Sanoat portlashlarning tasnifi. Portlash vaqtida
Download 313.26 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq5-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Portlash vaqtida portlovchi moddaning bir turdan boshqa turga o’tish shakli.
5-MA’RUZA. SANOAT PORTLASHLARNING TASNIFI. PORTLASH VAQTIDA PORTLOVCHI MODDANING BIR TURDAN BOSHQA TURGA O’TISHI VA PORTLASHNING BAJARGAN ISHI. Portlashlar tabiatiga ko’ra 3 xil bo’ladi: fizik, kimyoviy va yadroviy portlashlar. Fizik portlashlarda moddalarning fizik holati o’zgaradi lekin kimyoviy tarkibi o’zgarmas bo’ladi. Fizik portlashlarga bug’ qozonlarining portlashi, shar, balon, koptoklar portlashi ham misol bo’ladi. Kimyoviy portlashlarda esa moddalarning kimyoviy tarkibi katta tezlikda o’zgarishi kuzatilib, natijada gazlar yoki bug’lar hosil bo’ladi, hamda issiqlik ajralib chiqadi. Kimyoviy portlashlarni portlovchi modda tarkibidagi yonuvchi elementlarining oksidlanish reaksiyasi ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Kimyoviy portlashlarga har qanday portlovchi moddaning portlashi, metan yoki ko’mir changining portlashini misol qilish mumkin. Yadroviy portlashlarga yadro bo’linishi natijasida yangi elementlar hosil bo’lishining zanjir reaksiyasi kuzatiladi. Yadroviy va termoyadroviy portlashlarda kimyoviy portlashlarga nisbatan millionlab marta ko’p miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Kimyoviy portlashlarda odatda 1kg portlovchi modda zaryadi portlaganda o’rtacha 10 3 kkal issiqlik ajralib chiqadi. Yadroviy portlashlarda bu ko’rsatkich 1,6-10 10 kkal, termoyadroviy portlashlarda esa o’rtacha 10 11 kkal ni tashkil etadi. Portlash vaqtida portlovchi moddaning bir turdan boshqa turga o’tish shakli. Portlash vaqtida portlovchi moddaning bir turdan boshqa turga o’tish shakllariga quyidagilar kiradi: termik kuyib yemirilish, yonish va detonatsiya. Termik kuyib yemirilish portlovchi moddalarni ularning alangalanish haroratidan past haroratda qizdirganda kuzatiladi. Agar portlovchi moddaga berilayotgan issiqlik miqdori undan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdoridan katta bo’lsa, portlovchi modda harorati ortib borishi natijasida reaksiyaning tezlashishi kuzatiladi. Natijada issiqlik portlashini keltirib chiqaradi. Termik kuyib yemirish hodisasi portlovchi moddalarni omborlarda saqlashda hisobga olinadi. Yonish. Portlovchi moddalarni ularning alangalanish haroratidan yuqori haroratda qizdirganda kuzatilib, nisbatan kichik tezlikda ( sekundiga bir necha mm dan bir necha sm gacha) kechib reaksiya portlovchi modda alangalangan qismidan ajralib chiqayotgan issiqlik hisobiga uning boshqa qismlariga uzatiladi. Yonish tashqi muhitga bog’liq ( bosim va harorat). Detonatsiya. Detonatsiyaning yonishdan farqi katta tezlikda kechadi va tashqi muhitga deyarli bog’liq emas. Yonish va detonatsiya oralig’idagi hodisa portlab yonish deyiladi. Portlab yonishning o’ziga xos xususiyati reaksiya tezligining o’zgarib turishidir. Ma’lum sharoitlarda termik kuyib yonish yonuvchi detonatsiyaga aylanishi mumkin. Download 313.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling