Sanoat korxonalarining kadrlari, ularning shakllanishi va foydalanish


Download 36.64 Kb.
bet3/6
Sana05.04.2023
Hajmi36.64 Kb.
#1274273
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 mavzu Sanoat korxonalarining kadrlari, ularning shakllanishi

Mutaxassislik – bu ma`lum bir yoki bir necha turdagi ishlarni amalga oshirish uchun insonga zarur bo`lgan bilimlar va malakalar yig`indisi. Masalan, iqtisodchi, marketolog, vositachi, moliyachi, buxgalter, yoki texnika sohasida – muhandis, mexanik, energetik va h.k.
Ishchilarning bilim va qobiliyatlariga bo`lgan talab yagona tarif-malakaviy ma`lumotnomasida (YATMM), (MTP) va xizmatchilarga esa lavozimlar malakasi ma`lumotnomada aks ettirilgan. Bu hujjatlar asosida korxonalar ishchi va xizmatchilar tariflariga o`zgartirishlar kiritadilar.
Kasb  faoliyatning maxsus va tor ko`rinishdagi turi bo`lib, mutaxassislik kabi nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni talab qilsada, mutaxssislikdan farqli ravishda ishlab chiqarishning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib qo`shimcha ko`nikmalarni ham talab qiladi.
Ixtisos – insonning hosil qilgan bilimlar va amaliy ko`nikmalari majmui. Ixtisos kishiga hayotning moddiy va ma`naviy sohasida muayyan ishni bajarish imkoniyatini beradi.
Malaka – biron bir mutaxassislik va ixtisoslik bo`yicha murakkab ishni bajarish uchun zarur bo`lgan bilim va ilm hamda mehnat ko`nikmasining darajasidir. Kadrlarning malaka darajasini baholash uchun o`rtacha koeffitsient va o`rtacha tarif koeffitsienti razryadi belgilanadi.
Yangidan-yangi ishlab chiqarish sohalari vujudga kelishi, fan va texnikaning rivoji, ish, shu jumladan, bir texnologik jarayonning boshqa jarayonga almashinishi bilan boshqaruv, rejalashtirish, tashkil etish, takomillashuvi bilan yangi mutaxassislliklar kasb va ixtisoslar yuzaga keladi, eskirganlari barham topadi.
Kadrlar ilmini o`rganish nazariyasida «Kadrlar tuzilmasi» degan tushuncha mavjud. Masalan, korxona xodimlari umumiy sonini 100 foiz deb olsak, ishchilar 75 foizni, muhandis-texnik xodimlar 12 foizni, xizmatchilar 8 foizni, boshqa xodimlar esa 5 foizni tashkil etishi mumkin. Bu misoldan ko`rinib turibdiki, xodimlar kategoriyalari, ya`ni ularning tarkibiy qismlari o`rtasidagi nisbat ularning tuzilmasini, ya`ni strukturasini ifodalaydi.
Kadrlar tarkibi va strukturasi faqat korxonalarda emas, balki tarmoqlarda ham bir-biridan farq qilishi mumkin. Bu tarmoqning murakkabliligiga, korxona (firma)ning katta-kichikligiga, ularning texnikaviy va texnologik jihatdan qurollanganligiga, ishchi-xizmatchilarning bilimi va ilm darajasiga va mehnat ko`nikmasiga, sohaning hamkorlik munosabatlari rivojlanganligiga va boshqa bir qator xususiyatlarga bog`liq.
Kadrlar salohiyatining yuqorida sanab o`tilgan va boshqa tushuncha va ko`rsatkichlari korxona personalining miqdoriy, sifat va tuzilmaviy holatlari haqida va ularni personalni va umuman ishlab chiqarishni boshqarish, jumladan, korxona mehnat resurslari samaradorligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tahlil qilish va rejalashtirish maqsadlari uchun o`zgartirishlar kiritish yo`nalishlari haqida ma`lumot beradi.


  1. Download 36.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling