Sanoat korxonalarining kadrlari, ularning shakllanishi va foydalanish
Download 36.64 Kb.
|
6 mavzu Sanoat korxonalarining kadrlari, ularning shakllanishi
Kadrlar (xodimlar) – bu muayyan kasbni egallash bo`yicha tayyorgarlikni o`tgan, amaliy tajriba va mehnat ko`nikmasiga ega bo`lgan ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo`lgan kishilardir.
Kadrlarga bo`lgan talabni aniqlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, ulardan oqilona foydalanish, kadrlarning mehnati bo`yicha rejalashtirish va hisobga olish va boshqa yo`nalishlar bilan mujassamlashtirish uchun xodimlarni guruhlarga ajratish kerak bo`ladi, ya`ni tasniflash zarur. Ishlab chiqarish, xo`jalik faoliyatida qatnashishiga qarab sanoat tarmog`ida band bo`lgan barcha kadrlar ikki guruhga bo`linadi: sanoat ishlab chiqarish xodimlari; nosanoat ishlab chiqarish xodimlari; Mahsulot ishlab chiqarish doirasida band bo`lgan xodimlarning barchasi sanoat ishlab chiqarish xodimlari guruhiga kiradi. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari o`z navbatida bajaradigan funktsiyasining tavsifiga qarab quyidagi kategoriyalarga bo`linadi: 1. Ishchi xodimlar; 2. Muhandis-texnik xodimlar; 3. Xizmatchilar; 4. Ish bajaruvchi kichik xodimlar; 5. Qorovullar va o`t o`chiruvchilar, ya`ni korxonani qo`riqlaydigan va yong`indan muhofaza qiluvchi xodimlar. Sanoat ishlab chiqarish xodimlarning eng muhim va juda ko`p qismi – bu ishchilar bo`lib, ular mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko`rsatish)da bevosita qatnashadilar, jihozlarni ta`mirlash, mehnat buyumlari va tayyor mahsulotni bir yerdan ikkinchi joyga tashiydilar va nixoyat ta`mirlash – qurish ishlarini bajaradilar. Ishchilardan keyingi o`rinda muhandis-texnik xodimlar turadi va ular rahbar xodimlar hisoblanadi. Ularga direktorlar, boshqaruvchilar, ularning muovinlari, bosh mutaxassislar, hizmat ko`rsatish bo`limlarining rahbarlari kiradi. Xizmatchilar kategoriyasiga – hujjatlarni tayyorlovchi, ularni rasmiylashtiruvchi, hisob va nazorat ishlarini bajaruvchi, xo`jalik xizmatini bajaruvchi (agentlar, kassirlar, ish yurituvchilar, kotibalar, statistlar va boshqa)lar kiradi. Ishga yonlash davri uzunligiga qarab korxona xodimlari quyidagi guruhlarga ajratiladi: doimiy xodimlar; vaqtincha xodimlar; mavsumiy xodimlar; uchrab qolgan ishlarni bajarish uchun qabul qilingan xodimlar. Kadrlar salohiyati miqdoriy tavsif berishdan tashqari korxona personalining sifat tavsifi ham muhim ahamiyatga ega bo`lib, u korxona xodimlarining mazkur ishlab chiqarishga kasbiy va malakaviy jihatdan yaroqlilik darajasi bilan aniqlanadi. Bu borada, birinchi o`rinda “mutaxassislik”, “kasb”, “ixtisoslik”, “malaka” degan tushunchalar yuzaga keladi. Download 36.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling