyadan ortiq 
boʻlmasligi, ishlovchilar ularga cheksiz uzoq vaqt davomida yaqin 
yurganida omillar oʻsha odamlarga muayyan kasallik yoki sezilarli 
biror oʻzgarish paydo qilmasligi kerak. M.g . OʻzR Sogʻliqni saqlash 
vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan maxsus 
davlat normativlari, yoʻriqnoma va koʻrsatmalariga amal qilgan 
holda olib boriladi. 


1. Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena 
normativlari ishlab chiqarish jarayonida ishchilarni ultrabinafsha 
nurlari mavjud bo„lgan manbalardan himoyalash, baholash, nazorat 
qilish usullarini hamda ultrabinafsha nurlanishining salbiy ta‟sirini 
oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni o„z ichiga oladi. 
2. Ushbu sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena 
normativlari barcha turdagi (lazyerlar tomonidan ishlab chiqilgan 
ultrabinafsha nurlari (nurlanish) bundan mustasno) ultrabinafsha 
nurlariga (nurlanish) va ularning manbalariga taalluqlidir. 
3. Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena 
normativlarida quyidagi asosiy tushunchalar qo„llaniladi: 
nurning (nurlanish) intensivligi — nur tushadigan yuza maydonidagi 
energiya oqimining zichligi, birligi Vt/m2 da; 
nurlanish dozasi — ma‟lum vaqti ichida tushadigan nurning miqdori 
(birligi mer.soat/m2 da); 
ruxsat etilgan nurning (nurlanish) intensivligi — butun ish kuni 
davomida va mehnat faoliyati jarayonida ishchilarning ishlagan 
davri va keyinchalik sog„lig„ining bo„zilishiga olib kelmaydigan, 
funksional va boshqa jarohat yetkazmaydigan nur (nurlanish) 
miqdori; 
ultrabinafsha nurlari (ultrabinafsha nurlanish) — to„lqin uzunligi 
200 dan 400 nmgacha (chastotasi 1013 dan 1016 Gts) bo„lgan 
elektromagnit nurlanish; 
UB-A — to„lqin uzunligi 315 — 400 nm bo„lgan uzun to„lqinli 
ultrabinafsha nurlari (nurlanish); 
UB-B — to„lqin uzunligi 280 — 315 nm bo„lgan o„rta to„lqinli 
ultrabinafsha nurlari (nurlanish); 


UB-C — to„lqin uzunligi 200 — 280 nm bo„lgan qisqa to„lqinli 
ultrabinafsha nurlari (nurlanish); 
4. Ultrabinafsha nurlarining (nurlanish) inson organizmiga 
ta‟siri uning me‟yoriy qiymatlari va spektral tarkibi bo„yicha 
aniqlanadi hamda ularga ruxsat etilgan miqdor belgilanadi. 
5. Muhitni zararsizlantirish uchun yoki profilaktika maqsadida 
ultrabinafsha nurlanishdan foydalanganda nurlanish intensivligi 
xodimlar bo„lmaganda aniqlanadi. 
2. Ultrabinafsha nurlari (nurlanish) uchun ruxsat etilgan 
intensivlik 
6. Terining 0,2 m2 dan ko„p bo„lmagan himoyalanmagan qismi 
maydoni mavjud bo„lgan taqdirda nurlanish intensivligi bir smenada 
30 daqiqa to„xtalish bilan 5 daqiqagacha nurlantirilgan holda
quyidagi sohalar: 
UB-A — 50.0 Vt/m2; 
UB-V — 0.05 Vt/m2; 
UB-S — 0.001 Vt/m2; 
uchun umumiy ta‟siri davomiyligi 60 daqiqadan oshmasligi lozim. 
7. Terining 0,2 m2 dan ko„p bo„lmagan himoyalanmagan qismi 
maydoni mavjud bo„lgan taqdirda ultrabinafsha nurlantirish 
intensivligi bir smenada 5 daqiqadan yuqori bo„lgan nurlanilgan 
holda quyidagi sohalar: 
UB-A — 10.0 Vt/m2; 
UB-V — 0.01 Vt/m2; 
uchun umumiy ta‟siri davomiyligi to„rt soatdan oshmasligi lozim. 
UB-S — 0.001 Vt/m2 sohada esa yo„l qo„yilmaydi. 


8. UB-V va UB-S-nurlarini o„tkazmaydigan maxsus kiyim 
hamda yuz va qo„lni himoya qiluvchi vositalar ishlatilganda 
nurlanish intensivligi 1 Vt/m2 oshmasligi kerak. 
9. Ish jarayonida ultrabinafsha nurlarining juda yuqori va 
yuqori bosimli simob-kvarsli chiroqlari ishlatilganda, nazorat 
hududida ultrabinafsha nurlanishining intensivligi 65 mVt/m2 dan 
oshmasligi kerak. 
10. Ish jarayonida ultrabinafsha nurlarining yuqori va past 
bosimli simob-kvarsli chiroqlaridan tashqari boshqa maxsus 
chiroqlar ishlatilganda, nazorat hududida ultrabinafsha nurlanishini 
intensivligi 20 mVt/m2 oshmasligi kerak. 
11. Ultrabinafsha nurlanishning intensiv ko„rsatkichi oshganda 
mazkur Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarining 
1-ilovasiga muvofiq ta‟sir vaqtini kamaytirish mumkin. 
12. Ish joylarida (ko„mir va tog„-kon sanoati ishchilari, yer osti 
ishlari, tabiiy yorug„liksiz va tabiiy yorug„lik yetarli bo„lmagan 
ishlab chiqarish binolari) tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti (TYOK) 
0,1% dan kam bo„lgan tabiiy yorug„lik bilan ta‟minlanmagan yoki 
yetarli ta‟minlanmagan binolarda ishlayotganlar uchun ultrabinafsha 
nurlarini nurlantiruvchi moslamalar o„rnatiladi. 
13. 
Ultrabinafsha 
nurlarini 
nurlantiruvchi 
moslamalar 
balandligi 3 metrdan 8 metrgacha bo„lgan hamda bir nafar xodimga 
6 m2 maydon to„g„ri keladigan binolarda o„rnatilishi ko„zda tutiladi. 
14. Nurlanish moslamalardan paydo bo„ladigan ultrabinafsha 
nurlarining intensivligi gorizontal tekislikda poldan 1 metr 
balandlikda 7,5 Vt/m2 dan, nurlanish dozasi esa 60 mer.soat/m2 dan 
oshmasligi kerak. 


Sanoat va jamoat binolarining ish joylarida, shuningdek bolalar 
muassasalari, shifoxona va sanatoriyalarda kunlik ta‟sir qilish 
muddati 8 soatdan yuqori bo„lishiga yo„l qo„yilmaydi. 
15. Uzoq vaqt ta‟sir etuvchi ultrabinafsha nurlantiruvchi 
moslama sun‟iy va umumiy yoritish tizimi QMQ : 2.1.05-98 “Tabiiy 
va sun‟iy yoritilganlik” asosida loyihalashtiriladi. 
16. Ko„zni himoya qilishda ko„ndalang va bo„ylama 
tekisliklarda kamida 250 S himoya burchagi bo„lgan nurni 
qaytaruvchi vositalar 
yordamida amalga oshiriladi. Ochiq 
himoyalanmagan 
eritemik 
chiroqlaridan 
foydalanishga 
yo„l 
qo„yilmaydi. To„g„ri vizual oqimli nurlardan himoya ekrani orqali 
himoyalanadi. 
17. Uzoq vaqt ta‟sir etuvchi ultrabinafsha nurlantiruvchi 
moslamalardan profilaktika maqsadida 1-dekabrdan 1-martgacha 
bo„lgan davrda foydalaniladi. 
18. Yer osti ishlari, derazasiz (tabiiy yorug„lik tushmaydigan) 
ish o„rinlari va belgilangan xizmat ko„rsatish joylarida 
ishlaydiganlar uchun qisqa vaqt ta‟sir etuvchi ultrabinafsha nurlarini 
nurlantiruvchi moslamalar (fotariya) o„rnatish nazarda tutiladi. 
19. Qisqa vaqt ta‟sir etuvchi ultrabinafsha nurlarini 
nurlantiruvchi moslamada nurlanishning intensivligi yer sathidan 1 
metr balandlikda 30 mVt/m2 yuqori bo„lmasligi, nurlanish dozasi 
600 mer.soat/m2 bo„lishi kerak. 
20. Ultrabinafsha nurlarini nurlantiruvchi moslamalar erkak va 
ayollar uchun alohida bo„lishi hisobga olinadi. 
21. Barcha turdagi ultrabinafsha nurlarini nurlantiruvchi 
moslamalarda (kabinali, o„tkazuvchi va boshqalar) nurlantirish 
tadbirlari yilning kuz-qish faslida har kuni 2-3 daqiqa o„tkaziladi. 


22. 
Kabinali 
ultrabinafsha 
nurlarini 
nurlantiruvchi 
moslamasidan nur oluvchi xodimlar soni quyidagicha aniqlandi: 
M • K1 • K2 
Bunda: M — ish kunida ro„yxat bo„yicha ishlovchi xodimlar (erkak 
va ayollar alohida); 
K1- UB — nur olish uchun qarshi ko„rsatmasi mavjud bo„lganlar 
hisobi, bu 0,8 ga teng; 
K2- UB — nur olishga ayollar uchun qarshi ko„rsatmasi mavjud 
bo„lgan oyning kunlari hisobi. 
23. Ultrabinafsha nurlarini nurlantiruvchi moslama alohida 
binoda, shuningdek xodimlarning kiyimlarini saqlash xonasida 
joylashtiriladi. 
24. Surib-chiqaruvchi ventilatsiya tashkil etishda harorati 25 — 
280S oralig„ida bo„lishi hisobga olinadi. 
25. Binoning yer sathida 50 lk kam bo„lmagan sun‟iy yoritish 
tarmog„i orqali yoritiladi. 
26. Sanoat korxonalari va yer osti konlaridagi ultrabinafsha 
nurlarini nurlantiruvchi moslamalar sog„liqni saqlash punkti 
tasarrufida bo„ladi. 
27. Tibbiy xodim uchun ish kuni davomida 100 nafar nur 
oladiganlar xodim uchun 8 m2 maydondan kam bo„lmagan xona, bir 
nafar xodim uchun 3,6 m2 maydondan kam bo„lmagan xona 
ajratiladi. 
3 Ultrabinafsha nurlarini (nurlanish) intensivligini nazorat qilish 
uslubiga talablari 
28. Doimiy va doimiy bo„lmagan ish joylarida nurlanishning 
intensivligi yilda bir martadan kam bo„lmagan holda, yangi ish 


joylari tashkil etilganda, moslamaga texnik o„zgartirish kiritilganda 
hamda yangi moslama va texnologiya o„rnatilganda nazoratdan 
o„tkaziladi. 
29. O„lchash ish joyining yer sathidan 0,5 — 1,0 va 1,5 metr 
balandlikda, o„lchovlarni qabul qiluvchi manbaning nurlanishiga 
perpendikulyar qo„yilgan holda bajariladi. Agar bir nechta manbalar 
mavjud bo„lsa, bunda o„lchovlar har birida alohida o„tkaziladi 
hamda olingan natijalar umumlashtiriladi. 
30. Nurlarni intensivligini o„lchashda ko„chma raqamli 
radiometr, energiya xususiyatlarini o„lchash uchun dozimetr 
ishlatiladi. O„lchov qurilmalari metrologik ko„rikdan o„tkazilgan 
bo„lishi kerak. 
31. Agar nurlanishning intensivligi ruxsat etilgan miqdordan 
yuqori bo„lsa, manbadagi nurlanish intensivligini kamaytirish yoki 
ishchilarni himoyalash chora-tadbirlari belgilanadi. 


Foydalanilgan adablyotar: 
1. 
Mehnat muhofazasi to 'g'risida O'rbekiston respublikast 
Qonuni. Toshkent, G-may 16-1993 y. 
2. 
H. E. G'oyipov. Mehnat muhofazosi. Toshkent. 2000 y. 
3. 
T.I.Iskandarov. Qishlog xo'jallk xodimlar mehnat gigienasi. 
Toshkent, 1988 y. 
4. 
X.Rahimova va boshgalor, Mehnatni muhofoza qlitsh. 
Toshkent, 2004 y. 
5. 
M. Tojles va boshgalor. Favgulodda vaziyatlar vo fugaro 
muhofazasi. Toshkent, 2002 y. 
6. 
A.Qudratov va boshqalar. Hayotiy faollya wivfsizligl (ma'ruza 
kursi). Toshkent, 2005 y. 

Download 476.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling