O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI VA KOMMUNIKATSIYaLARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI
“ ”
Fanidan
Mustaqil ish№
Bajardi : Maxmudov Saidxon
Guruh: 412-18
Qabul qildi:
Toshkent 2020
Radioelektron apparaturalarining elektr taminoti manbalari:
Elektr taʼminoti
Elektr taʼminotining asosiy manbalari
Elektr taʼminoti tizimining sxemasi
Kirish
“Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti” fani bo’yicha tuzilgan ushbu namunaviy dastur qo’yilgan DTS talablari asosida tuzilgan. Ushbu dastur sanoat korxonalari elektr ta’minotining umumiy masalalarini, elektr energiyasini sifat ko’rsatgichlarini, elektr yuklamalar grafiklarini, hisobiy yuklamalarni aniqlashni, tsex elektr tarmoqlarini hisoblash va ular ximoyasini, sanoat korxonalarining elektr sxemalarini, kuch transformatorlarini tanlashni, o’tkazgichlar va kabel o’zaklarining ko’ndalang kesimlarini qabul qilishini, reaktiv quvvatini kompensatsiyalash va ximoyaviy zaminlashlarni qamrab oladi. Fanning o’qitilishidan maqsad - iste’molchilarni kerakli miqdorda va sifatda elektr energiyasi bilan ta’minlab beruvchi elektr ta’minot tizimini o’rganishdir. O’quv fanini o’rganishning asosiy vazifalari: elektr ta’minot sistemasini ratsional qurish yo’llarini, shu sistemada ishlatadigan uskunlarni to’g’ri tanlash masalalarini, elektr ta’minot sistemasini optimal ishlashini oshirish metodlarini talabalar o’zlashtirishdir. Bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lish uchun talabalar quydagilarni o’zlashtirishi lozim: elektr iste’molchilarining guruhlashi va ularning tavsifini, elektr energiyasining sifat ko’rsatgichlari, elektr yuklamalar grafigi va hisobiy yuklamalarni aniqlash metodikalari, tsex elektr tarmoqlari sxemalari va ularning himoyalarini, yuklamalar kartogrammasini va yuklamalar markazini aniqlash, tashqi elektr ta’minotining xarakterli sxemalarni, podstantsiyalarda transformatorlarning sonini va quvvatini aniqlash, o’tkazgichlar va kabellar o’zaklarini ko’ndalang kesimlarini tanlash, qisqa tutashuv toki asosida elektr apparatlarni tanlash, reaktiv quvvat kompensatsiyalash uskunalarini hisoblash, neytral holati va himoyaviy zaminlash, neytrali mustahkam zaminlangan va izolatsiyalangan elektr qurilmalar, zaminlovchi qurilmalarning hisobiga ega bo’lishi kerak. Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti fani asosiy elektr energetika fani xisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika) metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash; elektr texnikaning nazariy asoslari, energetika gidro va issiqlik qurilmalari, elektr texnologik qurilmalar, shaxarlarning elektr taminoti, elektr tarmoklar va tizimlar va h.k fanlardan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari talab etiladi. Sanoat korxonalarning elektr ta’minoti elementlari to’g’risida tushuncha xosil qilish va ularning tuzilishini tahlil qilish zarurdir. Ushbu fan talabaga yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun zaruriy bilimlarni beradi. SHuning uchun ushbu fan elektr energetika fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnalogik tizimining ajralmas bo’g’indir.
Do'stlaringiz bilan baham: |