Sanoat pechlari


Qozon agregatning asosiy issiqlik uzatish sirtlari


Download 332.17 Kb.
bet11/17
Sana18.11.2023
Hajmi332.17 Kb.
#1785336
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Sanoat pechlari

3. Qozon agregatning asosiy issiqlik uzatish sirtlari




Bug‘ qizdirgichlar. Bug‘ qizdirgichlar bug‘ni quritish va uni berilgan temperaturagacha qizdirish uchun mo‘ljallangan. Qozon agregatida joylashuviga ko‘ra bug‘ qizdirgichlar radiatsion, konvektiv va aralash xillariga bo‘linadi. Bug‘ qizdirgich 30-40 mm li quvurlardan tayyorlanib, kollektorlarga payvandlangan parallel ishlaydigan bir qancha bukilgan quvurlardan iborat. Ular gorizontal yoki ko‘pincha vertikal joylashtiriladi. Bug‘ va tutun gazlari oqimlarining yo‘nalishiga qarab bug‘ qizdirgichlar qarshi oqimli, to‘g‘ri oqimli va kombinatsiyalashgan xillarga bo‘linadi (7-rasm).



7-rasm. Vertikal-konvektiv bug‘ qizdirgichlar sxemasi.

Qarshi oqimli bug‘ qizdirgichlarda (7-rasm, a ) bug‘ quvurlarining birinchi (bug‘ yo‘li bo‘ylab) o‘ramiga kirib qiziy boshlaydi. U ohirgi o‘ramlarda deyarli oxirgi qizish temperaturasigacha qiziydi. Bu vaqtda quvurlarning tashqi sirti tutun gazlarining eng qaynoq oqimlari bilan yuvilib turadi. Shunday qilib qarshi oqimli bug‘ qizdirgichning isish sirtidan eng ko‘p darajada foydalaniladi. To‘g‘ri oqimli bug‘ qizdirgichlarda (7-rasm, b ) quvurlarning birinchi o‘ramlari (bug‘ning yo‘li bo‘ylab) eng issiq tutun gazlari bilan yuviladi. Bunda tutun gazlarining temperaturasi asta sekin pasayadi, bug‘ning temperaturasi esa ko‘tariladi. Buning natijasida gaz bilan bug‘ning temperaturasi dastlab bir-biridan katta farq qiladi. Oxirida esa bu farq juda kichik bo‘ladi. Agar bunda bug‘ qizdirgichga nam bug‘ kiradigan bo‘lsa, u holda namlik bug‘langanda bug‘ tarkibidagi tuzlar quvurlarning gazlar juda kuchli qizdiradigan qismlariga o‘tirib qoladi, bu bug‘ qizdirgich quvurlarining ortiqcha qizib ketishiga olib keladi.


Kombinatsiyalashgan bug‘ qizdirgichlar hozir eng ko‘p qo‘llanilib kelinmoqda. Bunday bug‘ qizdirgichlarining bir qismi qozon agregatining radiatsion qismida, qolgan qismi konvektiv qismida joylashgan. Radiatsion qism o‘txonaning jadal yonish sohasining yuqori qismiga joylashtiriladi va issiqlikni nurlanish va konvektsiya tufayli o‘ziga oladi (8-rasm)


Download 332.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling