Sanoat korxonalarida raqobat tushunchasi


Foydalanilgan internet saytlar


Download 110.78 Kb.
bet9/18
Sana18.03.2023
Hajmi110.78 Kb.
#1283276
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Murodov

Foydalanilgan internet saytlar:

1. uz.wikipedia.org/wiki/Zargarlik_sanoati
2. mineconomy.uz/uz/info/2708
3. lex.uz/docs/-3411027



Sаnоаt kоrхоnаlаri ishlаb chiqаrishidа аylаnmа mаblаg`lаrdаn sаmаrаli fоydаlаnish yo`nаlishlаri
Reja:
1. Diversifikatsiyalash tushunchasi, mohiyati va iqtisodiy ahamiyati
2. Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish
3. Sanoat korxonalarida maxsulot tuzilmasi, nomenkulaturasini kengaytirish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etish
Davlat rahbari tomonidan Harakatlar strategiyasida yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish zarurati alohida ta’kidlandi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning assimetrik shakllari hisoblangan ixtisoslashuv va diversifikatsiya jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida turli xil nisbatlarda ishlab chiqarishda qo‘llanilgan. Diversifikatsiya:
1) tovar strategiyasi turi, unga asosan korxona ishlab chikarilayotgan maxsulotlar sonini kengaytiradi;
2) yangi bozorlarni egallab olish va kushimcha foyda olish maksadida ishlab chikarishning bir-biri bilan boglik bulmagan ikki yoki undan ortik turini bir vaktning uzida kengaytirish va rivojlantirish. «Diversifikatsiya» lotincha (diversificatio) so‘zidan olingan bo‘lib o‘zgarish, har xillik, bir oz narsaga ko‘p tomonlama, kombinatsiyalashgan, ko‘p tarmoqli tus berish kabi ma’nolarni anglatadi .
Diversifikatsiyalash tushunchasi, mohiyati va iqtisodiy ahamiyati
Diversifikatsiya jarayoniga berilgan zamonaviy ta’riflar orasida angliyalik iqtisodchilar Bennok, Bakster va Devnslar tomonidan keltirilgan ta’rifga e’tiboran «diversifikatsiya-bu biror firma yoki geografik mintaqada tovarlar va xizmatlar doirasini kengaytirishdir». Quyidagi ta’rif birmuncha aniqroq va kengroq bo‘lib, unda diversifikatsiya jarayon va muayyan sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladigan tadbir sifatida talqin qilinadi: «diversifikatsiya — alohida olingan korxona yoki konglomerat yoxud iqtisodiyot tomonidan ishlab chiqariladitan tovarlar va xizmatlar turining oshishidir.
Diversifikatsiya iqtisodiyotda tabiiy jarayon sifatida ro‘y beradi. Ayrim hollarda esa biznes sohiblari yoki davlat tomonidan tor doiradagi mahsulotlarga (ayniqsa ularga bo‘lgan talab o‘zgaruvchan bo‘lgan sharoitda) bog‘liq bo‘lib qolish xatarini kamaytirish uchun amalga oshiriladi». Britaniyalik Syuzan Meyx’yu nuqtai nazari ham ushbu konsepsiYaga ancha yaqin. U diversifikatsiYaga «sanoat ishlab chiqarishni keng doiradagi faoliyat turlariga yoyish va shu orqali fakat bir turdagi mahsulotta o‘ta bog‘liq bo‘lib qolmaslik uchun qo‘llaniladigan tadbir» sifatida ta’rif beradi. U o‘z fikrini davom ettirar ekan, diversifikatsiyaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatadi : - gorizontal diversifikatsiya; - konsentrik diversifikatsiya; - konglomerat (vertikal) diversifikatsiya;
- mehnat bilan ta’minlashning mintaqalar bo‘yicha diversifikatsiyasi; Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovarlarga o‘xshash ishlab chiqarish, texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga yaqin bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish tushuniladi. Konglomerat (vertikal) diversifikatsiya esa ilgarigi tovar ishlab chiqarishni sotuv yo‘nalishi sifatida ham tovar dasturini chuqurligini ustirishni anglatadi. Masalan, gusht mahsulotlarini sotuvchi maxsus do‘kon mol etishtirishni va seleksiya bo‘yicha ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi. Konsentrik diversifikatsiya korxona uchun yangi tovarni ishlab chiqarishni ko‘zda to‘tadi. Amerikalik iqtisodchilar S. Fitper, R.Dornbush, Malenzilar diversifikatsiyani «tavakkalchilikni bir nechta aktivlarga taqsimlash orqali uning darajasini pasaytirishga yo‘naltirilgan strategiya» sifatida aniqlaydilar. Ularning fikricha, diversifikatsiyaning asosiy qoidasi «hamma tuxumlarni bitta savatda saqlamaslikdan iborat». Mazkur ta’rif bir muncha umumiyroq xarakterga ega bo‘lsada, diversifikatsiyaning iqtisodiy mohiyatini to‘liq o‘zida aks ettiradi. Yana bir angliyalik iqtisodchi Devid Skott diversifikatsiya mazmunini bir muncha boshqacharok tushunadi. Uning fikricha, diversifikatsiya «bu turli xil korxonalarning qimmatli kog‘ozlar sotib olish orqali ulardan keladigan foyda miqdorini barqarorlishishini ta’minlashdir». Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rifda ham «barcha tuxumlarni bitta savatda saqlamaslik» tamoyili ustun o‘ringa ega. shu bilan bir qatorda bu ta’rifda moliyaviy diversifikatsiya masalasiga asosiy e’tibor qaratilgan. Shunday qilib, diversifikatsiya – bu oldindan qo‘yilgan maqsad emas, balki ob’ektiv jarayonning vujudga kelishi natijasida amalga oshiriladigan majburiy chora-tadbirdir.
Firma doimo tovar strategiyasini takomillashtirib borishi zarur. Bu barqaror assortiment tuzilishiga, doimiy sotuvga va foydaga erishishga imkon beradi. Tovar innovatsiyasi strategiyasi yangi tovarni ishlab chiqarish va tadbiq etish dasturini aniqlaydi. Biroq «yangi tovar» tushunchasini turli talkinga ega va takomillashtirishni asoslash sifatida ishlatiladi, mavjud tovarni yangilash uchun ishlatiladi. Mavjud nazariya va amaliyotda innovatsiya «yangilik kiritish» va «yangilik» tushunchalari bilan sinonim hisoblanadi. Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo‘llashni ko‘zda to‘tadi va amalga oshirish shakli bo‘yicha tovar differensiatsiyasi va tovar diversifikatsiyasiga bo‘linadi. Tovar diversifikatsiyasi o‘zida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi qiladigan bir qator asoslangan tovar modifikatsiyasini ishlab chiqish jarayonini mujassamlashtiradi. Tovarni modifikatsiyalashda tovar sifatini oshirish, tovar xossasini yaxshilash, tovarni bezash va tashqi dizaynini yaxshilash ko‘zda tutiladi.
Maqsadli bozorni o‘zlashtirish yo‘llarini qidirishda muqobil strategiyalarni aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif etilgan «tovar-bozor» matritsasi ishlatiladi.
Tovar diversifikatsiyasining maqsadi bo‘lib iste’molchilarni tovarni afzal qurish, alohida bozor yoki bozor segmenti xususiyatlarini hisobga olish orqali tovarni jalb etuvchanligini oshirish, uni raqobatbardoshligini o‘sishi hisoblanadi. Tovar diversifikatsiyasi quyidagi omillar bo‘yicha amalga oshiriladi: Tovarni qo‘shimcha imkoniyatlari. Tovardan foydalanish samaradorligi. Komfortlilik. Ishonchlilik. Tovar dizayni va stili. YAngi tovarlarni ishlab chiqish va qo‘llash innovatsiya siyosatining tamoyil va uslublariga, xususan, tovar innovatsiyasi jarayoniga mos holda amalga oshiriladi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni 6 bosqichni o‘z ichiga oladi:
 yangi tovar haqida g‘oyani qidirish;
 g‘oyani tanlash;
 yangi tovar g‘oyasini tijoratlashuvini iqtisodiy tahlili;
 tovarni ishlab chiqish;
 bozor sharoitida uni tajribadan o‘tkazish;
 tovarni bozorga qo‘llash.
Sanoat korxonalarida maxsulot tuzilmasi, nomenkulaturasi kengaytirish
Korxona(firma)larning ixtisosligiga kiruvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tarkibi bozordagi talab va taklifning o’zgarishiga qarab muntazam takomillashib, rivojlanib hamda mukammallashib boradi. Ayniqsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, qiymat o’lchamidagi hajmi strukturaviy o’zgarishlar ta’sirida ortib yoki kamaytirilib aniqlanishi mumkin. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi sarflanayotgan moddiy va mehnat xarajatlarini e’tiborga olgan holda o’rganilishi tahlilda erishilgan natijalarni yanada aniqroq o’rganish imkoniyatini yaratadi. Korxona uchun ko’proq foyda keltiruvchi, kam xarajatlar talab etiladigan tovarlarni ishlab chiqarish o’ta manfaatlidir. shuning uchun ham tovarlarni ishlab chiqarish hajmini tahlil qilishda strukturaviy o’zgarishlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir. Mahsulot hajmiga strukturaviy o’zgarishlarning ta’sirini zanjirli borlanish usuli orqali aniqlash mumkin. Korxona uchun naf keltiruvchi barcha strukturaviy o’zgarishlardan foydalanish mahsulotlarning hajmini ko’paytirish imkoniyatini yaratadi. Strukturaning o’zgarish sabablari turlicha bo’lishi mumkin;
• ishlab chiqarilgan tovarlar tarkibida yuqori narxga sotilishi mumkin bo’lgan mahsulotlar ulushining ko’payishi;
• mo’may foyda keltiruvchi tovarlarning hajmi;
• me’yordagi moddiy va mehnat sarflaridan ham tejamkorlik imkoniyati bo’lgan tovarlarning mavjudligi;
arzon xomashyo, yoqilg’i va boshqa moddiy boyliklarning yaqinligi;
• ishlab chiqarilayottan mahsulotlarning texnologiyasini takomillashishi evaziga yuqori manfaat;
• tovarlar sifatini yaxshilanishi va boshqalar. Mahsulotlar nomenkulaturasi — deb, miqdor holida tovarlar guruhlari, kichik guruhlari va pozitsiyalarini belgilashda hamda hisobga olishda qabul qilingan ro’yxatidir. Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti esa, mahsulotlarning ma’lum bir belgilariga qarab, ya’ni, uning turlari, navi, o’lchami, markasi, artikullariga qarab ajratiladigan mahsulotlar xilidir. Tovarlar nomenklaturasi va assortimentini o’rganishda o’rtacha assortiment rejasining bajarilishi tahlil etiladi. Firma va kompaniyalar faoliyatini tahlil etishda o’rtacha assortiment rejasining bajarilishini ham aniqlash muhim hisoblanadi. O’rtacha assortiment rejasining bajarilishi odatda eng kichik raqamlarni jamlash usuli orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir assortiment turlarini haqiqatda ishlab chiqarilish miqdorlari biznes rejasi bilan solishtirilib har ikki ko’rsatkichdan eng kichigi assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibiga qabul qilinadi. Assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibiga qabul qilingan ko’rsatkichlarning jamini biznes reja bo’yicha ishlab chiqarilishi lozim bo’lgan mahsulotlarga bo’lish orqali o’rtacha assortiment rejasining bajarilishi aniqlanadi.
Assortimentni shakllantirish sistemasi quyidagi asosiy jihatlarni o’z ichiga olishi shart:
• iste’molchilarning istiqbolli ehtiyojini aniqlash;
• chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini aniqlash;
• mahsulotning bozordagi hayotiylik siklini o’rganish, o’z vaqtida yangi zamonaviy bo’lgan tovarlar turini yaratish bo’yicha choralar ko’rish va ishlab chiqarish dasturidan ma’naviy eskirgan va iqtisodiy jihatdan kam foydali bo’lgan mahsulotni chiqarib tashlash;
• iqtisodiy samaradorlik va mahsulot assortimenti o’zgarishida xavf xatar darajasini baholash.

Xulosa.
Ishlab chiqarishni konsentratsiyalash – bu ishlab chiqarishning tobora yirik korxonalarda jamlanish jarayonidir. O‘zbekistonda bu jarayon yildan-yilga kuchayib bormoqda. Kuchli ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitda kichik korxonalarning ulushini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega. Katta va kichik korxonalar faoliyatini birga olib borish taraqqiyotning ko‘pgina iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini to‘g‘ri yechish imkoniyatini yaratdi. Sanoat ishlab chiqarishini mahalliylashtirish ayrim import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni o‘zimizda ko‘plab ishlab chiqarish imkoniyatini yaratib berdi. Sanoatning ixtisoslashuvi muayyan mahsulot ishlab chiqaruvchi va o‘ziga xos ishlab chiqarish apparati, texnologik jarayon va ixtisoslashgan kadrlar bilan tavsiflanuvchi tarmoq va ishlab chiqarishlarning yuzaga kelishini ta’minladi. Sanoat sohasida yuqori darajadagi o‘sishga erishildi. Sanoatning yalpi ishlab chiqarishni tashkil etishning shakllari – konsentratsiyalash, mahalliylashtirish, ixtisoslashtirish, diversifikatsiyalash, kooperativlashtirish va kombinatlashtirishni takomillashtirish tufayli sanoat salohiyatini yanada yuqori darajaga ko‘tarish imkoniyati yaratildi.


Download 110.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling