Sanoat portlashlarning tasnifi. Portlash vaqtida


Portlashning bajargan ishi


Download 313.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana13.04.2023
Hajmi313.26 Kb.
#1351419
1   2
Bog'liq
5-maruza

Portlashning bajargan ishi. 
Portlashning to’liq bajargan ishi PM potensial energiyasiga teng bo’lmaydi, 
chunki portlash vaqtida portlash energiyasining kimyoviy va termodinamik 
yo’qotilishlari kuzatiladi. Kimyoviy yo’qotilishlar portlash vaqtida PM zaryadining 
to’liq reaksiyaga kirishmasligi bilan izohlanadi (odatda PM zaryadining yuqori 
qismi reaksiyaga kirishishga ulgurmaydi). Termodinamik yo’qotilishlarni 
quyidagicha izohlash mumkin: portlashdan so’ng hosil bo’ladigan portlash 
mahsulotlari va portlash natijasida maydalangan tog’ jinslari qizib turgan bo’ladi, 
ya’ni o’zida qoldiq energiyani saqlab qoladi. 
Odatda portlash issiqlik energiyasining mexanik ishga aylanishi 40-60% dan 
oshmaydi. Portlashning FIK i portlash energiyasining 15% i dan oshmaydi. 
Atmosfera havosida zarbli to’lqin hosil qilish uchun portlashni amalga 
oshirilganda portlash enrgiyasining 85% i to’lqinga o’tishi va qolgan 15% i 
yo’qotilishi kuzatilgan. Portlash vaqtida energiya balansi professor A.F.Belyayev 
tomonidan ishlab chiqilgan sxema asosida o’rganiladi. 
 
6.1-rasm. Portlashda energiya balansi sxemasi, professor A.F. Belyayev sxemasi 
bo’yicha 
Kimyoviy yo’qotilishlar 
Ideal issiqlik yo’qotilishlari 
Atrof-muhitni qizdirishga 
yo’qotiladigan issiqlik 
Portlashning foydasiz mexanik ishlari 
Portlashning foydali mexanik 
ishlari 
Portlashning potensial energiyasi 
Portlashning to’liq issiqlik 
energiyasi 
Portlashning to’liq 
haqiqiy ishi 


Portlashning to’liq issiqlik energiyasi deb portlashning portlash 
energiyasidan kimyoviy yo’qotilishlar ayirmasiga aytiladi. Portlashning to’liq 
bajargan ishi deb, portlashning to’liq issiqlik energiyasidan issiqlik yo’qotilishlar 
va atrof muhitni qizdirishga issiqlik yo’qotilishlar ayirmasiga aytiladi. Portlashning 
foydali mexanik ishlari deb, portlashning to’liq bajargan ishidan portlashning 
foydasiz mexanik ishlari ayirmasiga aytiladi. Agar portlashning to’liq issiqlik 
energiyasini E=E
y
*Q deb olsak portlashning foydali ishi portlash issiqlik 
energiyasining bir qismini tashkil etadi,ya’ni: A
n
=E
y
*Q=E*
𝜂 
Bu yerda: E
y
- portlashning solishtirma issiqligi, Kj/kg; Q-zaryad massasi; 
𝜂- 
portlashning FIKi bo’lib, uning qiymati 10-20% gacha. 
Tadqiqot ishlarining ko’rsatishicha portlash vaqtida ajralib chiqadigan 
issiqlik energiyasining 14-17% i tog’ jinsi massivini maydalashga, 3-6%i 
maydalangan tog’ jinslarini uloqtirishga sarflanadi. 
Portlash vaqtida portlash energiyasining maksimal foydalanish uchun PM 
zaryadi konstruksiyasini o’zgartirish, yangi zaboyka turlarini ishlab chiqish, 1ta 
seriyada ulangan zaryadlarni ma’lum ketma-ketlikda portlatish talab etiladi. 
Boshlang’ich impuls 
PM zaryadida detonatsiyani qo’zg’atish uchun yetarli bo’lgan tashqi turtki 
boshlang’ich impuls deyiladi. 
PM zaryadiga boshlang’ich impulsni berib, unda detonatsiyani qo’zg’atish 
jarayoni initsiyalash deyiladi. 
PM zaryadida detonatsiyani qo’zg’atish uchun talab etiladigan minimal 
tashqi turtki – minimal initsiyalovchi impuls deyiladi.
Bugungi kunda PM zaryadlari asosan kapsul detonator yoki elektr detonator 
(yer osti kon ishlarida), yoki oraliq detonatorlar (ochiq kon ishlarida) yordamida 
portlatiladi.

Download 313.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling