Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi
ARXITEKTURA – QURILISH QISMI
Download 145.05 Kb.
|
Kurs loyiha payasnitel
- Bu sahifa navigatsiya:
- BINONING XAJMIY – REJAVIY YECHIMLARI
ARXITEKTURA – QURILISH QISMI
Menga “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi tomonidan “Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi” fanidan kurs loyixasi sifatida Andijon viloyati Uysozlik kombinati loyixasini loyixalash vazifa qilib berilgan. Binolarni loyxalashda asosiy ma’lumotlar sifatida qurilish olib boriladigan manzilning tabiiy iqlim sharoitini hisobga olish zarur bo‘lib, bularga quydagilarni misol qilish mumkin. Havonining harorati, shamol esishining asosiy yo‘nalishi va maksimal bosimi, qorning qalin tushishi, zilzila paytida yer qimirlash darajasini o‘zgarishi, bino poydevori asosini tuproq sharoitini o‘zgarib turishi ehtimolligi va boshqa ko‘rsatkichlarni keltirish mumkin. Andijon viloyati Uysozlik kombinatini loyixalashda Andijon IV-tabiiy iqlim sharoitini hisobga olindi. Unga asosan, Havoning qishdagi maksimal sovuq harorati -270C Yozdagi maksimal issiq harorati +460C Qishdagi o‘rtacha eng sovuq besh kunlik harorat -190C Yozdagi eng issiq besh kunlik harorat +360 C ga to‘g‘ri keladi. Yil davomidagi yog‘ingarchilik miqdori 211 mm. Isitilish muddati yil davomida 127 kun Shamol ta’siridan xosil bo‘ladigan maksimal bosim -550 n/m2 Qor qatlamini me’yoriy qiymati -500 n/m2 Yerning zilzila paytida hosil bo‘ladigan silkinish darajasi SBM shkalasi bo‘yicha 9 ballga teng. Yer osti suvlarini bino poydevorlariga agressiv ta’siri yo‘q, ular 3 metr chuqurlikda oqadi. Binoning javobgarlik bo‘yicha sinfi- ikkinchi Binoning olovbardoshliligi- ikkinchi Binoning uzoq ishlash muddati –ikkinchi Bino maydoninig zilzila bo‘yicha darajasi-8 ball BINONING XAJMIY – REJAVIY YECHIMLARI “Andijon viloyati Uysozlik kombinati loyihasi”ni xajmiy-rejaviy yechimlari zamonaviy loyihalash talablari asosida olib borilgan bo‘lib, qurilish qoida va me’yorlariga to‘liq javob beradi. Bino rejada to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, 2 pralyotdan iborat. Uning gabarit o‘lchamlari 72x24x24 metr qilib qabul qilingan. Binoning uzunligi (1-14) o‘qlar orasida 72 metr bo‘lib, uning eni (A-C) o‘qlar orasida 48 metrni tashkil etadi, bino 1 qavatli, xonalar balandligi 7.2 metrga teng, umumiy balandligi 14 metrni tashkil etadi. Binoga kirish binoning yon tomonidagi eshiklar orqali amalga oshiriladi. Binoga kirish eshiklari oldiga monolit betondan supalar (pandus) qurish nazarda tutilgan. Download 145.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling