Sano’at korxonalariga energiya taminoti va muqobil ergiya man’bali elektr taminotlarini energetik samarali ishlashi


Download 103.39 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi103.39 Kb.
#1282589
Bog'liq
MUSTAQIL ISH AZIZA OPA

MUSTAQIL ISH MAVZUSI

Sano’at korxonalariga energiya taminoti va muqobil ergiya man’bali elektr taminotlarini energetik samarali ishlashi

Reja:


1.Muqobil energiya manbalaring yurtimizda tutgan o’rni
2.Sano’at korxonalarida energiya samaradorligini tadqiq etish
3.Elektr energiya sano’ati


Kelajakda O’zbekiston Respublikasida energetik, ekologik, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda hamda energetika sohasini barqaror rivojlanishi uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, shak-shubhasiz zarurdir. Kelgusi avlodlar uchun tabiiy boyliklarni saqlab qolish va ekologiyani muhofaza qilishning zaruriy sharti qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalarini o‘zlashtirish hisoblanadi.
So‘nggi yillarda respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida elektr energiyasini tejashni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishva respublikada energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hukumatning asosiy qarorlaridan biri, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Energiya tejovchi texnologiyalar va tizimlarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” to‘g‘risidagi qaror bilan tasdiqlangan “2017-2019 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi farmoni hisoblanadi.
Maishiy uskunalarini ishlab chiqarishda energiya tejamkor markirovkalarini qo‘yish standartlari joriy etildi. Ko‘chalar, turar-joy va ijtimoiy binolarni yoritishda energiya tejovchi lampalar hamda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari olib borilmoqda va respublika hududida 40 Vtdan ortiq kuchlanishli lampalarni sotilishi to‘xtatildi. Energetika sohasida zamonaviy bug‘ va gaz turbina qurilmalarini joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, qabul qilinayotgan chora-tadbirlarga qaramay, mamlakat iqtisodiyotining energiya sarfi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Qayta tiklanadigan energiya manbalarini sanoat ishlab chiqarilishida jalb qilish hisobiga yoqilg‘i energetika balansini diversifikatsiya qilish darajasi jahon tendensiyalariga mos kelmaydi. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy yoqilg‘i tarkibida tabiiy gaz va boshqa an’anaviy uglevodorod yoqilg‘ilarining turlari ustunlik qiladi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishining beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakat Strategiyasida belgilangan sohadagi ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, ishlab chiqarishda energiya sarfini qisqartirish, mahalliy ilmiy-texnik ishlanmalarning amaliyotda tatbiq etilishini muvofiqlashtirish va ilg‘or xalqaro energiya tejovchi texnologiyalarni tadqiq etish ishlariamalga oshirilmoqda.
Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “O’zbekenergo” AJ va “O’zbekgidroenergo” AJ tomonidan qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirishning maqsadli parametrlarini o‘z ichiga olgan “Qayta tiklanadigan energetikani yanada rivojlantirish, 2017-2021 yillarda iqtisodiyot va ijtimoiy sohada energiya samardorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi”; “Qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish uchun investitsiya loyihalari ro‘yxati”; “2017-2021 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.
Ushbu ko‘rsatmalarni bajarish maqsadida “O’zbekenergo” AJ manfaatdor idoralar bilan birgalikda tadqiqotlar olib bordi va O’zbekiston Respublikasining qayta tiklanadigan energiya manbalari salohiyatini o‘rganib chiqdi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Quyosh fizikasi” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi bilan “O’zbekistonda quyosh energiyasini ishlab chiqish va ulardan foydalanish” loyihasiga muvofiq 2012-2013 yillar davomida olib borilgan tegishli tadqiqotlar natijasida maslahatchilar tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlar asosida ATB STA-Nixus (Ispaniya) texnik yordamida quyosh elektr stansiyalarini qurishga tavsiya etilgan 6ta maydon tanlab olindi.
Bundan tashqari, xorijiy sheriklar, “Inter Gopa” (Germaniya) va GEO NET (Germaniya) kompaniyalari tomonidan uyushgan holda, “Qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish salohiyatini baholash” hamda O’zbekiston Respublikasida shamol energiyasi salohiyatini baholash ishlari bilan birgaamalga oshirildi. Ushbu ish natijalariga ko‘ra respublikaning shamol energetikasi salohiyatining atlasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda shamol energiya stansiyalarni ikki hududda qurish tavsiya etilgan. “Nukus” va “Zarafshon” hududlari shamol energetikasining kelajakdagi rivojlanishi uchun salmoqli salohiyatga egadir.
Shu munosabat bilan ushbu dasturga quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish uchun 4 ta investitsiya loyihalari kiritilgan bo‘lib, ulardan uchtasi Samarqand, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida har biri 100 MVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh stansiyalari va Navoiy viloyatida 102 MVt quvvatga ega bo‘lgan bitta shamol stansiyasidir.
Yagona energetika tizimining operatori dispetcherlik rejasi bo‘yicha elektr energiyasini sotib olishnishida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish va ikkilamchi energiya manbalaridan foydalanish, qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanib quvvat ishlab chiqaruvchi generatorlardan ustunroq hisoblanadi.
Bundan tashqari,tovarlarning import hajmini va tarkibini (ish va hizmatlar) tanqidiy tahlil qilish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish komissiyasi bilan kelishilgan holda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan, texnologik hujjatlar bilan ta’minlangan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan, tadbirlarni amalga oshirish uchun import qilinayotgan, ro‘yxat asosida chora-tadbirlar Dasturiga kiritilgan asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, 2022 yil 1 yanvarga qadar bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari)dan ozod qilindi

Sano’at korxonalarida elektr energiya sifat ko’rsatkichlarini tadqiq etish




Annotatsiya: Sanoat korxonalarining elektr energiyasi taʼminoti, korxonalarda elektr sifat koʻrsatkichlariga taʼsir etuvchi omillar va ularning iqtisodiy jihatdan zarari, sanoat korxonalarining elektr taʼminot tizimini boshqarish, sanoat korxonalarida elektr parametr tizimni baholash, sinxronlashtrilgan vektor oʻlchash tizimining xatolari, vektor oʻlchash tizimni aniqligini baholash, sanoat korxonalari elektr taʼminoti tizimi sifat koʻrsatkichlarini oshirish orqali elektr energiya samaradorligiga erishish uchun texnik yechimlarni oʻrganish tadqiq qilish. Kalit soʻzlar: Sanoat elektr tarmogʻi, elektr energiya sifati, sifat koʻrsatkichlarini baholash, energiya sifatining pasayishi, sifat pasayishini korxona ish faoliyatiga taʼsiri, kuchlanish oʻzgarish, energiya spektri, chastota diapazoni, energiya samaradorligini oshirish, texnik yechimlarni oʻrganish. Study of electricity quality indicators in industrial enterprises Jasurbek Husni oglu Shamsiyev jasurjon9723@gmail.com Khurshid Abdishukurovich Sattarov Tashkent State Technical University named after Islam Karimov Abstract: Power supply of industrial enterprises, factors influencing the quality of electricity in enterprises and their economic losses, management of power supply systems in industrial enterprises, evaluation of electrical parameters in industrial enterprises, synchronized vector measurement system errors, vector measurement system accuracy assessment, industrial enterprise power supply system to study technical solutions to achieve energy efficiency by improving quality indicators Keywords: Industrial power grid, electricity quality, quality assessment, energy quality decline, impact of quality decline on enterprise performance, voltage fluctuations, energy spectrum, frequency range, energy efficiency, study of technical solutions. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 www.openscience.uz 192 KIRISH Maʼlumki Respublikamiz hududida faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalari bugun elektr energiyasining asosiy isteʼmolchilari sanaladi. Umumiy qiymatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 55% sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayonida sarflanadi. Sanoat korxonalarida elektr energiyaning asosiy isteʼmolchilari bular kompryessorlar, ventilatorlar, nasoslar va koʻtarma - transport qurilmalar 10kV kuchlanishda, stanoklar, elektr mashinalar 660-380-220V, elektr pechlari, elektr qurilmalar kuchlanishi 1000 V ha ega boʻlgan qurilmalari. Bugungi kuning dolzarb mavzusi tabiiy resurslarni tejash maqsadida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan boʻlsa, elektr energiyasini samaradorligini belgilab beruvchi eng birinchi koʻrsatgich elektr energiya sifat koʻrsatkichlaridir. Elektr energiyasining sifat koʻrsatkichi - isteʼmolchi qurilma zimmasidagi vazifasini toʻla toʻkis ado etishi uchun zarur sharoitdagi energiya qiymatidir. Elektr energiyasi sifat koʻrsatkichlarini yaxshilash nafaqat energiya samarasiz sarf boʻlishini oldini oladi balki aynan yuqorida taʼkidlab oʻtgan sanoat korxonalarining yirik energiya isteʼmolchi qurilmalarning uzoq vaqtgacha xizmat qilishini kafolatlaydi va ishlab chiqarish jarayonidagi noqulayliklarning oldi olinadi. Nega aynan sanoat korxonalaridagi elektr energiyasini sifatini tatbiq qilish, texnik taʼminot oʻzgartirishlarni kiritish zarur? birinchi navbatda sanoat zonalaridagi xavfsizlikni taʼminlash maqsadida. Birgina neft kimyo korxonalaridagi ventilatorlarda energiya sifatidagi oʻzgarish tufayli ventilatorlar soniyalarda faoliyatini toʻxtatsa korxonada ommaviy zaharlanish xavfi mavjud. Shunday ekan bu sohani tatbiq etish doimiy talabgor yoʻnalishlardan biri. Shuningdek elektr energiyasini sifat koʻrsatkichlarini oshirish muammosini hal qilishda, iqtisodiy, texnik, matematik jihatlarni tahlil qilish zarur. Sanoat korxonalarida elektr energiyasini sifat qiymati uning kuchlanishi va chastotalar olishi, oʻzgarish koʻlami elektr qiymatlarining nosinusoidalligi, kuchlanishlar nosimmyetriyaligiga qarab aniqlanadi. Bu koʻrsatgichlarning nominal qiymatdan ogʻishi ishlab chiqarish jarayonida mexanizmlar vaqtidan oldin eskirishi, mahsulotlar sifatining buzilishi, jarayon kechikishi, samaradorlik pasayishiga olib keladi. Sifat koʻrsatkichlariga taʼsir etuvchi omillar: ekologik omillar (harorat, namlik, havo tarkibi) mexanik omillar(oʻtkazgichlar turlari, oʻtkazgich tarkibi, elektr uzatgichlar, elektr taqsimlovchilar)Jarayon omillari (ishlab chiqarish jarayonidagi yuklamalarining oshib ketishi, ish rejimining nomutanosibligi, tarmoqdagi sifatsiz qurilmalar, yaroqsiz stansiyalar, eskirgan ishlab chiqarish mexanizmlari) ular energiya sifat koʻrsatkichlari yomonlashuviga va energiyaning samarasiz sarf boʻlishiga (masalan elektr issiqlik sifatida sarflanib ketishi) olib keladi. Tadqiqot usullari. Elektr tarmogʻining sifat parametrlarining qiymatlarini oʻlchash Toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita usullar yordamida amalga oshiriladi. Lekin sifat koʻrsatkichlaridagi ayrim parametrlar borki ularni faqat bilvosita usulda oʻlchash mumkin, masalan RMS. Kuchlanish oqimlarning yuqori dozalari ham bilvosita usulda oʻlchash mumkin. Sanoat korxonalarida elektr sifat koʻrsatkichlarini oʻlchash usullari 1. Kuchlanish va oqim qiymatlarini aniqlash uchun turli xil tur xil turdagi analograqamli konvertorlardan (ADC), 2. Rezistor 3. Displey bilan qayta ishlash uchun hisoblash qurilmalari Umuman olganda sanoat korxonalarida elektr energiyaning sifat koʻrsatkichlarini tadqiq qilishning 2 xil uslubi mavjud boʻlib bular anʼanaviy va zamonaviy metodlardir. Anʼanaviy metodlar oʻz navbatida bevosita hisoblanib muhandislar tomonidan olib borilib juda katta koʻlamdagi mehnat talab etadi. MAVZU YUZASIDAN ADABIYOTLAR TAHLILI Oʻzbekistonda elektr tarmoqlarida energiya sifat koʻrsatkichlari va standartlar roʻyxatdagi barcha turdagi rejimlar uchun quvvat sifati GOST 32144-2013 davlatlararo standarti tomonidan oʻrnatilgan. Elektr energiyasining sifat koʻrsatkichlari - chastotali ogʻish; - barqaror holatdagi kuchlanish ogʻishi; - diapazoni bilan tavsiflangan kuchlanish tebranishlari kuchlanishning oʻzgarishi va dozasi; - garmonik komponentining koeffitsiyent - sinusoidal kuchlanish egri chizigʻining buzilish omili; - manfiy ketma-ketlik kuchlanishining muvozanatsiz koeffitsiyenti; - nol ketma-ketlikdagi kuchlanish muvozanatining koeffitsiyenti; - kuchlanishning pasayishi davomiyligi; - impulsli kuchlanish; - vaqtinchalik ortiqcha kuchlanish omili. Kabi koʻrsatkich natijalar orqali baholanadi. Chastotaning ogʻish koʻrsatkichlari - 10 minut oraligʻida nominal qiymatidan haqiqiy qiymat oʻrtasidagi farqini koʻrsatuvchi oʻrtacha qiymat. Normal xolatda Chastotaning ogʻishi nominal qiymatdan 0,1 Gs oʻzgarishi ruhsat etiladi. Qisqa vaqt ichida esa 0,2 Gs ga oʻzgarishi mumkin. Chastotaning tyebranishi bu - chastotaning oʻzgarish tyezligi syekundiga 0,2 Gs dan kichik boʻlmaganda, ryejim paramyetrlarining tyez oʻzgarishida asosiy chastotaning eng yuqori va eng kichik qiymatlari orasidagi farq hisoblanadi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 www.openscience.uz 194 Chastotaning tyebranishi, ogʻishga ruxsat byerilgan 0,1 Gs dan tashkari, 0,2 Gs dan oshishi mumkin emas. Kuchlanishning ogʻishi koʻrsatgichi - Sanoat korxonalarida ish ryejimining syekin oʻzgarishida, yaʼni kuchlanishni oʻzgarish tyezligi syekundiga 1% dan oshmaganda, kuchlanishning haqiqiy qiymatining uning nominal qiymatidan farqiga aytaytiladi. Kuchlanishning ogʻishi quyidagi qiymatlarda normal sanaladi -5+10% gacha elyektr yuritkich va apparatlarning qisqichlarida yurgizish va boshqarish paytida; - 2,5+5% gacha ish yuritish qurilmalari qisqichlarida; 5% qolgan elyektr istyeʼmolchilar qiskichlarida. Avariyadan kyeyingi holatlarda kuchlanish kamayishi qoʻshimcha 5% ga ruxsat etilgan. Kuchlanishning tebranish koʻrsatgichi- bu ish ryejimining kerakli miqdorda tyez oʻzgarishida, yaʼni kuchlanish oʻzgarish tyezligi syekundiga 1% dan kam boʻlmaganda, kuchlanishning taʼsir etuvchi eng katta va eng kichik qiymatlari oʻrtasidagi farq tushuniladi: Shuni takidlash joizki korxonalardagi elektr isteʼmol qurilmalari yuqorida keltirilgan elektr energiyasini sifat koʻrsatkichlarining nominal qiymatiga mos ravishda ishlangan boʻlib ushbu sifatdagi elektr quvvatida ham mexanizmlar normal ishlash holatini yoʻqotmaydi va nominal qiymatdagi sifat koʻrsatkichlari uning ish sifatiga taʼsir qilmaydi. Sanoat korxonalarida yuqorida keltirilgan sifat koʻrsatkichlaridan nominal qiymatdan past boʻlgan energiya birinchi navbatda elektr termik qurilmalarga tasir qilib ulardagi harorat oʻzgarishiga olib keladi. Bundan tashqari yoritish tizmi xiralashishiga elektr yuritgich validagi FIK oʻzgarishini ham keltirib chiqaradi. Kuchlanish va toklar shakllarining nosinusoidalligi va nosimmyetriyaligi Tarmoqning nosinusoidalligi kuchlanish egriligining nosinu-soidallik koeffisiyenti bilan xaraktyerlanadi. Nosinusoidallik koeffisiyenti har qanday istyeʼmolchilarda 5% dan oshmasligikyerak. Kuchlanish nosimmyetriyaligi dyeganda fazaviy yoki liniyaviy kuchlanishlarining amplitudaviy yoki fazaviy burchak siljishlarining oʻzaro tyeng boʻlmasligi tushuniladi. Sanoat korxonalarida Elektr energiyasi tarmoqlarining ish vaqti davomida nominal chastota, nominal sinusoid kabi parametrlarning oʻzgarishi kuzatilib chiqaradi. NATIJA MUHOKAMA Davlat elekt energiyasini quvvat sifatiga qoʻyiladigan standartlarga mos ravishda yuqorida keltirilgan koʻrsatgichlar asosida har bir sifat koʻrsatkichlarini matematik "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 www.openscience.uz 195 tahlil qilinib standartlarga mosligi tekshirilib boriladi. Oʻrganilgan quvvat koʻrsatkichlari tavsiflangan talablar boʻyicha kuchlanish va oqimning yomonlashishi nafaqat uskunaning ishdan chiqishiga, ularning tez eskirishiga, balki tizimdagi maʼlumotlarning yoʻqolishiga, jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Sanoat korxonalarida baʼzida ushbu koʻrsatkich yomonlashuvi bir vaqtda 100 million AQSH dollarigacha yetishi mumkin. Sanoat korxonalarida energiya sifatining pastligi elekt energiyasisni uzatish va isteʼmol jaryonidagi samarasiz yuqotishlarga olib kelmoqda va shu sababli hozida ushbu masala hamon dolzarbligicha qolmoqda. Sanoat korxonalarida sifat koʻrsatkichlarini hisoblash uni tushunish oddiygina taminlash juda muhim hisoblash koʻrsatkichlarining soddaligi uning hech bir energiya sohasi sharxlovchisiz tushunish imkonni berishi zarur. Energiya sifat nazorat dachiglaridagi koʻrsatgichlarni oddiy menejer ham tushunadigan darajada boʻlishi sifat nazoratini tezda baholash va zarur boʻlsa kerakli chora tadbirlarini vaqtida amalga oshirish imkonini beradi. Hozirda koʻplab xorijiy kompaniyalar tomonidan elekt energiya sifatini baholovchi ixtisoslashtirilgan multimetrlar, spektr analizatorlari, loggerlar, oʻlchash tizimlari va boshqa koʻplab meva nitoring vositalari tavsiya etilayotgan boʻlib, ular elektr sifat monitoringni 24 soatdan 12 siatgacha qisqa muddatda taxlil qilib uzogʻi yitti kun mobaynida natijalarini taqdim etishga moslashgan. Umuman olganda sanoat korxonalarida elekt sifat koʻrsatkichlarini oʻlchov maqsadlariga koʻra uchta turfa ajratishimiz mumkin: ➢ Ekspress - elektr tarmogʻining ekspertizasi; ➢ Elekt energiya quvvat sifatining doimiy monitoringi (monitoring); ➢ Sanoat korxonalarida Elektr taʼminoti sifatining pasayishi sabablarini aniqlash maqsadida elektr tarmogʻini tekshirish. Sanoat korxonalarida elekt sifat nazorati Audit - Elekt tarmogʻining ekspertizasi u sodda va arzon monitoring vositalari boʻlishi kerak. Audit vazifasi - barqaror anomaliyalarni aniqlashdan iborat. Audit tekshiruvi nisbatan qisqa kuzatuv vaqtida (daqiqalardan bir necha soatgacha) amalga oshiriladi. Monitoring ancha qiyin va qimmatroq dasturiy echimlarni talab qiladi. Bunda taqsimlangan, qoida tariqasida, markazlashtirilgan boshqaruv oʻlchov va axborot tarmoqlari monitoring qilinadi Bunday monitoringni amalga oshirish uchun zarur litsenziyaga ega boʻlgan ixtisoslashgan firmalar ekspertiza oʻtkazadilar. Sanoat korxonalarida elekt sifat koʻrsatkichlarini tadqiq qilishda zamonaviy qurilmalar afzalliklari Garmonik analizatorlar Garmonik oʻlchagichlar garmonik buzilish maʼlumotlarini oʻlchash va qayd etish uchun moʻljallangan nisbatan oddiy asboblardir. Garmonik analizatorlarda toʻlqin shaklini koʻrsatish ekrani, kuchlanish simlari va oqim problari boʻlgan hisoblagich "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 www.openscience.uz 196 qismlari mavjud. Analizatorlarning baʼzilari qoʻlda, boshqalari esa stol usti foydalanish uchun moʻljallangan. Baʼzi asboblar toʻlqin shaklidagi kuchlanish suratini va oʻlchash amalga oshirilayotgan paytdagi garmonik buzilishlar suratini koʻrsatib beradi. Boshqa asboblar oniy tasvirlarni yozib olish, shuningdek, vaqt oʻtishi bilan garmonik buzilishlarni doimiy ravishda qayd etish imkoniyatiga umumiy kuchlanish hosoblarini olish uchun bunday analizatorlar dam 20 tasining natijasi olinib oʻryacha hisob chiqariladi va standartlardagi nominal qiymat bilan solishtiriladi. 1-rasm. Garmonik oʻlchagich Vaqtinchalik buzilishni aniqlovchi analizatorlar-qisqa muddatli, quyi sikl quvvat tizimidagi buzilishlarni yozib olish, saqlash va taqdim etish uchun ilgʻor maʼlumotlarni yigʻish qurilmalaridir. Sanoat korxonalarida ushbu asboblar uchun namuna olish stavkalari yuqori. 2-rasm. Vaqtinchalik buzulishini aniqlovchi analizator Vaqtinchalik buzilish yozuvchilari analizatorlar uchun sekundiga 2 dan 4 milliongacha namuna olish mumkin. Yuqori namuna olish stavkalari oʻtkinchi hodisalarni ularning amplitudasi va chastotasi mazmuni boʻyicha tavsiflashni koʻproq aniqlikda koʻrsatib beradi. Bu ikkala atribut ham vaqtinchalik tahlilni amalga oshirish uchun zarurdir. Toʻlqin shaklining amplitudasi taʼsirlangan uskunaning shikastlanish ehtimoli haqida maʼlumot beradi. Bunday Chastota tarkibi bizga hodisalarning qanday bogʻlanishi va ularni qanday yumshatish mumkinligi haqida maʼlumotlarni ham beradi. Bunday maʼlumotlar aniqlangandan soʻng, uskunaning sezgirligini aniqlash kerak. Masalan, 480 V dvigatelga qoʻllaniladigan 200-V tepalik impulsi dvigatelning ishlash muddatiga hech qanday taʼsir qilmasligi mumkin; ammo, jarayon boshqaruvchisiga qoʻllaniladigan bir xil impuls darhol muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 www.openscience.uz 197 3-rasm. Taxminan 200 kHz chastotali 562 V amplitudaga erishgan vaqtinchalik oqim koʻrsatilgan. Osiloskoplar - takrorlanuvchi yuqori chastotali toʻlqin shakllarini yoki quvvat va boshqaruv davrlarida yuqori chastotali shovqinlarni tahrirlash mumkin. Osiloskoplarning namuna olish tezligi vaqtinchalik buzilish analizatorlariga qaraganda ancha yuqori Namuna olish tezligi sekundiga bir necha yuz million namunaga ega osiloskoplar keng tarqalgan. Bu asbobga takrorlanuvchi shovqin va yuqori chastotali toʻlqin shakllarini aniq qayd etish imkonini beradi. Malumotni yoziʼuvchi qurilmalar, Diagramma qayd qiluvchilar - Baʼzan elektr quvvati tizimlarida kuchlanish, oqim, talab va harorat maʼlumotlarini yozib olish uchun maʼlumotlarni qayd qiluvchilar va diagramma yozuvchilaridan foydalaniladi. Maʼlumotlarni qayd qiluvchilar va diagramma yozish qurilmalari uzoq vaqt davomida barqaror holatdagi maʼlumotlarni oʻlchash uchun foydali boʻlgan sekin ish rejimidagi bqurilmalardir. RMS hisoblagichlari-RMS atamasi odatda quvvat sifati ilovalarida qoʻllaniladi. Oqim yoki kuchlanishning RMS qiymati kuchlanish yoki oqimning asosiy komponentidan sezilarli darajada farqgʻash kursatgichi bilan ishlaydi. XULOSA Oʻrganishlarimiz natijasida shu narsa maʼlum boʻldiki sanoat korxonalarida sifat koʻrsatkichlari nazorat qilish oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababdan turli ishlab chiqarish jaryonidagi tutashuvlar, qurilmalarda nosozliklar kelib chiqmoda. Nazoratning vaqtida amalga oshirilmasligi sababi esa: ilmiy tadqiqot markazlarida zaruriy texnikaning telifon, nazorat operatsiyalarini amalga oshirishda malakali operatsion mutaxasislar yetishmovchiligi, operatsion tizim taxlili uchun katta mablagʻ zarurati kabi muammolar mavjudligi aniqlandi. Sanoat korxonalarida elekt energiyaning sifat koʻrsatkichlarini nazorat qilishda quyidagilar tavsiya etiladi 1. Sanoat korxonalarida doimiy tartibda malum reja asosida elekt energiyaning sifat koʻrsatkichlari aniqlash chora-tadbirlar kiritish zarur. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 www.openscience.uz 198 2. Korxona tomonidan elekt energiya sifat koʻrsatkichlari yaxshilash va samaradorlikni oshirish uchun yillik mablagʻ ajratmasini 10% yuqori koʻrsatgichda belgilash. 3. Sifat nazorati uchun ilmiy tadqiqot markazlarini zamonaviy zaruriy texnika bilan taʼminlash. 4. Elektir energiya uzatishda isteʼmolchining qulay quvvat yuklamasini aniq hisobga olish 5. Elektr uzatish va taqsimlash qurilmalarining soʻzlik va yaroqlilik darajasini doimiy nazoratga olish tavsiya etiladi Shuni ham taʼkidlash joizki Elekt energiyasi ishlab chiqarish jarayonida, siylab chiqarish uzatish, taqsimlash, isteʼmolchiga yetkazib berish kabi jarayonlar bir vaqtda amalga oshirilganligi sabab oʻziga yarasha murrakablik va qiyinchilik tuldiri tabiy hol. Shunday ekan elekt energiyasida samarali foydalanish yoʻllarini ishlab chiqish har doim oʻz dolzarbligini yoʻqotmaydi. Elektr energiyasi sanoati elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni iste'molchilarga uzatish tarmoqlaridan iborat.Ushbu tarmoq mamlakat yoki iqtisodiy rayon miqyosida sanoatni joylashtirishga muhim taʻsir koʻrsatadi. Bu taʻsir ikki yoʻnalishda sodir boʻladi. Birinchi yoʻnalish elektr energiyani katta masofaga uzatishdan iborat. Bu esa mamlakatning barcha xududlarida sanoatni rivojlantirishga imkon beradi. Ikkinchi yoʻnalish moʻl-koʻl va arzon elektr energiyasi ishlab chiqaradigan xududlarda energiyani koʻp talab qiladigan sanoat tarmoqlarini joylashtirishdan iborat. Elektr energiyasini koʻp talab qiladigan sanoat tarmoqlariga titan, alyuminiy, magniy, sintetik tola, sintetik kauchuk, sintetik ammiak ishlab chiqarish kiradi. Bir tonna titan ishlab chiqarish uchun 60 ming kVt/soat, magniy uchun 26 ming kVt/soat, alyuminiy ishlab chiqarish uchun esa 20 ming kVt/soat elektr energiyasi sarf boʻladi. Demak, ishlab chiqarilgan maxsulot tan narxining asosiy qismini energetika harajatlari tashkil qilsa, bunday ishlab chiqarish koʻp energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi. Elektr energiyasini kamroq talab qiladigan tarmoqlarga qora metallurgiya (elektrometallurgiyadan tashqari), soda va qogʻoz ishlab chiqarish, mashinasozlik, mebel, fanera va toʻqimachilik sanoati kiradi. Elektr energiyasi sanoatini joylashtirishda quyidagi omillar hisobga olinadi: a) yoqilgʻi va gidroenergetika resurslari; b) ishlab chiqarishdagi va elektr energiyani uzatishdagi texnika taraqqiyoti; v) isteʻmolchining joylashishi. Ushbu tarmoqning asosiy hususiyati shundan iboratki, elektr energiya ishlab chiqarish uni isteʻmol qilish bilan bir vaqtga toʻgri keladi. Mamlakat xalq xoʻjaligi yoki iqtisodiy rayon xoʻjaligi uchun ishlab chiqarilgan energiya tannarxining past boʻlishi katta ahamiyatga ega. Elektr energiyaning tannarxi elektr stantsiyalarda ishlatiladigan yoqilgʻini qazib olish va tashib kelishga ketadigan harajatga bogʻliq. Shu sababli, elektr stantsiyalarni qurish uchun joy tanlanayotganda yoqilgʻini tashib kelishga va elektr energiyani isteʻmolchiga yetkazib berishga ketadigan harajatlar hisobga olinadi. Agar yoqilgʻini tashib kelish harajati elektr energiyani oʻzatish harajatidan ortiq boʻlsa, elektr stantsiyani yoqilgʻi manbaiga yaqin, agar energiyani uzatish qimmatga tushsa, uni isteʻmolchiga yaqin quriladi. Ayrim xollarda, elektr energiya juda koʻp talab qilinadigan joylarda elektr stantsiyalar boshqa joydan keltiriladigan yoqilgʻiga moʻljallab quriladi. Hozirgi paytda elektr energiyasini uzatish mumkin boʻlgan masofa yildan-yilga uzayib bormoqda. Elektr energiyani uzoq masofaga uzatish mumkinligi uni yoqilgʻining boshqa turlariga qaraganda afzalroq qilib qoʻymoqda. Bu esa quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: — yoqilgʻining maxalliy turlaridan toʻla va har tomonlama foydalanishga; — yirik va qudratli elektr stantsiyalar qurishga; —xoʻjalikning hamma tarmoqlarida elektr energiyadan foydalanishga. Elektr energiyasi issiqlik elektr stantsiyalarda (IES), gidroelektr stantsiyalarda (GES), issiqlik elektr markazlarida (IEM), atom elektr stantsiyalarida (AES) va noanʻanaviy elektr energiyasi olish stantsiyalarida ishlab chiqariladi. Jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 70 foizdan ortigʻi IESlarda ishlab chiqariladi. Ular ancha tez va arzon quriladi. Ularning quvvatini 6 mln kVt dan oshirish mumkin. IESlarni qurishda elektr resurslari, ishlab chiqarish va transport sharoitlari, qurilish harajatlari va muddatlari hamda stantsiyani ekspluatatsiya qilish nazarda tutiladi. Koʻpchilik IESlarda elektr energiya bilan birga issiqlik energiyasi ham ishlab chiqariladi. Bunday elektr stantsiyalar issiqlik elektr markazlari (IEM) deb ataladi. Ularda elektr energiya ishlab chiqarish vaqtida isigan suvni issiqxonalarni, binolarni isitishga va ishlab chiqarish extiyojlariga yuboriladi. Ammo isigan suvni faqat 20 km gacha boʻlgan masofaga joʻnatish mumkin, shuning uchun IEMlar asosan sanoat korxonalari yaqinida va yirik shaharlarda quriladi. Bu soha boʻyicha Rossiya jahonda yetakchi hisoblanadi. Gidroelektr stantsiyalarda (GES) energiya ishlab chiqarish toʻxtovsiz oqib tushadigan suv oqimi kuchiga asoslanadi. Shuning uchun ham ularda ishlab chiqarilgan elektr energiyaning tan narxi past boʻladi. GESlar suv oqimi energiyasini elektr energiyaga aylantirib beradigan inshootlar va jixozlar majmuidir. Tekislik va togʻ oldi daryolarida suvning toʻxtovsiz oqimi asosan toʻgonlar tufayli hosil qilinadi. GES binosi toʻgon yonida, yoki ichida, baʻzi xollarda toʻgʻondan pastda joylashadi. Togʻ daryolarida koʻpincha derivasion GESlar orqali hosil qilinadi. GES binosi toʻgʻondan ancha pastda, ayrim xollarda yer tagida joylashtiriladi. Daryo oqimi yil boʻyi energiya olishda, toʻla foydalanish maqsadida suv omborlar qurish orqali tartibga solinadi. Yirik GESlar qurilganda daryo suvlaridan transport va irrigatsiya maqsadlarida ham, suv taʻminoti uchun ham foydalaniladi. Bunday inshootlar gidrouzellar deb ataladi. Gidrouzellar elektr energiyani ishlab chiqarish, yerlarni sugʻorish, xoʻjaliklar va aholini suv bilan taʻminlash, kemachilik va baliqchilikni rivojlantirish masalalarini xal qilishga imkon beradi. Hozirgi paytda GESlarning yangi turi boʻlgan gidroakkumulyativ elektr stantsiyalar (GAES) ham qurilmoqda. Ular energiya tizimlarida elektr energiyadan notekis foydalanish sababli quriladi. GAESlar boshqa GESlar ishlab chiqargan energiyani toʻplaydi (akkumulyatsiya qiladi), bunda ular stantsiyadan yuqorida joylashgan xavzaga suvni nasoslar bilan koʻtarish uchun qurilgan tizimlardagi ortiqcha elektr energiyasidan foydalanadi (masalan, tunda). Elektr energiyaga extiyoj oshganda bu xavzadagi suv ochib yuboriladi va hosil boʻlgan oqim kuchi tufayli GAESlarda elektr energiyasi hosil qilinadi. Bitta daryoning oʻzida bir nechta elektr stantsiyalar pogʻonasini (kaskad) vujudga keltirish mumkin. U suv resurslaridan koʻp marta foydalanishning eng yaxshi imkoniyatlarini yaratib beradi. Masalan, Chirchiq daryosida 19 ta, Volga daryosida esa 12 ta elektr stantsiyalar pogʻonasi qurilgan. Gidroenergetika resurslarining 65 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarga toʻgʻri keladi, ammo ulardan foydalanish darajasi past. Gidroenergetika resurslaridan foydalanish darajasi AQSH, Rossiya va Norvegiyada juda yuqori. Norvegiyada elektr energiyaning 99,5 foizi GES larda ishlab chiqariladi. Bu yerda GESlarning asosiy qismi (200 dan ortiqrogʻi) yer tagida joylashgan. Jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 20 foizi GESlarda ishlab chiqariladi. Atom elektr stantsiyalarida (AES) jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 15—17 foizi ishlab chiqariladi. AESlar oʻzining energetika manbai boʻlmagan va yoqilgʻi qimmat, lekin elektr energiya koʻp talab qilinadigan joylarda quriladi. Uning xom ashyosi boʻlib uran hisoblanadi. AESlar hozir 30 dan ortiq davlatlarda qurilgan. Birinchi AES Rossiyada (Obninsk AESi) qurilgan. AESlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha AQSH, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Rossiya yetakchi, Fransiyada elektr energiyani 70 foizdan ortigʻi AESlarda ishlab chiqariladi. Noanʻanaviy energiya manbalari asosida ishlaydigan elektr stantsiyalarga quyosh elektr stantsiyalari (QES), shamol elektr stantsiyalari (SHES), geotermal elektr stantsiyalar (GeES), qalqish elektr stantsiyalari (QaES), dengiz oqimi elektr stantsiyalari (OES) va boshqalar kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar 1. Jejelenko I. V. Pokazateli kachestva elektricheskoy energii i ix kontrol na promishlennix predpriyatiyax. - M. : Energoatomizdat, 1986. – 168 s. 2. Jejelenko I. V. Visshiye garmoniki v sistemax elektrosnabjeniya promishLennix predpriyatiy. – M. : Energiya, 1974. – 132 s. 3. Effektivnie rejimi raboti texnologicheskix ustanovok / I. V. Jejelenko, V. M. Bojko. – K. : Texnika, 1987. – 183 s. 4. GOST 13109-97. Normi kachestva elektricheskoy energii v sistemax elektrosnabjeniya obщego naznacheniya. M. : Gosstandart. – 1998 – 14 s.

Bajardi: Xolmuminov O’ktam 182-19.EEE.guruh talabasi


Download 103.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling