Sanoat korxonalarining debitorlik qarzdorligini boshqarish


Download 0.62 Mb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1052304
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5267180276420715619

Mamlakat iqtisodiyotida debitorlik - kreditorlik qarzlari hajmining nisbatan katta ekanligi ular iqtisodiy mazmun - mohiyatini va eng avvalo, ular ikki qismining o‘zaro nisbatini tadqiq etishni taqozo etadi. Qayd etish lozimki, debitorlik va kreditorlik qarzlari, bir tomondan, umumiylik jihatlari bilan xarakterlansa, ikkinchi tomondan esa, farqli jihatlari bilan ham xarak- terlanadi. Dastlab, ularning ana shu jihatlarini yoritishga harakat qilaylik. Debitorlik va kreditorlik qarzlari o‘rtasidagi umumiylik ular har birining tovarlar bo‘yicha shartnomani tuzish va uni to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan vaqt o‘rtasidagi uzilishga, demak, pulning to‘lov vositasi sifatidagi funksiyasiga asoslanganligidadir. Ular o‘rtasidagi farqlar esa debitorlik va kreditorlik qarzlarining amalga oshish xususiyatlaridan kelib chiqadi.

Kreditorlik qarzlarining iqtisodiy mohiyati va ularni kamaytirish yo‘llari

  • Kreditorlik qarzlarining iqtisodiy mohiyati va ularni kamaytirish yo‘llari
  • Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar boshqa xo‘jalik subyektlari va moliyaviy muassasalar bilan moliyaviy iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish jarayonida debitorlik va kreditorlik qarzlari vujudga kelishi tabiiy holat hisoblanadi. Korxona majburiyatlarining asosiy tarkibiy moddalaridan biri bu korxonalarning kreditorlik qarzlari hisoblanadi. Korxonalar kreditorlik majburiyatlari qatoriga 2002-yil 27-dekabrda tasdiqlangan buxgalteriya balansiga ko‘ra quyidagi qatorlar kiritiladi:
  • mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz;
  • ajratilgan bo‘linmalarga qarz;
  • sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga qarz;
  • soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar;
  • olingan bo‘naklar;
  • budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz;
  • sug‘urtalar bo‘yicha qarz;
  • maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz;
  • ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar;
  • mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz;
  • boshqa kreditorlik qarzlari

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling