Sanoat sohasida qo'llaniladigan biologik faol moddalar hamda


Download 18.92 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi18.92 Kb.
#1371781
  1   2   3
Bog'liq
SANOAT SOHASIDA QO\'LLANILADIGAN BIOLOGIK FAOL MODDALAR HAMDA


sanoat sohasida qo'llaniladigan biologik faol moddalar hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni va xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi va Qizilqum kon-texnika inspeksiyasini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash tegishli ravishda “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” DK mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi va Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi xodimlari tarkibi tegishli ravishda “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” DKning shtatdagi xodimlari soniga kiritiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari nazorat tarmog‘iga qarab nazorat ostidagi obyektlarga biriktiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarining mehnat sharoitlari bo‘yicha kafolatlar va preferensiyalar nazorat ostidagi obyektlarda mehnat sharoitlari va uskunalarning jarohat yetkazishi xavfi bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish natijalariga muvofiq belgilanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining raisi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi zimmasiga yuklansin.

Download 18.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling