Standartlashtirish va unifikatsiyalash ko’rsatkichlari - bu mahsulotning standartli, unifikatsiyalashgan va original, ya’ni ajoyib, ajralmas qismlar bilan qondirilganligi, to’ydirilganligi, shuningdek, boshqa buyumlarga nisbatan unifikatsiyalashganlik darajasi. Ular traktorni boshqarish uchun kerak bo’lgan kuchlar, muzlatgichda ruchkaning joylashishi, harorat, namlik, yorug’lik, shovqin, vibratsiya, nurlanish, yonuvchi mahsulotlarda uchar gazi va suv bug’ining yig’ilishi bo’lishi mumkin. - Standartlashtirish va unifikatsiyalash ko’rsatkichlari - bu mahsulotning standartli, unifikatsiyalashgan va original, ya’ni ajoyib, ajralmas qismlar bilan qondirilganligi, to’ydirilganligi, shuningdek, boshqa buyumlarga nisbatan unifikatsiyalashganlik darajasi. Ular traktorni boshqarish uchun kerak bo’lgan kuchlar, muzlatgichda ruchkaning joylashishi, harorat, namlik, yorug’lik, shovqin, vibratsiya, nurlanish, yonuvchi mahsulotlarda uchar gazi va suv bug’ining yig’ilishi bo’lishi mumkin.
- Ergonomik ko’rsatkichlar insonning buyum bilan munosabatini va bu buyumdan foydalanishda ro’y beradigan gigiyenik, fiziologik va ruhiy xususiyatlar majmuini aks ettiradi.
- Estetik ko’rsatkichlar buyumlarning badiiy-konstruktorlik xususiyatlarini ifodalaydi. Ular buyumning tovar qiyofasi jonliligini, shaklining ma’qulligini, kompozitsiyaning butunliligini, mukammal bajarilganliligini va barqarorligini tavsiflaydilar.
- Transportabellik ko’rsatkichlari mahsulotning tashish uchun moslashganligini ifodalaydi.
- Patent-huquqiy ko’rsatkichlar mahsulotning patentli himoyasini va patentli sarxilligini (asilligini) tavsiflaydi va raqobatbordoshligini aniqlashda muhim omil hisoblanadi. Patent-huquqiy ko’rsatkichlarni aniqlashda buyumlarda yangi texnik omillar borligini, shuningdek, mamlakatda patentlar bilan himoyalangan yechimlarni hisobga olish kerak bo’ladi.
Ekologik ko’rsatkichlar - bu atrof-muhitga xavfli ta’sir ko’rsatish darajasi, qaysiki mahsulotni ekspluatatsiya qilish yoki iste’mol qilishda yuzaga keladi. Masalan, zararli qotishmalarning bo’lishi, mahsulotni saqlash, tashish va iste’mol qilishda zararli qismlar, gazlar va nurlarni chiqarish mumkinligi. - Ekologik ko’rsatkichlar - bu atrof-muhitga xavfli ta’sir ko’rsatish darajasi, qaysiki mahsulotni ekspluatatsiya qilish yoki iste’mol qilishda yuzaga keladi. Masalan, zararli qotishmalarning bo’lishi, mahsulotni saqlash, tashish va iste’mol qilishda zararli qismlar, gazlar va nurlarni chiqarish mumkinligi.
- Xavfsizlik ko’rsatkichlari - xaridor va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning xavfsizligi uchun mahsulot xususiyatlarini tavsiflaydi, ya’ni mahsulotni montaj qilish, xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, saqlash, tashish, iste’mol qilishda xavfsizlikni ta’minlaydilar.
- Yuqorida qayd qilib o’tilgan ko’rsatkichlarning yig’indisi mahsulot sifatini tashkil etadi. Buyum mustahkam (pishiq), estetik jihatdan ko’zni qamashtiradigan, o’z vazifasini yaxshi bajaradigan bo’lishi lozim. Lekin, shu barcha ko’rsatkichlardan tashqari, buyumning bahosi ham muhim. Chunki iqtisodiy optimal sifat masalasi baho bilan chambarchas bog’liqdir. Xaridor buyum sotib olganda buyum bahosi u ega bo’lgan xossalar to’plamini qoplashini bilish uchun ularni doimo taqqoslaydi.
- Iqtisodiy optimal sifat deganda, sifat va xarajat nisbati yoki sifat birligining bahosi tushuniladi va u quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Xε - buyumni sotib olish va ekspluatatsiya qilish xarajatlari, so’m.
Formulaning maxrajini aniqlash murakkab emas, chunki u buyumning sotish bahosini, ekspluatatsiya, ta’mirlash va utilizatsiya qilish xarajatlarini o’z ichiga oladi. Formula sur’atini aniqlash esa qiyinrok kechadi, chunki buyumning sifati juda ko’p va turli - tuman ko’rsatkichlardan iborat. Bu bilan alohida fan - kvalimetriya ilmi shug’ullanadi. U sifatni son jihatdan, ya’ni bir so’mlik xarajatga buyum sifati birligining o’sishini baholashning yetarli darajada ma’qul usulini ishlab chiqqan.
Demak, hozirgi zamon ishlab chiqarishi sharoitida mahsulotning sifati - korxona (firma) samaradorligining, rentabelligining muhim tashkil etuvchisidir, shu sababli unga doimo e’tibor bermoq zarur. Sifat bilan barcha - korxona direktoridan tortib, aniq ish bajaruvchigacha shug’ullanishi kerak.
Sifatni ta’minlash, loyihalash, saqlash bo’yicha barcha jarayonlar sifatni boshqarish tizimiga birlashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |