Sanoat sohasida qo'llaniladigan biologik faol moddalar hamda


Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vazifalari va funksiyalari


Download 18.92 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi18.92 Kb.
#1371781
1   2   3
Bog'liq
SANOAT SOHASIDA QO\'LLANILADIGAN BIOLOGIK FAOL MODDALAR HAMDA

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vazifalari va funksiyalari
1-§. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha ishni muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish;
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi hamda istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish borasidagi qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash borasida respublikada yoqilg‘i-energetika kompleksi va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha strategik rejalar va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
atom energiyasidan foydalanish sohasida litsenziyalash, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat nazorati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
sanoat xavfsizligini ekspertizadan va akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq obyektlar xavfsizligini ekspertiza qilishni tashkil etish;
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish hamda istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va qabul qilish;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, soha faoliyatiga taalluqli bo‘lgan xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash;
texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi sohalarida faoliyatni amalga oshiruvchi mutaxassislarning malakasini oshirish.
11. Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha ishni muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish sohasida:
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda qo‘llaniladigan ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), obyektlar va texnik qurilmalar ro‘yxatini belgilaydi va tasdiqlaydi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini rivojlantirishni, atom energiyasidan foydalanish sohasida obyektlar xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazishni, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyatni litsenziyalash tizimini tashkil etadi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida va istirohat bog‘lari attraksionlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni sertifikatlashni tashkil etadi;
o‘z vakolatlari doirasida ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining davlat hisobi va nazoratini, ularning milliy reyestri yuritilishini ta’minlaydi;
Radiatsiya avariyalarida prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va munosabat bildirish yagona davlat tizimi mavjud bo‘lishini ta’minlashda ishtirok etadi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestrida xavfli ishlab chiqarish obyektlari hisobini, shuningdek, ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlar reyestrini yuritadi;
yuqori texnik xavfli zonalarning davlat kadastri yuritilishini muvofiqlashtiradi;
avariya holatining va ishlab chiqarish jarohatining oldini olish maqsadida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi talablariga, yer qa’ridan xavfsiz foydalanish talablariga rioya qilish zarurligi to‘g‘risida keng tushuntirish ishlari olib boradi;
sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi va tahlil qiladi;
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining nazorat ostidagi obyektlarida avariyalar, ishlab chiqarishda mayib bo‘lish, portlovchi moddalar yo‘qolishi hollarining sabablarini belgilangan tartibda surishtiradi;
b) sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi hamda istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish borasidagi qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish sohasida:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, geologiya-qidiruv va kon ishlarini olib borishning xavfsizligi va uglevodorod xomashyoli yer qa’rini muhofaza qilish sohasida, shuningdek, istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi;
yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari davlat komissiyasining zaxiralarni tasdiqlashda qabul qilingan sanoat xavfsizligi bo‘yicha qarorlari va xulosalari bajarilishini nazorat qiladi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida foydalaniladigan bug‘ va suv isitish qozonlarini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, bug‘ va issiq suv uchun suv quvurlarini hamda ko‘tarish inshootlarini, shuningdek, istirohat bog‘laridagi attraksionlarni ro‘yxatga oladi;
Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismini operativ boshqaradi va metodik rahbarlik qiladi, shuningdek, kon favvoralariga qarshi kurashish, gazdan qutqarish va avariya-dispetcherlik xizmatlari korxonalari, bo‘linmalarining bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarni lokalizatsiya qilish va oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qiladi;
nazorat ostidagi korxonalar va obyektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyalari tarkibida ishtirok etish uchun o‘z vakillarini tayinlaydi, ushbu obyektlarda foydalanishga qabul qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi.

Download 18.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling