Sanoat portlashlarning tasnifi. Portlash vaqtida
Portlashning bajargan ishi
Download 313.26 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq5-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang’ich impuls
Portlashning bajargan ishi.
Portlashning to’liq bajargan ishi PM potensial energiyasiga teng bo’lmaydi, chunki portlash vaqtida portlash energiyasining kimyoviy va termodinamik yo’qotilishlari kuzatiladi. Kimyoviy yo’qotilishlar portlash vaqtida PM zaryadining to’liq reaksiyaga kirishmasligi bilan izohlanadi (odatda PM zaryadining yuqori qismi reaksiyaga kirishishga ulgurmaydi). Termodinamik yo’qotilishlarni quyidagicha izohlash mumkin: portlashdan so’ng hosil bo’ladigan portlash mahsulotlari va portlash natijasida maydalangan tog’ jinslari qizib turgan bo’ladi, ya’ni o’zida qoldiq energiyani saqlab qoladi. Odatda portlash issiqlik energiyasining mexanik ishga aylanishi 40-60% dan oshmaydi. Portlashning FIK i portlash energiyasining 15% i dan oshmaydi. Atmosfera havosida zarbli to’lqin hosil qilish uchun portlashni amalga oshirilganda portlash enrgiyasining 85% i to’lqinga o’tishi va qolgan 15% i yo’qotilishi kuzatilgan. Portlash vaqtida energiya balansi professor A.F.Belyayev tomonidan ishlab chiqilgan sxema asosida o’rganiladi. 6.1-rasm. Portlashda energiya balansi sxemasi, professor A.F. Belyayev sxemasi bo’yicha Kimyoviy yo’qotilishlar Ideal issiqlik yo’qotilishlari Atrof-muhitni qizdirishga yo’qotiladigan issiqlik Portlashning foydasiz mexanik ishlari Portlashning foydali mexanik ishlari Portlashning potensial energiyasi Portlashning to’liq issiqlik energiyasi Portlashning to’liq haqiqiy ishi Portlashning to’liq issiqlik energiyasi deb portlashning portlash energiyasidan kimyoviy yo’qotilishlar ayirmasiga aytiladi. Portlashning to’liq bajargan ishi deb, portlashning to’liq issiqlik energiyasidan issiqlik yo’qotilishlar va atrof muhitni qizdirishga issiqlik yo’qotilishlar ayirmasiga aytiladi. Portlashning foydali mexanik ishlari deb, portlashning to’liq bajargan ishidan portlashning foydasiz mexanik ishlari ayirmasiga aytiladi. Agar portlashning to’liq issiqlik energiyasini E=E y *Q deb olsak portlashning foydali ishi portlash issiqlik energiyasining bir qismini tashkil etadi,ya’ni: A n =E y *Q=E* 𝜂 Bu yerda: E y - portlashning solishtirma issiqligi, Kj/kg; Q-zaryad massasi; 𝜂- portlashning FIKi bo’lib, uning qiymati 10-20% gacha. Tadqiqot ishlarining ko’rsatishicha portlash vaqtida ajralib chiqadigan issiqlik energiyasining 14-17% i tog’ jinsi massivini maydalashga, 3-6%i maydalangan tog’ jinslarini uloqtirishga sarflanadi. Portlash vaqtida portlash energiyasining maksimal foydalanish uchun PM zaryadi konstruksiyasini o’zgartirish, yangi zaboyka turlarini ishlab chiqish, 1ta seriyada ulangan zaryadlarni ma’lum ketma-ketlikda portlatish talab etiladi. Boshlang’ich impuls PM zaryadida detonatsiyani qo’zg’atish uchun yetarli bo’lgan tashqi turtki boshlang’ich impuls deyiladi. PM zaryadiga boshlang’ich impulsni berib, unda detonatsiyani qo’zg’atish jarayoni initsiyalash deyiladi. PM zaryadida detonatsiyani qo’zg’atish uchun talab etiladigan minimal tashqi turtki – minimal initsiyalovchi impuls deyiladi. Bugungi kunda PM zaryadlari asosan kapsul detonator yoki elektr detonator (yer osti kon ishlarida), yoki oraliq detonatorlar (ochiq kon ishlarida) yordamida portlatiladi. Download 313.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling